O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
A-9 (QO’SHNI HOKIMLIKLARDAGI AHVOL TO’G’RISIDA
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
A-9 (QO’SHNI HOKIMLIKLARDAGI AHVOL TO’G’RISIDA
DEVASHTICHGA UNING AYG’OQCHISI YOZGAN MAKTUB) HAQIDA A-9 raqamli hujjat. 19,5-11 sm yuzali charmning o’ngi va teskarisiga o’ziga xos individual xat uslubi bilan bitilgan sug’diycha matndir. O’ng beti charmning eni bo’ylab, orqa beti esa bo’yiga to’ldirilgan. Hammasi bo’lib o’ng betida 15, orqa betida esa 26 qator 26 Смировна О.И. Вопросы исторической топографии и топонимики верхнего Зарафшана // МИА. М., 1953. №15. С. 317-318. 27 Rustoq- forscha “qishloq” ma’nosiga to‘g‘ri kelib, O‘rta Osiyo, Eron va qisman arab mamlakatlarida qo‘llanilgan tarixiy-geografik tushuncha. Ushbu so‘z qishloq, shahar, ovul, bozor, o‘zlashtirilgan o‘lka, o‘troq aholi yashaydigan joy, ekin maydoni, obodonlashtirilgan shahar kabi ma’nolarga ega. O‘rta Osiyo va Eron mo‘g‘ullar tomonidan istilo etilgach, rustoq o‘rniga “tuman” atamasi qo‘llanila boshlagan. (Qаранг: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. –Т.: ЎзМЭ, 2004. Б. 395). 28 Tarjimalarni professorlar M.M.Is’hoqov va G‘.Boboyorovlar amalga oshirishgan. 61 yozuv bor. 25-26-qatorlar orqa betdagi matn yo’nalishiga teskari holda yozilgan. “Va yozildi Aspanak Devg’un tomonidan Aspanning buyrug’iga binoan” deb ta’kidlanadi unda. Shunday qilib, A-9 hujjatini yozgan sug’diy xattot yoki mirzaning ismi Aspanak Devg’un ekan deb o’ylash mumkin. Lekin asosiy matn kotibining xat uslubida so’z boshidagi p harfi, so’z o’rtasidagi k va y belgilari o’ziga hosligi bilan ajralib turadi. Teskari yo’nalishdagi ikki satr xati esa boshqacha. Xat o’ralgach, bu satrlar boshqa kishi tomonidan yozib qo’yilgan bo’lsa kerak. Xususan, bu xatning belgilari o’ziga xos. Umuman, oxirgi 2 satr xati A-12, B-2, B-3 kabi qator hujjatlar xatiga o’xshaydi. Hujjat noshiri V.A.Livshitsning fikricha, A-9 hujjati uchun avval yozuv bitilgan charmni yuvib tozalashgan. Shunda eski matn qisman o’chmay, qolib ketgan. Demak, Aspanak Devg’un o’g’li yuvib tashlagan matnning kotibi bo’lgan, deyish ham mumkin. Bu hujjat VII-VIII asrlarda Romtish Vg’ashfarn, Venonok kabi kotiblar bilan bir qatorda Aspanak Devg’un o’g’li ismli sug’diy kotib ham bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. A-9 raqamli hujjat xat janriga mansubdir. Lekin unda sug’diy maktublarga xos kirish va yakunlovchi formulalar yo’q. Shuning uchun maktubning kimga yozilgani noma’lum. Lekin undagi xabar va ma’lumotlarning Sug’d hukmdorligi (konfederatsiyasi) siyosiy-harbiy ahvoliga bevosita aloqadorligi hisobga olinsa, xat adresati hukmdor Devashtich bo’lgan deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari, maktub matnida “maray” unvoni uchraydiki, bu “afshin(hukmdor)” ma’nosida bo’lib bir necha hujjatlarda Devashtichga nisbatan qo’llangan. A-9 hujjatning adresati juda bo’lmaganda muhim amaldor ekanligi xat mazmunidan yaqqol ko’rinib turadi. Masalan, muallif Ustrushana, Parg’ar, Xo’jand kabi qator shahar va viloyatlardagi ahvolni bayon etadi. Aftidan, u arablar bilan tuzilishi mumkin bo’lgan bitim haqida gapiradi. Parg’ar erlarini tashlab ketmaslik lozimligini ta’kidlaydi. Chunki bu erlarda yaqin kelajakda muayyan xavf-xatar yo’q. A-9 hujjatining 1-2-satrlarida qiziq bir ma’lumot berilgan. Hujjat 722 yil avgust oyining haftasida yozilgan deb taxmin qilinadi 29 . 29 Grenet, Vaissiere, 2002: 179. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling