O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

Tayanch iboralar:  Tuproqqal`a arxivi, S. P.Tolstov, teriga va 
yog‘ochga yozilgan hujjatlar, sug‘d yozuvi, Mug‘ tog‘i sug‘d 
hujjatlari, A.A.Freyman, V.A.Livshis, Sug‘d to‘plami, A hujjatlar, B 
hujjatlar, V hujjatlar.  
 
1938-1950 yillarda arxeolog S.P.Tolstov rahbarligidagi ekspedit-
siya tomonidan Amudaryoning quyi oqimida, hozirgi Qoraqalpog‘is-
tonning Ellikqala tumanida joylashgan madaniyatimizning durdonasi 
sanalmish Tuproqqal`a shahar xarobasi o‘rganilgan. Bu erda olib 
borilgan arxeologik tadqiqot izlanishlari natijalari uning bir qancha 
ilmiy asarlarida o‘z ifodasini topgan. Tuproqqal`adagi qazish ishlari 
Germaniya fashizmi boshlagan urush tufayli bir muddat to‘xtab qol-
gan edi. S.P.Tolstov 1945-yil Xorazmga qaytib kelib, 1950 yilgacha 
Tuproqqal`ada tadqiqotlarni davom ettirgan. Uning vafotidan keyin 
E.Nerezkin rahbarligidagi ekspeditsiya 1965-yil shahar mavzelarida 
qazish ishlarini qayta boshlangan. 1984-yilda 1945-1950-hamda 1965-
1972-yillarda Tuproqqal`adagi arxeologik tadqiqot ishlari natijalari 
sifatida “To‘prakkala dvorets” kitobi nashr qilindi.  
Tuproqqal`aning shoh saroyi joylashgan Markaziy massivning 
janubiy-sharqiy tomonidagi pastki qavatning to‘rtta xonasida xorazm 
hujjatlari topilgan. Bu xonalar shartli ravishda 89 (232), 90 (231), 93 
(239), 91 (YUR) raqamlari bilan belgilangan. Bu hujjatlar afrig‘iy 
Xorazmshohlar davriga oid bo‘lib, charm va yogochga – taxtacha va 
tayoqqa yozilgan. Ularning umumiy soni 140 ta bo‘lib, shundan 122 
tasi charmga, qolganlari yog‘och taxtacha va cho‘plarga yozilgan. 
Yozuvlar tush (qora siyoh) bilan ilk xorazm kursiv usulida yozilgan. 
Ularning ko‘pchiligini Freyman o‘rgangan.  


 
47
Topilmalar joyi ularni yuqori qavatdagi hujjatlar bilan aralashib 
ketgan degan xulosani beradi. 
Bu yozuvlarning yozilish shakli Xorazm yozuvi kelib chiqqan 
oramiy yozuvi va eng qadimgi Xorazm yozuvlaridan ancha farq 
qiladi. Bu farqlar ayniqsa (aleph) m, s, p, t harflarida yaqqol seziladi.  
Oramiy prototipidagi 22 harfdan faqat 20 tasi Tuproqqal`a hujjat-
larida ishlatilgan, ulardan I (‘ayin) va q faqatgina oramiy ideogram-
malarida keltirilgan. Qolgan 2 ta harf “ţ”(ţēth) va “ş”(şādē) ham faqat 
geterogrammalarda (matnlarda jravbecha yozilib, xorazmiycha o‘qila-
digan so‘zlar geterogramma deyiladi) qo‘llanilgan. 
Xorazm yozuvida /č/ tovushini ifodalash uchun “š” harfi ishlatil-
gan. Milodiy III asrda Xorazm yozuvida jarangli “ž” tovushi “š” 
(yoki, xorazmcha /č/ qadimiy eroniy tillardagi t tovushini aks ettirsa, u 
holda t) bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin.  

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling