O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Bir xil holatli oyoq bilan orqadan ilib olish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Bir xil holatli oyoq bilan orqadan ilib olish 
Dastlabki holat. O‗ng turish holatini egallagan raqib o‗ng qo‗lini hujum 
qiluvchining yelkasidan oshirib, uning belbog‗idan chap qo‗li bilan belbog‗ining 
o‗ng tomonidan ushlaydi. 
Raqibning o‗ng tomonida parallel turish holatida bo‗lgan hujum qiluvchi o‗ng 
qo‗li bilan uning belbog‗i old qismidan, chap qo‗li bilan belbog‗ning chap 
tomonidan ushlaydi. 
Hujum qiluvchi o‗ng oyog‗ining tovonini raqib o‗ng oyog‗ining tovoni bilan 
bir xil darajada qo‗yib uni kuch bilan o‗ziga tortadi va so‗ngra gavdasini chapga 
engashtirib uni chapga tortadi. Hamda u tarzda uni muvozanatdan chiqaradi. 
So‗ngra chapga-o‗ngga-orqaga qilinayotgan harakatni kuchaytirib, o‗ng oyog‗iga 
cho‗qalab turib, chap oyog‗ining kafti bilan raqib chap oyog‗i tovonini yuqoridan 
o‗ng tomonga yo‗naltirib ilib oladi. Hujum qiluvchi ilib olish harakatini davom 
ettirib, sal tomonga og‗anayotib raqibni orqasi bilan uloqtiradi. 
Usulni mashq qilishda yiqilishni yumshatish maqsadida raqib qo‗llar bilan 
ushlab, ehtiyotlash choralarini ko‗rish kerak.
Himoya 
A) oldinga egilib, oyoqlarni tizzadan bukib hujum qiluvchiga usulni amalga 
oshirishga yo‗l qo‗ymaslik;
B) oyoqni olish.
Qarshi usullar: 
A) bo`ksa orqali uloqtirish; 
B) chalish yoki ilib olib uloqtirish. 


64 
Orqadan ilib olish texnikasi 
Raqib o‗ng qo‗lini hujum qiluvchining chap yelkasidan oshirib belbog‗ini orqa 
tomondan, chap qo‗li bilan yengining tirsagidan ushlab, o‗ng oyog‗ini hujum 
qiluvchining o‗ng oyog‗iga chalishtiradi. Raqibning o`ng biqinida o‗ng turishda 
bo‗lgan hujumchi ikkala qo‗li bilan uning belbog‗ini chap yonboshdan ushlaydi. 
Hujum qiluvchi raqibni kuch bilan o‗ziga tortib chapga-orqaga buradi va shu 
yo‗l bilan uni muvozanatdan chiqaradi. So‗ngra o‗ng oyog‗ini tizzasidan bukib
raqibning chap oyog‗iga pastdan o‗zining chap oyog‗ining yuzi bilan yuqori 
yo‗nalishda chaladi. U ilib olish harakatida davom etib, chap tomonga yiqilayotib 
raqibni orqasiga ag‗daradi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling