lapidar yozuv – matnda harflarning o‘zaro bog‘lanmagan holda
yozilishi
Maktuboti Temuriya – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akade-
miyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida 2278 raqam
ostida saqlanayotgan maktublar majmuasi. Majmua 191 varaqdan
iborat bo‘lib, XVI asrda kitobat qilingan.
“Maktuboti Allomiy” – “Maktuboti Abulfazl”, “Inshoyi Abul-
fazl” (“Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan va (ko‘chirilgan) mak-
tublar”)i deb ham ataladi. Maktublarning asosiy qismi Boburiylar
saltanati (1526-1858)ning atoqli podshohlaridan Jaloliddin Akbar
(1556-1605) nomidan, bir qismi vazir va yirik tarixchi olim Abulfazl
ibn Muborak Allomiyning shaxsiy mazmundagi maktublaridan iborat.
To‘plam uch qismga bo‘lingan. Undan bizga uchdan ikki qismi, ya’ni
ikkita daftar yetib kelgan. U Allomiyning qarindoshi Abdusamad ibn
Afzal Muhammad tomonidan tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |