O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Yon tomondan ilib olishni bajarish texnikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
Yon tomondan ilib olishni bajarish texnikasi 
Dastlabki holat. Polvonlar chap tik turish holatida bo‗ladilar. Hujum qiluvchi 
o‗ng qo‗li bilan o‗ng yengini tirsakdan balandroq qismidan ushlaydi. 
Hujum qiluvchi raqibini qo‗llari bilan bosib, uni gavda og‗irligini o‗ng oyoqqa 
tushirishga majbur qiladi, so‗ngra o‗ng oyog‗ining kafti bilan raqibning chap oyog‗i 
to‗pig‗ini ichkaridan chap tomonga qaratib ilib oladi. Hujum qiluvchi oyoq kafti 
bilan raqibning to‗pig‗ini ilib olib, darhol oyog‗ini orqaga oladi. 
Usulni o‗ragnishda raqibni to‗nining yoqasidan ikkala qo‗l bilan mahkam 
ushlab ehtiyotlash kerak. 
 
 


63 
Himoya 
Dastlabki holat. Polvonlar chap turish holatini egallaydilar. Hujum qiluvchi 
o‗ng qo‗li bilan esa o‗ng yonboshidan belbog‗ni ushlab oladi. 
Hujum qiluvchi qo‗llarini pastga siltab, raqibning og‗irligini chap oyog‗iga 
tushirishga va uni muvozanatdan chiqarishga harakat qiladi. So‗ngra o‗ng 
oyog‗ining kafti bilan raqib chap oyog‗ining to‗pig‗iga chaladi, pastga 
yiqilayotganda uni o‗ngga burib, orqasi bilan yiqitadi va uni shikastlanishidan 
ehtiyotlash uchun esa to‗nidan ushlab qoladi. 
Bundan himoyalanish va qarshilik usullari yuqori usullar bir xil.
Turli nomdagi oyoq bilan ilib olish texnikasi 
Dastlabki holat. Polvonlar chap turish holatini egallaydilar. Hujum qiluvchi 
raqib to‗nining yoqasini chap tomonidan orqadan, o‗ng oyog‗ini tirsak yuqorisidan 
ushlaydi. 
Hujum qiluvchi raqibni qo‗llari bilan o‗ngga, orqaga bosib itarib, tanasining 
og‗irligini o‗ng oyog‗iga tushirishga majbur qiladi. Shu yo‗nalishda zo‗r berishni 
kuchaytirib, uning muvozanatini yo‗qotishga o`rinadi. So‗ngra oyog‗ining yuzi 
bilan raqibning chap oyog‗i tovoniga chap-yuqori yo‗nalishda uradi va u o‗ng 
oyog‗ini orqaga-o‗ngga olish bilan tezda o‗ng qo‗li bilan o‗ngga, chapga, chap qo‗li 
bilan o‗ngga-yuqoriga tortadi va orqasiga yiqitadi.
Umuman, mashq qilishda raqibni to‗ni yoqasining orqa tomonidan o‗ng qo‗li 
bilan ushlab ehtiyot qilish lozim.
Himoya va javob usullari oldingilari bilan bir xil. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling