O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
- Bu sahifa navigatsiya:
- (silindr) va to‘rtburchak shaklida (shtempel–tug‘ro ko‘rinishida)
(“memorial notes”)ga bo‘linadi. Xatlar har xil amaldorlardan
Persepoldagi xazina mudiriga jo‘natilgan. Xatlarda ma’lum miqdor- dagi pul qaysidir bajargan ishi uchun ma’lum kishilarga berilishi ko‘rsatilgan. Esdalik yozuvlarida bajarilgan ish, u qachon boshlanib, qachon tugaganligi, ishga mas’ul shaxs va ishchilarga ularning mala- kasiga ko‘ra turlicha (kategoriya) toifaga asosan ish haqi miqdori to‘lanishi (ko‘rsatilgan) aks etgan. Xazina va qal’a devorlarining ba’zi matnlari shohning shaxsiy farmonlaridan iborat. 5 Formulyar – hujjatning boshlov va tugallash qismlaridagi an’anaviy jumla- lardir. Bu o‘rinda sarfiyot haqida xotirot yozuvlarining ikki xili haqida so‘z bormoqda. Ularning biri maktub, ikkinchisi eslatma shakli. 24 Hujjatlar muhrlar bilan tasdiqlangan, muhrlar g‘o‘lakcha (silindr) va to‘rtburchak shaklida (shtempel–tug‘ro ko‘rinishida) bo‘lgan. Xazina taxtachalarida 199 muhr saqlangan (loy bullalar) 6 . Kamerun muhrlardan 114 tasini nashr qilgan. Qal’a devorlaridagi matnlarda juda ko‘p muhrlar bo‘lib, hali ular to‘liq nashr qilinmagan. Bu turkum yuzdan ortiq muhrlarda yozuvlar mixxat yoki ba’zan oramiy xatida yozilgan. Aytish mumkinki, qal’a devori matnlarining birida (№ 1853) Ashpazan ismli amaldorning muhri aniqlangan. Bu ism o‘yilgan muhr xazinaning yana to‘rtta taxtachasida ham bor. Persepoldagi elam taxtachalari tashqi ko‘rinishiga ko‘ra mixxat yozuvli loy taxtachalar guruhiga mansub. Bobilning ayni shu davrga oid (sinxron) tablichakalaridan farqli o‘laroq o‘ng qirg‘og‘i dumaloq, chap qirg‘og‘i esa yapasqi silliq ko‘rinishga ega, sababi u joyga muhr tushirilishi kerak edi. Bundan tashqari bobil hujjatlaridan farqli ravish- da Persepol hujjatlari oramiycha ko‘chirmalariga bog‘lab qo‘yilgan. Bunga taxtachalarning silliq burchagidagi teshik va tizimchalar guvohlik beradi. Aksariyat taxtachalarning o‘lchami - uzunligi 6 sm, eni 3 sm bo‘lgan. Persepol hujjatlari barchasi biror istisnosiz juda muhim. Binoba- rin, o‘sha davrga oid ko‘plab manbalar mavjudligiga qaramay, axmo- niylar davri arxivining topilishi katta ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, xususiy arxivlar va ibodatxona xo‘jalik arxivlari Persepol hujjatlari Erondagi shoh xo‘jaligi to‘g‘risida favqulodda ko‘p ma’lumot berdi. Hujjatlar qadimgi eron leksikasini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi, chunki ularda elamliklar o‘zlashtirib olgan ko‘plab qadimgi eroniy so‘zlar, 200 tacha fors ismlari tilga olingan. Ismlar jamiyatning mafkuraviy g‘oyasi, turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy munosabatlariga ishorat qiluvchi materialdir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling