O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


A-9 (QO’SHNI HOKIMLIKLARDAGI AHVOL TO’G’RISIDA


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

A-9 (QO’SHNI HOKIMLIKLARDAGI AHVOL TO’G’RISIDA 
DEVASHTICHGA UNING AYG’OQCHISI YOZGAN 
MAKTUB MATNI) 
(1)   Va shunday xabar bor: “Xo’janddagi (voqealar) tugadi, va 
barcha xalq  
(2)   
amirning diniga (yoki “himoyasiga”) o’tdi – zodagonlar 
(“ozodlar”) ham, savdogarlar va  
(3)   xizmatkorlar ham (jami) 14 ming (bo’lib) chekindilar
30
. Va biz 
chopar yo’lladik. 
(4)   Lekin eshitdikki, u Xuttalga
31
 qaytib kelibdi. 
(5)   Axshevarro’ch  kunida  esa lashkarboshi Shavkatda
32
 to’xtadi. 
Bor bo’lgan barcha piyoda askarlarni  
(6)   Buttaman
33
 orqali u sari jo’natdim. Parg’ardagi
34
 erlarni  esa, 
ya’ni eng keng (yaxshi) 
                                                 
30
  Hujjatning dastlabki nashrlarida 1-2-satrlar quyidagicha o‘girilgan edi: “(1) 
Va shunday ovozlar bor: “Kuchaliklar (?) ...... va barcha xalq (2) braxman diniga 
o‘tishdi (“chiqishdi”). Bular zodagonlar (“ozodlar”), savdogarlar va oddiy (3) 
xalq hamda 14 000  ruhoniy ustozlar. Va biz chopar yo‘lladik” (СДГМ, II:95). 
Bu esa hujjatdagi ma’lumotlar talqinida yanglish xulosalar bildirilishiga olib 
kelgan, kuchaliklar, ya’ni Sharqiy Turkistondagi voha hukmdorliklardan biri – 
Kucha aholisi va ular e’tiqod qiluvchi braxman dini haqida gap boradi, 
mazmunida fikrlarga yo‘l ochgan edi. Aslida esa bu yerda hujjat yaratilgan 
muhit – Panchga nisbatan yaqin joylashgan viloyat bo‘lmish Xo‘janddagi ahvol 
bayon qilinadi. Yuqoridagi tuzatishlar O.I. Smirnova hamda F. Grene va E. De 
la Vessierlar taklifi asosidadir (Смирнова  О.И.  Очерки  из  истории  Согда. –
М., 1970. С. 16, 254; ) Grenet, Vaissiere, 2002: 172-173).
 
31
 Xuttal - adabiyotlarda Xuttalon, Xatlon shakllarida ham uchraydigan 
Chag‘oniyon (hoz. Denov/ Surxxondaryo viloyati)ning sharqida joylashgan 
tarixiy viloyat. Uning hududi Tojikistondagi hozirgi Ko‘lob viloyatiga to‘g‘ri 
keladi. 
32
  Shavkat – lug‘aviy jihatdan sug‘diycha shav “qora” va kat “qishloq/shahar” 
(“Qoraqishloq/shahar”) ma’nolarini anglatgan ushbu aholi manzilini ayrim 
tadqiqotchilar Zarafshon daryosining o‘ng havzasida, hozirgi Ayniy tumani 
markazining biroz shimoli-sharqida joylashgan Shavkati poyon qishlog‘i bilan 
tenglashtiradilar. Ayrim tadqiqotchilar esa uni arab geograflari tomonidan 
Shimoliy Ustrushonada Samarqanddan Xo‘jandga eltuvchi yo‘l bo‘yidagi 
muhim rustoq (tuman) sifatida tilga olingan joy bilan bitta deb qarashadi. 
Shuningdek, mazkur geograflar Iloq (Choch) viloyatidagi shaharlardan birining 
nomini ham Shavkat shaklida qayd etishgan. 


 
63
(7)   bo’lganlarini,  unga  tashlab ketmagin, (chunki) ushbu 
lashkarboshi  
(8)   sengacha etib bormaydi. Hokim janoblari, (sizdan) shunday 
buyruq bo’lgan edi: “Dishttach bilan birga  
(9)   otlarni tayyorla! Murtatro’ch kuni ishonchli kishilar  
(10)  Ramanga
35
 kelishadi” – lekin bu haqda menda hali xabar yo’q. 
Agar 
(11)  sen sulh tuzsang, na sen va na sening xalqing adolatli (tinchlik, 
amniyatga) erisholmaysan. 
(12)  Men yana bir choparni yubordim. Qanday yangi xabarlar bo’lsa, 
senga etkazurman. 
(13)  Va men ishonchli choparni ham jo’nataman. Ustrushanlik 
odamlardan ham  
(14)  biroz kelishadi. (Hozircha) tashvish yuzlanmadi,  
(15)  shuning uchun g’am chekmagin”. 
Izoh: 
A-9 hujjati mazmuniga ko’ra podsho Devashtichning Parg’ar, 
Ustrushona, Xo’jand viloyatlarida yashirin ish ko’rgan kuzatuvchisi 
(ayg’oqchisi) tomonidan yozilgan maxfiy ma’lumotnomadir. Hujjatda 
adresat va maktub yo’llovchi kishi nomlari ko’rsatilgan emas. Unda 
odatdagidek matbuot janriga xos kirish va xotima formulalari ham 
yo’q. Xat muallifi to’g’ridan-to’g’ri o’zi kutgan voqealarga kirishadi. 
                                                                                                                                                         
33
   Buttaman  - arab manbalarida Buttam shaklida qayd etilgan. Zarafshon 
daryosining yuqori havzasida, Panjikentning shimoli-sharqida, Zomin tog‘lari 
yaqinida, undan janubi-sharqda joylashgan tog‘lik tarixiy viloyat.  U ba’zan 
alohida hukmdorlik, ba’zan Ustrushona tarkibidagi viloyat sifatida bo‘lgan. 
34
   Parg‘ar – sug‘diy tilda “Tog‘ usti / Tog‘lik joy”, “Tog‘ning yuqorisi” 
ma’nosini anglatgan bo‘lib, Yuqori Zarafshonda, Zarafshon daryosining chap 
havzasidagi tog‘lar va tarixiy viloyatning nomi. Hozirgi kunda Zarafshonga 
quyiluvchi Kshtut va Fondaryo irmoqlari oralig‘idagi hudud Falg‘ar shaklida 
saqlanib qolgan. Panch xo‘jalik hayotida Parg‘arning alohida o‘rni bo‘lgan 
ko‘rinadi. Parg‘ar xo‘jalik va ma’muriy jihatdan Panchga bo‘ysunib, ko‘pgina 
masalalarni u markaz Samarqand bilan emas, balki bevosita Panch hukmdorligi 
doirasida hal qilgan (СДГМ, III:8).  
35
  Raman – Ram ilohi nomidan shakllangan toponim (Grenet, Vaissiere, 2002: 
174-175). Ustrushona va Parg‘ar oralig‘ida joylashgan aholi manzili deb taxmin 
qilinadigan mazkur toponim hujjatning ilk nashrlarida Ramush (Romush) 
shaklida o‘qilgan bo‘lib, bu borada bir qator munozarali talqinlar bildirilgan edi 
(СДГМ, II:94-95).
 


 
64
Bunday extiyotkorlik arablar istilosi jarayonida ehtimol zarur 
bo’lgandir. Bu haqda A-9 noshiri V.A. Livshits uch xil taxmin 
bildirgan: 1) maktubning etib kelgan qismining bir bo’lagi, bosh qismi 
yo’qolgan; 2) A-9 matni xatning asosiy mazmuning qora nusxada 
tayyorlangan ko’rinishi. Shu matn asosida tegishli kirish va xotima 
formulalari bilan oqqa ko’chirilgan matn etib kelmagan; 3) kirish va 
xotima formulalarida ismlar ta’kidlanishi lozim edi. Lekin harbiy-
siyosiy vaziyat taqozosi bilan ataylab tushib qoldirilgan. Bu o’rinda 
uchinchi taxminni ko’proq asosga ega deb hisoblash mumkin. Aftidan, 
Devashtich o’z kishilarini qo’shni erlarga yuborar ekan, ularning 
maqsad va vazifalari hamda sharoit maktub va ma’lumotlardagi 
rasmiy an’anaviy uslub formulalaridan ataylab foydalanmasligi tabiiy 
edi. Maktub Devashtichga shaxsan yo’llanganligi haqida faqat taxmin 
qilish mumkin. Buni asoslash uchun hujjatning 8-qatorida muallif 
tomonidan adresatga murojaat qilib rti maray “va hokim (janoblari)” 
deb yozilganini ko’rsatish kifoya. Ko’proq sug’diycha afshin unvonini 
ifodalash uchun qo’llanilgan maray  oramiycha ideogramma bo’lib, 
Mug’ tog’i sug’diy matnlarida faqat adres formulalarida uchrar va 
Devashtichga nisbatan qo’llanar edi. Boshqa viloyat hokimlariga 
nisbatan doimo sug’diycha xuvu – “hokim”, “hukmdor” so’zidan 
foydalanishgan. Ko’rinib turibdiki, bu o’rinda Devashtichning o’ziga 
xat konteksti ichida murojaat qilish uchun maray so’zi qo’llangan. 
V.A. Livshitsning fikricha, xat muallifi hozirgi O’ratepa, Mastcho, 
Xo’jand erlarida ish ko’rgan. U bergan ma’lumotlar geografiyasi 
shundan dalolat beradi. Buttaman – Panjikentdan yuqoridagi tog’li 
o’lka; Parg’ar – Sug’d bilan chegaradosh shimoliy erlar; Ustrushan – 
Mastcho, O’ratepa atrofidagi erlar va hokazo. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling