O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
Tayanch iboralar: Baqtriya yozuvlari, Niso, Parfiya arxivi,
Arshakiylar, Mixrdatkirt, M.V.Masson, YuTAKE, V.B.Xenning, monumental yozuv, kursiv yozuv, Surx-ko‘tal, bronza qo‘ng‘iroqcha, Ayritom, Ravatak, Kanishka, shartnomalar, nikoh bitimi, Shodiya, Nokonzak. Baqtriya, antik mualliflar ta’biri bilan aytganda, Baktriana Marka- ziy Osiyo janubidagi qadimgi madaniy viloyatlardan biri hisoblanadi. Baqtriya – Amudaryoning yuqori oqimi, Vaxsh, Kofirnigon va Sur- xondaryoning o‘ng tomonida, shimolda Hisor tog‘lari bilan o‘ralgan, janubda esa Hinduqush tog‘lari bilan tugagan (hozirgi Shimoliy Afg‘oniston, Janubiy Tojikiston va Janubiy O‘zbekiston) katta hudud hisoblanadi. Bu mamlakat Qadimgi Sharqda ikki o‘rkachli tuyalari, otlari va feruza toshlari bilan mashhur bo‘lgan. Mil.av. I ming yillik o‘rtalarida Baqtriya Ahmoniylar saltanati- ning eng oxirgi sharqiy satrapi hisoblangan. Mil av. 329-327-yillarda 33 Baqtriyani Aleksandr Makedonskiy bosib oladi. Uning saltanati parchalangandan so‘ng bu yerlar Salavkiylar mulkiga aylanib qoladi. Salavkaning Hindistondagi mag‘lubiyati salavkiylarning O‘rta Osiyodagi noiblari ahvoliga sezilarni darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu holat bu yerda salavkiylarga qarshi kurash kuchayishiga sabab bo‘ldi. O‘rta Osiyo viloyatlari mulklaridan mahrum bo‘lishidan qo‘rqib ketgan Salavka I o‘z vorisi Antiox I boshchiligidagi Sharqiy noiblik (satraplik)larni ta’sis etgan edi. Mil. avv. 293 yilda Salavka o‘g‘li Antioxni Sharqiy satrapliklarga, ya’ni O‘rta Osiyo viloyatlariga o‘zining noibi etib tayinlaydi. Antiox vayron etilgan qal’alarni tikladi, Quyi Murg‘ob vohasini o‘rab olgan yirik va qalin mudofaa devor (Marg‘iyona devori) bunyod etdi, qo‘zg‘olonlarni bostirdi. U salavkiylar qudratini namoyish etish maqsadida atrof o‘troq va ko‘chmanchi aholi ustiga harbiy yurishlar uyushtirdi. Antiox tomonidan o‘tkazilgan bir qancha harbiy–siyosiy va diplomatik tadbirlar tufayli O‘rta Osiyodagi salavkiylarga qarshi harakatlar bostirildi. Biroq Antiox G‘arbga qilgan ko‘pgina yurishlari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘z davlatining sharqiga, jumladan O‘rta Osiyo yerlariga kam e’tibor qaratdi. Natijada O‘rta Osiyoning iqtisodiy hayotda o‘zgarishlar yuz berib, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va savdo– sotiq anchagina rivojlanadi. O‘rta Osiyo harbiy–strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, salavkiylar bu hudud bo‘ylab o‘tgan savdo yo‘llari bo‘yida shaharlar va tayanch harbiy istehkomlar qurdirgan. Salavkiylar davrida O‘rta Osiyodagi ahvol birmuncha murakkabroq vaziyatda bo‘lib, bu hudud markazdan ancha uzoqda joylashgan hamda davlatning shimoliy-sharqiy chegaralaridagi ko‘chmanchilarning doimiy xavfi mavjud edi. Ayniqsa, mil.avv. III asrdan boshlab ko‘chmanchilarning ko‘chishlari boshlanishi natijasida chegaralardagi bu xavf yanada ortdi. Ko‘plab viloyatlarni birlashtirgan Salavkiylar davlatining ichki siyosiy boshqaruv masalalari ancha murakkab edi. Davlatning nihoyatda katta hududlarni qamrab olganligi ayrim hollarda ma’muriy nazoratning susayib ketishiga olib kelgan. Salavkiylar davlati ma’lum bir xalq yoki elatlardan iborat bo‘lmay, ko‘pdan ko‘p etnik guruhlarni harbiy yo‘l bilan birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi. Salavkiylar davlatida ish 34 yuritish an’analari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, davlat ishlarini olib boruvchi devonxona mavjud bo‘lgan. Mil.avv. III asrning 60–50–yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida Salavkiy hukmdorlari o‘rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining sharqiy viloyatlarida siyosiy vaziyat o‘zgarib markazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashadi. Mil.avv. 250 yilga kelib Parfiya va Yunon–Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o‘zlarini mustaqil deb e’lon qiladilar. Shunday qilib, miloddan avvalgi III asrning o‘rtalaridan e’tiboran O‘rta Osiyoda Yunon-Baqtriya davlati hukmronligi boshlanadi. Bu davrga taalluqli arxiv hujjatlari O‘rta Osiyo hududlarida topilib o‘rga- nilgan. Arxiv hujjatlari O‘rta Osiyoda davlat ish yuritish ishining juda erta vujudga kelganligi va shakllanganligidan dalolat beradi. Mazkur davlat o‘rnida miloddan avvalgi I va milodiy IV asrlar oralig‘ida Kushonlar saltanati hukmronlik qilgan. Baqtriya mil.av. III asr o‘rtasidan boshlab Yunon-Baqtriya davlatining markaziga aylanadi. Hozirgi Turkmanistonning janubi g‘arbida Parfiya davlati qad ko‘targan. Parfiya davlatining poytaxti Niso shahri edi. Bu davr davlatlari va ularning xo‘jaligi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi arxivlar topilgan. Ular orasida qadimgi parfiyoniy tilli hujjatlar katta ahamiyat kasb etadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling