O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
Oramiy matnlari
Fors davlatida oramiy tilli hujjatchilik keng yoyilganligini Qizil dengizdagi Elefantin oro’lidan to Hindiston chegaralarigacha bo‘lgan ulkan hududda topilgan ko‘plab papirus, charm o‘ramlari, toshlardagi yozuvlar, tangalar, tarozi toshlari, muhrlar va loydan yasab quritilgan “taxtachalar”ga o‘yib bitilgan yozuvlar tasdiqlaydi. Masalan, Naqshi Rustamdan mil.av. III asrga taalluqli yozuv to- pilgan. Unda Salavk ismi uchraydi. 1936-38-yillarda Persepolda siniq tosh idish topilgan. Shu kabi idishlarning 203 bo‘lagida qora siyoh bilan yozilgan oramiy yozuvli oramiy tilidagi matnlar bo‘lgan. Erondan mil.av. VIII-V asrlarga taalluqli oramiy yozuvli ko‘plab vazalar? qadahlar (ayoqlar) 8 topilgan. 8 Idish-ayoq – juft so‘z. Uning ikkinchi juz’i baland ayoqqa o‘rnatilgan idish- vazani bildiradi. O‘rta asrlarda ayoq so‘zi qadah ma’nosida ham qo‘llangan (M.Is’hoqov) 28 Persepoldagi qal’a devoridan topilgan matnlar orasida bir necha sopol taxtachalar diqqatga loyiq. Bundan tashqari, elam tilidagi matnli 44 ta taxtacha topilgan. Ularga siyoh bilan oramiy yozuvi va oramiy tilida izoylar qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida ilova qilingan. Bu qo‘shimcha yozuvlar Elam matni mazmunining qisqacha bayonlaridir. Shu kabi oramiy tilidagi va oramiy yozuvidagi qo‘shimchalar mil.av. VII asrlardagi bobil mixxat yozuvlariga ham qo‘shilgan. Bun- day qo‘shimcha izohlar V asr hujjatlarida ayniqsa ko‘p uchraydi. Murashu va Nippur arxivlari buning yaqqol misolidir. Mesopotamiyada yozuv uchun asosan charm va papirus ishlatil- gan. Ahmoniylar davrida shaxsiy huquqiy va xo‘jalik hujjatlari oramiy tilida charmga yozilgan. Charm va papirusga yozilgan yozuvlar quruq iqlimli sharoitlarda saqlanib qolgan. 1962-64-yillarda qadimgi Ierixondan 14 km maso- fadagi Vadi Daliyaxda, ya’ni ahmoniylar davridagi sobiq Samariya viloyatida topilgan bitta qabrda 20 ga yaqin oramiycha papirus va yuzlab hujjat parchalari topilgan. Ular juda yomon ahvolda saqlangan. Papiruslarda 29 muhrning izi saqlangan va sinmagan. Papiruslardagi matnlar xususiy huquqiy va ma’muriy xarakterga ega (nikoh shart- nomalari, qullarning huquqiy-ijtimoiy holati, mulklarning oldi-sotdisi va b.) bo‘lib, mil.av. 375-335-yillarni o‘z ichiga oladi Misrda ahmoniylar davriga oid 200 oramiy papirusi topilgan, aksariyati yaxshi saqlangan. Ba’zi papiruslar XIX asrda ma’lum bo‘l- gan. Birinchi oramiy papirusi Yevropaga 1824-yilda keltirilgan. Ularni 1903-yildan nashr qilish boshlangan. 1907-1908-yillarda Elefantinda nemis arxeologlari 100 ga yaqin papiruslarni topishgan, bular yahudiy harbiy koloniyasiga taalluqli. Ba’zi hujjatlarda butun bullalar (loy muhr) topilgan. Ularning aksariyati, nikoh shartnomalari, oldi-sotdi hujjatlari, shu bilan birga ahmoniy podsholarining farmon- lari va boshqa rasmiy hujjatlardir. Ushbu arxivda bulardan tashqari Qadimgi Eron podsholarining diplomatik maktublari hamda Falastin- dagi harbiy istehkomlar bilan yahudiy jamoalari o‘rtasidagi munosa- batlarga taalluqli yozishmalar ham bor. Ba’zi hujjatlar V asrning ikkinchi yarmi bilan sanalangan. Ularning orasida Bexistun yozuv- larining oramiy tilli tarjimalari ham bo‘lgan. Bular Doro I devonidan Misrga jo‘natilgan, kechroq ko‘chirilgan Naqshi Rustam qoyasidagi matnning tarjimasi edi. 29 1954-yil G.R.Dreyver tomonidan Misrdagi fors satrapi Arshama- ning 13 ta xatidan iborat muhim kolleksiyasi nashr qilindi. Matnlar charmga oramiy tilida yozilgan. Ular V asrda Misrda fors podsho- larining hukmronligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Ular ishchi kuchini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar, itoatsiz qullarga munosabat, Arshama va boshqa fors amaldorlarining yerlarini boshqarish to‘g‘risidagi hujjat- lardir. Xatlar Arshamadan va boshqa eron mansabdor amaldorlaridan mulk boshqaruvchilariga, ehtimol Bobil va Suzaga jo‘natilgan mak- tublarning nusxalaridir. Shunday qilib, ular shaxsiy xatlar tarzida yozilgan bo‘lsa ham, satrap sifatida Arshamaning xizmat faoliyatiga daxldor bo‘lmasa ham, xat jo‘natuvchilarning yuqori lavozimlarini hisobga olsak, bu xatlar rasmiy yoki (yarim rasmiy) xarakterga ega bo‘lib, davlat ishlari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar beradi. Xatlarga sana qo‘yilmagan, lekin ularning mazmuniga qarab, Dreyver ularni 411-408-yillarga to‘g‘ri keladi, deb baholaydi. Shu bilan birga xatlar- ning 454-yilda yozilgan bo‘lishi mumkinligini ham inkor qilmaydi. Xatlarda loy muhrlar saqlangan. Bir muhrda ikkita fors jangchisining dushmanni qo‘li bilan ushlab turganligi tasvirlangan. Jang tasvirida quyosh gardishi va oramiy yozuvi izlari bo‘lib, uni “Shahzoda Arsha- maning muhri” deb tarjima qilingan. Dreyver, bu xatlar Arshamaning amaldorlaridan birining arxividan bir qismi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Arshama amaldorlaridan Nextimorga jo‘natilgan xat bo‘- lib, ular Nextimorning shaxsiy arxivi hujjatlaridan bo‘lishi ehtimol. 1945-yilda Misr arxeologi Sami Gabra Tuna El-Djebel (Qadimgi G‘arbiy Germopol) qabristonidan Misr xudosi Tatuning ramzi hisob- langan ibis qushi mumiyolarini topgan (laylakka o‘xshagan qush). Qabrda 8 ta oramiy papirus solingan loy idish ham bo‘lgan. Ular mamlakatda qo‘zg‘olon vaqtida qabristonga yashirilgan bo‘lishi kerak. Bu papiruslar shaxsiy maktublar bo‘lib, Memfisdan oramiy harbiy kolonistlari tomonidan Misrdagi semit kolonistlariga jo‘natilgan (4 ta xat Sienga qolganlari Ofi, ya’ni Luksorga jo‘natilgan). Ularda oilaviy xabar- lar, yaxshi niyatlar, savdo ishlariga ko‘rsatmalar berilgan. Matnga sana qo‘yilmagan, lekin yozuv uslubi V asrga taalluqlidir. Idishga yaqin joyda muhra shaklida “Intarvii” so‘zi bitilgan ashyo bo‘lib, bu so‘z Doro I ismining misrcha aytilishidir. Xat o‘rami ochilmagan holda topilgan. Hujjat qandaydir sabablarga ko‘ra, manzilga yetib bormagan, Germopol janubida yo‘lda to‘xtab qolgan. Hujjat katta ilmiy ahamiyatga ega. Ular tadbirkorlik aloqalari va Misrning turli joylarida semit harbiy koloniya- 30 lari bilan yozishmalar bo‘lganligidan dalolat beradi. Elefantin papirus- laridan farqli o‘laroq, germopol xatlari oramiylar va boshqa semit qabilalarining (Nobu, Betelk, Malkat-Shamni xudolariga sig‘inuvchi) til xususiyatlari to‘g‘risida muhim xabarlar beradi. Misrdagi oramiy manbalaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1931-yil N.Eme-Jiron 112 ta matnni nashr qildi, ulardagi papiruslar orasida sopol bo‘laklari va buyumlar sirtiga tirnab yozilgan matnlar ham bo‘lgan. Barcha matnlar 1926-yildagi Sakkara (Memfis) dagi qazish ishlari chog‘ida topilgan. Ushbu to‘plamdagi papiruslarning ko‘pchiligi, noshirning fikriga qaraganda, Memfisdagi harbiy kema- larni qurish va ta’mirlash bo‘yicha davlat arsenali kundaliklarining qismi hisoblanadi. Matnlarda misr va eron sanalari uchraydi, lekin birorta podshoning nomi tilga olinmagan, shuning uchun hujjatlarning yozilgan yilini aniqlash mushkul. Ehtimol ular V asrga taalluqlidir. 1913 va 1917-yillardagi Sakkaradagi qazishlar chog‘ida papiruslardan bir nechasi Eme-Jiron tomonidan topilgan. Doro I podsholigining 7-yilida (517 y.) yerni ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnoma ahmoniylar davriga taalluqli hujjatlarning eng qadimgisidir. Bir papirusda bir kishining finikiya shahri Sidondan misr xudosi Osirisni ziyorat qilish uchun borayotganligi haqida oramiy papirusi hikoya qiladi. Ahmoniylar davri oramiy yozuvi bo‘laklari, hanuzgacha yetarli darajada nashr qilinmagan. Ularning nashri bilan A. Dyupon – Som- mer shug‘ullangan. Bo‘laklarining bir qismi finikiya tilida yozilgan. Fors podsholari davri oramiy matnlari orasida diniy ma’nodagi oramiy yozuvlari muhim o‘rin tutadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling