O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
Tarjimasi 1. Bu ibodatxona – g‘olib muqaddas Kanishkaning ibodatxonasi, janobi hukmdor Kanishkaga bag‘ishlangan. 2. Bu ibodatxona dastlab qurilgan vaqtidan keyin ichki suvlar qochib, ibodatxona suvsiz qolgan. 3. Issiq kunlarning birida, u yerda yashayotgan xudolar 16 * olib ketilgan va ibodatxona bo‘shab qolgan. 4. Nokonzokning hokimi, Frixvadevaning o‘g‘li, podshoning sevimlisi, Xudoning o‘g‘li, barcha jonli narsalarning beg‘araz yordamchisi, o‘ttiz birinchi yilning nisan oyida bu muqaddas joyga kelgan. 5. Ibodatxona devor bilan o‘rab olinganda quduq qazilib suv chiqazilgan, toshlar terilgan-ki, toki odamlar suvga tanqislik sezmasin. 6. Issiq kunlar boshlanib qurg‘oqchilik boshlanganda xudolarni bu ibodatxonadan olib ketishmagan va u kimsasiz bo‘lib qolmagan bo‘lardi. 7. Quduqdan suv olish uchun suv ko‘targich o‘rnatilgan, hovuz qurilgan, shu quduq va suv ko‘targich tufayli obod va farovon bo‘lar edi. 16 xudolar – ma’budlarning haykallari, tasvirlari ma’nosida. 44 8. Bu quduq va narvonni Janob Kozgashkining o‘g‘li, hokim Nokonzokning quli Buramixra qurdirgan. 9. Bu…Buramixraning o‘g‘li Mixraman yozgan {tamg‘a}, {yozil- gan} Mixraman {tamg‘a}. XX asrning 80-yillarida Qadimgi Baqtriya hududlarida, hozirgi Afg‘onistonning Ravatak qishlog‘ida Kushonlar saltanati davriga oid qadimgi hujjatlar arxivi topildi. Unda yuzdan ortiq hujjatning barchasi yunon-boxtar alifbosida yozilgan. Ularning tili kushonlar davridagi boxtariy til bo‘lib, keyinchalik pushtu tilining shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Kushonlar davrida shakllangan yunon-boxtar yozuvi o‘lkamiz madaniyati tarixida muhim rol o‘ynaydi. Bu yozuv ijtimoiy va madaniy hayotning hamma sohalarida keng qo‘llangan. Mazkur yozuv orqali bizgacha ko‘plab noyob hujjatlar yetib kelgan. Shunisi diqqatga sazavorki, Kushonlar saltanati davriga qadar davlat mahkamachiligida yunon alifbosidan foydalanilgan bo‘lsa, Kanishka davrida islohot ro‘y berib, yunon alifbosi boxtar tiliga moslashtirilgan. Kanishka davri tangalaridagi yozuvlar boxtar tilida yozila boshlangan. Monumental yodgorliklarda ham yunon-boxtar yozuvi namunalari uchraydi, jumladan, Ayritomdan topilgan buddaviy haykallar guruhi tag kursisidagi hamda Surx Ko‘tal ibodatxonasidagi toshga o‘yilgan xotirot bitigi ham shu tilda yozilgan. Ravatak arxividagi hujjatlar teri, mato va taxtachalarga yozilgan. Ingliz olimi Nikolas Sims Vilyams mazkur hujjatlarni 4 turkumga ajratgan: 1. huquqiy hujjatlar; 2. analogik, sanasi aniq bo‘lmagan hujjatlar; 3. ro‘yxatlar va hisobotlar; 4. yog‘ochdagi yozuvlar. Baqtriya arxiv hujjatlari Nikolas Sims Vilyams tomonidan Oksford universitetida nashr qilingan. Kitobda birinchi turkumga kiruvchi huquqiy hujjatlar xronologik tartibda “A” dan “Y” gacha alifbe harflari asosida shartli ravishda belgilangan. Bir yilda yozilgan ikkita hujjat “I” va “Ii” tartibida joylashtirilgan. Birinchi va ikkinchi turkumga taalluqli hujjatlar bir xil bichimli teriga yozilgan. “1a” turkumdagi hujjatlar bir bo‘lak matoga ikki nusxadan yozilgan. Ravatak arxivi hujjatlari asosan oldi-sotdi dalolatnomalari, yer mulkini meros qoldirish, soliq to‘lash, qul savdosi dalolatnomasi va tilxatlar, sarf-xarajat hisobotlari hamda yagona namuna sifatida saqlangan nikoh shartnomasidan iborat. Hujjatlarning aksariyatida Kanishka erasi asosida sanalari belgilangan, ya’ni hujjat tuzilgan yil, 45 oy va kuni ko‘rsatilgan. Ba’zi hujjatlarda esa kuni ko‘rsatilgan, ammo yili va oyi yozilmagan. Hujjatlarda 110 yidan to 549 yilgacha sanalar qo‘yilgan. Arxiv hujjatlarining e’tiborli tomonlaridan biri shulki, dalolatnomani tuzish chog‘ida ikki taraf vakillari bilan birga guvohlar ham qatnashgan. Albatta tuzilgan hujjatda ikki tomon vakillari, guvohlarning ismi, sharifi albatta ko‘rsatilgan va ular dalolatnomada o‘z roziligini bildirgan. Dalolatnomalar ip bilan bog‘lanib, surguch surtilib, muhrlangan. Ravatak arxivi hujjatlari orqali Kushonlar davrida mahkamachilik an’analari ancha taraqqiy qilganligini kuzatish mumkin. Yunon-boxtar yozuvida bitilgan Ravatak arxivi hujjatlari orasida ijtimoiy-xo‘jalik munosabatlarini o‘zida aks ettirgan turkum materiallar mavjud. Shulardan biri, 379 yilning Ab oyida Varnu shahrida tuzilgan shartnoma bo‘lib, ingliz olimi Nikolas Sims-Vilyamsning kitobiga shartli “L” harfi bilan kiritilgan. Bu davrda Kushonlar mahkamachilik ishlarida ahmoniylar davridan yetib kelgan mahkamachilik an’analaridan keng foydalanilganligi ko‘zga tashlanadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling