O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


A-14 (SUG’D ELCHISI FATUFARNNING CHOCHDAN


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

 
A-14 (SUG’D ELCHISI FATUFARNNING CHOCHDAN 
JO’NATGAN MAKTUBI) 
(1)   Janobi hukmdorga, buyuk tayanchimiz, Sug’d podshosi, 
Samarqand hukmdori 
(2)   Devashtichga uning eng e’tiborsiz (“millioninchi” darajali)  
(3)   quli Fatufarndan murojaatnoma. 
(4)   Janobi hukmdor, (senga) buyuk shon-sharaf (egasiga) ko’pdan-
ko’p ta’zim yo’llayman (“murojaat qilaman”)  


 
65
(5)   Va janob, men bu erga, Choch hukmdori
36
 huzuriga  keldim. 
Janob,  
(6)   xatlarni ham topshirdim, og’zaki (“til bilan”) (aytilishi) lozim 
bo’lgan 
(7)   murojaatnomani ham to’liq, oqizmay-tomizmay (“qoldiqsiz”) 
bayon ettim. 
(8)   Tudunga
37
 ham, uning yordamchisiga
38
 ham. Va janob,  
                                                 
36
Choch hukmdori – tadqiqodchilar orasida ushbu hukmdorning kimligi masalasi 
ilmiy bahslarga sabab bo‘lgan. V. A. Livshis, bu yerda ikkita shaxs haqida gap 
borishini olg‘a surib, hujjatda “Choch hukmdori” va “Choch tuduni” tilga 
olinganini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, elchi Fatufarn Chochning har ikkala 
boshqaruvchisi huzurida bo‘lgan (СДГМ, II:82-88). S.G.Klyashtorniy fikricha 
esa xatning mazmuni bunday xulosa chiqarishga imkon bermaydi va aksincha 
gap bitta shaxs haqida borayotganidan darak beradi, ya’ni; Choch hukmdorini 
Fatufarn dastlab maqomiga ko‘ra – “Choch hukmdori”, so‘ngra esa unvoniga 
ko‘ra – “tudun” deb nomlaydi. Tadqiqodchi o‘z fikrining tasdig‘i sifatida 
Tabariy ayni shu hukmdorni “Shosh podshohi” va “tudun” deb atashini misol 
qilib keltiradi (Кляшторный  С.Г.  Древнетюркские  рунические  памятники 
как  источник  по  истории  Средней  Азии. –М., 1964. С. 160). Biroq yozma 
manbalar (xitoy) va numizmatik materiallar har ikkala olimning ham fikrlari 
munozarali ekanligi ko‘rsatadi. Aynan ushbu hujjat yozilgan paytda vohada 2 ta 
turkiy sulola yetakchilik qilibChoch teginlari  (605-750) – bosh, Choch 
tudunlari (640-750)- ikkinchi darajali sulola edi. Faqat hokimiyat Tudunlar 
qo‘lida bo‘lib, Teginlar esa ko‘p yillardan beri qonunan Chochning 
boshqaruvchilari sifatida bosh sulola hisoblanar, hokimiyatga da’vogarlik esa 
nomiga edi (Бобоёров  Ғ.  Чоч  тарихидан  лавҳалар  (Илк  ўрта  асрлар). –Т., 
2008. Б.50). 
37
  Tudun – asosiy vazifasi tobe hukmdorliklardan soliq yig‘ini tashkil etish va 
mahalliy hukmdorlarni nazorat qilish bo‘lgan G‘arbiy Turk xoqonligi – noib. 
Hujjat mazmunidan ko‘rinadiki, Tudun – Choch hukmdorlaridan biri sifatida 
voha siyosiy hayotida yetakchi rol o‘ynagan. Xitoy yilnomalarida 640 yildan to 
750- yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida 4 nafar Choch hukmdorining ismi tutun 
unvoni bilan tilga olinishi, Tabariy (“Tudun malik ash-Shosh”) va Beruniy 
Shoshning qadim hukmdorlari unvoni tariqasida ko‘rsatishi vohada Tudunlar 
sulolasi mavjud bo‘lganidan darak beradi (Бичурин Н.Я. Собрание сведений о 
народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. –М.-Л., 1950. Т. II. 
С. 313-314; История  ат-Табари.  Избранние  отрыки  (Пер.  с  арабского 
В.И.Беляева.  Доп.  к  пер.  О.Г.Болшакова  и  А.Б.  Халидова).  –Т., 1987. С. 
268;  Абу  Райхан  Бируни.  Памятники  минувших  поколений / Перевод  с 
арабского и примечания М.А. Сале // Бируни.  Избранные произведения. –


 
66
(9)   Xoqonga
39
(mo’ljallangan) xatni ham, Farg’ona podshosiga
40
 
mo’ljallangan xatni 
                                                                                                                                                         
Т., 1957. Т. I.C. 111). VII-VIII asrlarga taalluqli tangalarda tbwn c’cynk ywB-

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling