O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demotik
Demotik matnlar Ahmoniylar hukmronlik qilgan davrdagi Misrda demotik hamda ravon yugurik iyeratik 9 usulda yozilgan hujjatlar ko‘plab topilgan. Bu matnlar orasida avvalo sais podsholaridan Amasis va Psammetix III davridagi yirik amaldor bo‘lgan Udjagorresept yozuvini eslatish mumkin. Sais podsholari Amasis va Psammetix III keyinchalik Kambiz va Doro I ga yaqin bo‘lgan. Kambizning misr ibodatxonalarining mol- mulkini cheklash to‘g‘risidagi dekreti – farmoni, mamlakatni eronliklar bosib olganigacha muomalada bo‘lgan misr qonunlarini kodlash 9 Demotik va iyeratik atamalari Misr iyerogliflarining tez yozuvga moslangan kursiv variantiga nisbatan ishlatiladi (M.Is’hoqov). 31 to‘g‘risidagi Doro I ning farmoni katta ahamiyatga ega. Har ikkala matn asl hujjatdan nusxadir. Demotika xronikasi deb ataladigan nusxa asl matnning orqa tomoniga yozilgan. Matn mil.av. III asrda Janubiy Misrda yozilgan. Xronikaning boshi va oxiri yo‘qolgan. Matnda Misrni bosqinchilarning zulmlaridan ozod qiladigan qadimgi misrlik buyuk Fir’avnning kelishi haqida mahdiylik bashorati yozilgan. Mazkur matn so‘nggi ahmoniylar davrida Misrdagi shart-sharoit to‘g‘risida yorqin ma’lumot beradi. Voqealar tafsili mil.av. 404-yildan boshlanadi. XXVIII-XXX sulolalar hukmdorlarining nomlari aniq ketma-ketlikda berilgan. Eronliklar davridagi ma’muriy va huquqiy tizim to‘g‘risidagi qim- matli axborotlar satrap Farndatga jo‘natilgan demotik xatlarda berilgan va boshqa bir papirus Rylandsga kohinlar tomonidan Petesining mol- mulki olib qo‘yilgani to‘g‘risidagi shikoyati bayon qilingan. Ahmoniy podsholarining misr ibodatxonalariga qimmatbaho hadyalar to‘g‘risida, ayrim shaxslarning va fors podsholariga qarshi mahalliy hokimlarning qo‘zg‘olon ko‘targanlari haqidagi yozuv saqlanib qolgan. J.Pozdner Kambiz, Doro I, Kserks va Artakserks I larning davri bilan sanalangan 117 ta misr yozuvini nashr qilgan. Matnlarning bir qismi nomlari zikr qilingan podsholar tomonidan, qolganlari fors amaldorlari tomonidan tuzilgan. 12 ta yozuv Vadi-xammamatdagi tosh yo‘nuvchilar boshlig‘i bo‘lgan fors amaldorlari tomonidan tuzil- gan. Shu bilan birga Fayyum, Memfis va boshqa joylardagi toshlarda Doro I ning yozuvlari topilgan. Ularning ko‘pchiligi misr xudolariga yoki ilohiylashtirilgan ob’ektlarga murojaatlardan iborat. Misr-oramiy yozuvlari ham ma’lum. Ba’zi matnlar mixxat yozuvlari bilan birga uchraydi. Bir qancha shaxsiy huquqiy hujjatlar ham saqlanib qolgan. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling