63
Himoya
Dastlabki holat. Polvonlar chap turish holatini egallaydilar. Hujum qiluvchi
o‗ng qo‗li bilan esa o‗ng yonboshidan belbog‗ni ushlab oladi.
Hujum qiluvchi qo‗llarini
pastga siltab, raqibning og‗irligini chap oyog‗iga
tushirishga va uni muvozanatdan chiqarishga harakat qiladi. So‗ngra o‗ng
oyog‗ining kafti bilan raqib chap oyog‗ining to‗pig‗iga chaladi, pastga
yiqilayotganda uni o‗ngga burib, orqasi bilan yiqitadi
va uni shikastlanishidan
ehtiyotlash uchun esa to‗nidan ushlab qoladi.
Bundan himoyalanish va qarshilik usullari yuqori usullar bir xil.
Turli nomdagi oyoq bilan ilib olish texnikasi
Dastlabki holat. Polvonlar chap turish holatini egallaydilar. Hujum qiluvchi
raqib to‗nining yoqasini chap tomonidan orqadan, o‗ng oyog‗ini tirsak yuqorisidan
ushlaydi.
Hujum qiluvchi raqibni qo‗llari bilan o‗ngga,
orqaga bosib itarib, tanasining
og‗irligini o‗ng oyog‗iga tushirishga majbur qiladi. Shu yo‗nalishda zo‗r
berishni
kuchaytirib, uning muvozanatini yo‗qotishga o`rinadi. So‗ngra oyog‗ining yuzi
bilan raqibning chap oyog‗i tovoniga chap-yuqori yo‗nalishda uradi va u o‗ng
oyog‗ini orqaga-o‗ngga olish bilan tezda o‗ng qo‗li bilan o‗ngga, chapga, chap qo‗li
bilan o‗ngga-yuqoriga tortadi va orqasiga yiqitadi.
Umuman, mashq qilishda raqibni to‗ni yoqasining orqa tomonidan o‗ng qo‗li
bilan ushlab ehtiyot qilish lozim.
Himoya va javob usullari oldingilari bilan bir xil.
Do'stlaringiz bilan baham: