O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

 
Parfiya arxivi 
Parfiyoniy hujjatlar Eski Niso – Ashxabod yaqinidagi Bagir 
tepaligidan topib o‘rganilgan. 1948-yilda M.E.Masson rahbarligidagi 
Janubiy Turkmaniston arxeologik ekspeditsiyasi vakillari Eski Niso-
dan bir necha oramiy yozuvli sopol bo‘laklarini topishgan. Arxeologik 
tadqiqotlar natijasida Eski Nisodagi may omboridan yozuvlar bitilgan 
3000 dan ortiq sopol parchalari topilgan. Fanga Eski Niso arxivi nomi 
bilan kirgan parfiya arxiv hujjatlari qadimgi tariximizni o‘rganishda 
muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Parfiya arxivi hujjatlari dastlab 
M.M.Dyakonov tomonidan o‘qilgan. Keyinchalik I.M.Dyakonov, 
M.M.Dyakonov, V.A.Livshis, I.N.Vinnikov Eski Niso hujjatlarini 
o‘qishgan va e’lon qilishgan. Parfiya davlatining poytaxti Mixrdat-
kirtning qadimgi xarobalari yaqinida o‘rta asr Niso shahri barpo 
bo‘lgan. O‘z navbatida, bu shahar mo‘g‘ul istilosi davrida vayron 
etilgan. Bu shahar xarobalari Niso nomi bilan ma’lum bo‘lgani holda 


 
35
qadimiy nomi unitilgan. Mihrdatkirt vayronalari fanda shartli ravishda 
Eski Niso deb atalgan.  
Eski Niso - Parfiya hujjatlari may(vino) ombori hisob-kitoblari 
mazmunida bo‘lib, sopol parchalariga qora siyoh bilan yozilgan. 
Ularda may omboriga uzumlarning olib kelinganligi haqidagi 
yozuvlari bor. Ombordan vino solinadigan katta xumlar topilgan. 
Xumlar ustiga sopol parchalariga qora siyoh bilan yozuv bitilgan. 
Yozuvlarda vino kimning qaysi uzumzoridan olib kelingan uzumdan 
tayyorlanganligi va kim tomonidan may tayyorlanganligi, mayning 
navi, saqlanish holati kabi ma’lumotlar bitilgan. Lekin bizgacha yetib 
kelgan ma’lumotlar unchalik to‘liq emas. May solingan xumlarning 
ustiga “eski may”, “sirka” deb yozilgan yozuvlar ham uchraydi. Ba’zi 
sopol parchalariga avvalgi yozuv o‘chirilib, qayta yozilgan. Demak, 
ba’zi holatlarda sopol parchalaridan avvalgi ma’lumot ahamiyatini 
yo‘qotganda, undagi yozuv yuvib tashlab, yangi ma’lumot uchun bir 
necha marta foydalanilgan. Yangi may deb yozilganlardan tashqari
uning miqdori, uzumning nomi, uzum keltirilgan qishloqning nomi, 
yetkazuvchi kishining ismi, mayni tayyorlash sanasi, uning navi, 
tayyorlash joyi va kimga yetkazish kerakligi ko‘rsatilgan. Vaqt o‘tib, 
bu hujjatlarda yangi yozuvlar paydo bo‘lgan. Yangi mayning boshqa 
xumga bo‘shatilganligi, mayning eskirganligi haqidagi ma’lumotlar ham 
bor. Eski Niso arxivi yozuvlarida xronologik ma’lumotlar ham ko‘rsa-
tilgan, ularda arshak erasi bo‘yicha 160-yildan 230-yilgacha sanalar 
uchraydi. Ombordan shu yillarga tegishli 338 ta hujjat topilgan. 
Bizgacha yetib kelgan hujjatlar asosida yil mobaynida qancha may 
tayyorlanganligini aniqlash qiyin, ya’ni ularning aniq miqdorini hisoblab bo‘lmaydi. 
Barcha vino podsholik omboriga yetib kelgan. Hujjatlardan 160-230-yillarda eng 
ko‘p may Friyapatikan qishlog‘idan keltirilganligi aniqlandi.  
Niso hujjatlariga qaraganda vinolarni har xil hajmdagi xumlarda 
saqlashgan. Niso arxivi hujjatlariga asosan vino tayyorlash jarayoni 
to‘g‘risida ma’lumotga ham ega bo‘lish mumkin. Xususan, omborlar-
ga uzum keltirilib, achitishga qo‘yilgan. Uzum kerakli darajada achib 
yetilgach, siqib sharbati ajratilgan. Sharbat tindirilgan. So‘ng qaytadan 
xumga solinib, ajratilgan uzum topposi bilan birga yana bir muddat 
saqlashga qo‘yilgan. Shu kabi uch marta qayta ishlovdan o‘tgan uzum 
sharbatida spirtlashuv o‘z me’yoriga yetib may tayyor bo‘lgan. Vinolar xumlarga 
quyilgan, ba’zi holatlarda xumlardagi vinolar achib u sirkaga aylangan. Vino solingan 
xumlarga qachon, qancha vino solinganligi, uning navi, qaysi bog‘ning uzumidan 


 
36
tayyorlanganligi, vinoning qanchalik sirkalanganligi haqidagi ma’lumotlar hujjatlarda 
to‘liq saqlanib qolgan. Omborlarda vinolarga to‘ldirilgan xumlarning sig‘imi asosan 
180-220 litr bo‘lgan.  
Eski Niso arxivi Parfiya davlatining ijtimoiy-xo‘jalik hayoti, 
ma’muriy-soliq tizimini chuqur anglashga imkon beradi. 
Hujjatlardan Parfiya davlatining shimoli-sharqiy qismidagi ma-
halliy boshqaruv mexanizmlari haqida qimmatli dalillarni topish 
mumkin. Boshlang‘ich ma’muriy birlik diz – mustahkam qishloq 
(qal’a) bo‘lib, uning boshlig‘i dispat deb atalgan. Dizpatlar satrapga 
bo‘ysingan. Soliqlar asosan natura bilan to‘langan. Soliqlarni yig‘ish 
va ularni saqlashda bir qator amaldorlar ishtirok etgan. Masalan;, vino 
omboriga uzumlarni keltirishda “vino keltiruvchi”, “muhr bosuvchi”, 
“mirzo”, “hisobchi” kabi amaldorlar unvonlari tilga olinadi.  
Demak, Eski Niso arxivi hujjatlari Parfiya davlatining ijtimoiy-
xo‘jalik tizimi, soliq tizimi, mahalliy boshqaruv tizimi, joy nomlari, 
uzumzorlar va ularning egalarining ismlari, amaldorlar unvonlari, yil 
hisoblari, o‘lchov birliklari, Shimoli-Sharqiy Parfiyaning ma’naviy 
madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. 
Hujjatlar oramiy yozuvining mahalliy parfiyoniy tiliga moslashgan 
variantida yozilgan. Hujjatlarni o‘qib tahlil qilish bilan shug‘ullangan 
olimlar, M.M.Dyakonov, I.M.Dyakonov va V.A.Livshitslar o‘z 
tadqiqotlarining boshlaridayoq ko‘plab muammolar va qiyinchiliklarga 
duch kelishdi. Chunki so‘zlardan bir qismi oramiy tilida, bir qismi esa 
parfiya tilida yozilgan, hatto bitta tushunchaning o‘zi bir joyda oramiy 
tilida ifodalangan bo‘lsa, boshqa joyda parfiya tilidagi ekvivalent 
ishlatilgan. Ba’zida oramiy tilidagi o‘z ma’nosida emas, parfiya tilidagi 
boshqa ma’noni anglatib kelgan. Bundan shunday xulosaga kelinganki, 
oramiycha so‘zlar bu davrga kelib maxsus shifrlar vazifasini bajargan. 
Ular o‘zining oramiy tilidagi ma’nosini yo‘qotgan bo‘lib, muayyan 
belgilar ketma-ketligini ko‘rganda parfiyaliklar bu oramiycha so‘zni o‘z 
tillaridagi so‘z bilan, almashtirib o‘qishgan. Bunday murakkab 
geterografik yozuvni o‘zlashtirish oson bo‘lmagan. Xattotlarni ko‘p vaqt 
mashq qildirishgan. Ko‘plab sopol parchalarida xattotlik mashq 
yozuvlari topilishi shundan dalolat beradi. 
Niso hujjatlari qadimgi Parfiyada din haqida ham qiziqarli ma’lu-
motlar berdi. Parfiyaliklar Mitra va davlat asoschisi Arshakka sig‘inish-
dan tashqari, yunon xudolariga ham e’tiqod qilishgan. Zardushtiylikning 
yetakchi o‘rinda ekani hujjatlardagi kishi ismlarining Avesta panteoniga 


 
37
xosligida yaqqol ko‘rinadi. Niso hujjatlarida tilga olingan 200 ta ismning 
aksariyati zardushtiylik dini ismlari bo‘lib, hatto hujjatdagi xronologik 
qaydlar zardushtiylik taqvimiga asoslangan. Shuningdek, Fraata, Nanan 
va boshqa ko‘plab nomlar keltirilgan. Ibodatxonalarning qurilishi haqida 
yozib qoldirilgan. Niso arxiv hujjatlarida eng avval tilga olingan yil bu 
miloddan avvalgi 247-yilga to‘g‘ri keladigan bo‘lib, undagi sanalar 
zardushtiylik taqvimiga mos keladi. Hujjatlarda oy va kunlar terminlari 
ham uchraydi. Shuni aytish mumkinki, zardushtiylik taqvimining tarixiy 
ildizlari mustaqil va qadimiy asoslarga ega.  
Demak, Eski Niso arxivi hujjatlari Parfiya davlatidagi moddiy va 
ma’naviy madaniyat to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olishga ham xizmat 
qilishi mumkin. 
Kushon podsholigining gullab-yashnagan davri Kanishka va 
uning vorislari bo‘lmish Xuvishka va Vasudeva davrlariga to‘g‘ri 
keladi. Kanishkaning tangalarida birinchi marta yunoncha yozuvlar 
o‘rnida baqtriya tilidagi yozuvlar paydo bo‘la boshlaydi. 
V.B.Xenningning fikricha, eron tillari oilasiga mansub baqtriya 
tili – kushon shohlarining ona tili hisoblangan. Bu holatni nafaqat 
tangalardagi yozuvlar va epigrafikalar, hattoki podsholarning nomlari 
ham isbotlaydi
10

Undan so‘ng Baqtriyaga xioniylar va eftaliylar kirib kela bosh-
laydilar. Eftaliylar podsholarining tangalarida baqtriya tilidagi yozuvlar 
saqlanib qolgan. Biroq endi baqtriya yozuvi kursivlashib tez va ravon, 
harflar o‘zaro ulanadigan shaklga kirgan. Shu asosda eftaliylarning 
Toxariston viloyatlarida eftaliy yozuvli o‘rta bosqich eroniy lahjasiga 
xos til tarqala boshlagan. Bu taxminni VII asrning 30-yillarida Toha-
ristonga kelgan xitoy ziyoratchisi Syuan Szyanning ma’lumotlari ham 
tasdiqlaydi. Bu ma’lumotni baqtriya tili va yozuvi haqida yozgan barcha 
olimlar (V.V.Bartold, V.A.Livshis) ham ma’qullaydilar. Toxariston tili 
tarkibiga ko‘ra, boshqa podsholiklarning tillaridan biroz farq qiladi. 
Toxariston yozividagi harflar soni 25 ta bo‘lib, gorizontal chapdan 
o‘ngga qarab yozilgan. Bu tilda adabiy asarlar sug’d tiliga nisbatan 
ancha ko‘p yozilgan. Toxariston yozuvi alifbosi yunonlardan kelib 
chiqqan bo‘lishi mumkin hamda bu yozuv Toxaristondan tashqari Bomi-
                                                 
10
Hozir bu masalada muqobil fikr bor: kushonlar davrida davlat mahkama ishlari 
Baqtriya mahalliy tilida olib borilgan. Podsholar sulolasi etnik jihatdan proto-
turkiy qabilalardan bo‘lgan (M.Is’hoqov.). 


 
38
yon, Shug‘non, Chitro’l va boshqa qo‘shni viloyatlarda ham qo‘llanil-
gan. Syuan Szyan xabarlari ham shuni ko‘rsatadi.  
Baqtriya yozuvining va shu bilan birga Baqtriyadagi sharqiy eroniy 
lahjalarining fors-tojik, dariy va turkiy tillar ta’sirida Baqtriya hududidan 
siqib chiqarilishi arablar bosqinidan so‘ng kuchayib ketgan. Oqibatda 
qadimgi baqtriya tiliga yaqin bo‘lgan sharqiy eroniy til faqat 
Baqtriyaning sharqiy viloyatlarida – uzoq va umumiy til vaziyatidan 
chetda qolgan tog‘li Munjan vodiysida, Hindiqush va Pomir tog’laridagi 
kichik vodiylardagina saqlanib qoldi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling