“Muraqqayi Mir Alisher” yoki “Majmua’yi murosilot (“Mak-
tublar to‘plami”)” – o‘z davrining nufuzli ruhoniylari – Abdurahmon
Jomiy (1414-1492), xo’ja Ubaydulla Axror (1404-1492), xo’ja Axror-
ning o‘g‘li xo’ja Muhammad Yaxyo (1500 yili o‘ldirilgan), xo‘ja
Axrorning safdoshi va kuyovi Mir Abdulavval Nishopuriy (1495 yili
vafot etgan) va boshqalarning Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469),
Sulton Husayn Mirzo va Alisher Navoiyga yo‘llagan maktublarini o‘z
ichiga oladi. To‘plamga Abdurahmon Jomiyning 334 ta xatlari kiri-
tilgan bo‘lib, ular shaxsiy mazmunda bitilgan xatlar hisoblanadi. Xo‘ja
Axrorning maktublari esa 128 ta bo‘lib, ular mazmunan Abdurahmon
Jomiy xatlariga o‘xshashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |