Arxivshunoslik – arxivlar haqidagi fan bo‘lib, arxiv ishining tari-
xi, arxiv faoliyatining vazifalari va xarakteri, ularni komplektatsiya
qilish tamoyillari va arxiv hujjatlaridan foydalanishni o‘rganadi
Arxivarius – arxiv xodimi
Baqtriya yozuvlari – Kushonlar davrida shakllangan boxtar yozuvi
ijtimoiy va madaniy hayotning hamma sohalarida keng qo‘llangan.
Baqtar yozuvi orqali bizgacha ko‘plab noyob hujjatlar yetib kelgan. Ku-
shonlar saltanati davriga qadar davlat mahkamachiligida yunon alifbo-
sidan foydalanilgan bo‘lsa, Kanishka davrida islohot ro‘y berib, yunon
alifbosi boxtar tiliga moslashtirilgan. Kanishka davri tangalaridagi
yozuvlar boxtar tilida yozila boshlangan. Monumental yodgorliklarda
ham boxtar yozuvi na’munalari uchraydi, jumladan, Ayritomdan topil-
gan buddaviy haykallar guruhi tag kursisidagi hamda Surx Ko‘tal ibo-
datxonasidagi toshga o‘yilgan xotirot bitigi ham shu tilda yozilgan.
Beresta – qayin yoki terak po‘stiga yozilgan matn.
Do'stlaringiz bilan baham: |