O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Qo„l va boshdan ushlab, orqadan oshirib uloqtirish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
Qo„l va boshdan ushlab, orqadan oshirib uloqtirish 
Dastlabki holat. Ikkala kurashchi ham o‗ng turish holatida. Hujum qiluvchi 
chap qo‗li bilan raqibning o‗ng yengi tirsagidan ushlaydi. 
Hujum qiluvchi raqibni o‗ng oyog‗i yo‗nalishida o‗ziga tortadi va uni o‗z 
og‗irligini o‗ng oyog`iga tushirishga majbur qiladi. So‗ngra, chap tomonga to‗liq 
aylanib chap oyog‗i tovonini raqib chap oyog‗i uchining yoniga qo‗yadi va o‗ng 
qo‗li bilan uning o‗ng oyog‗ini ushlaydi. Chap tomonga burilishda davom etib, 
raqibni orqasiga va o‗ng yonboshiga o‗ngaradi-da, uni o‗zining chap oyog‗i ostiga 
oshirib tashlaydi. Bu usulni hujum qiluvchi raqib bilan birga yiqilib ham bajarishi 
mumkin. 
Usulni amalga oshirishda raqibning o‗ng qo‗lidan ushlab turib, uni ehtiyot 
qilish kerak. 
Himoya usullari oldingilariniki bilan bir xil. 
 
Javob usullari 
1) ikkala qo‗l bilan hujum qiluvchining belbog‗idan ushlash, uni ko‗tarib 
gilamdan uzish va yon belbog‗ usulni amalga oshirish. 
2) orqadan ilib olib uloqtirish. 
Belbog„dan bir xil usul bilan ushlab orqadan oshirib uloqtirish 
Dastlabki holat. Kurashuvchilar o‗ng turish holatida. Hujum qiluvchi o‗ng 
qo‗lini raqibning o‗ng yelkasidan oshirib o‗tkazib, uning belbog‗ini orqa tomondan, 
chap qo‗li bilan esa uni biqin tomondan belbog‗idan ushlaydi. 
Hujum qiluvchi raqibni o‗ziga tortib, uni gavda og‗irligini o‗ng oyog‗iga 
tushirishga majbur qiladi, so‗ngra chap oyog‗i bilan burilib, o‗ng oyoq yuzi bilan 
raqib o‗ng oyog‗ining ustidan iladi. Chapga burilishni davom ettirib, raqibni o‗z 
ustiga o‗ngaradi va orqasi bilan chap oyog‗ining yoniga tashlaydi. 
Usulni mashq qilishda chap qo‗l bilan raqib belbog‗idan ushlab uni ehtiyot 
qilish kerak. Bu usulni raqib bilan birga yiqilib bajarish ma‘qulroqdir. Himoya va 
javob usullari oldingi usulniki bilan bir xil. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling