O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

Tayanch iboralar:   Milliy arxiv fondi, “Arxivlar to‘g‘risida” 
Qonun, “O‘zarxiv”, “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni, ilmiy-ma’lumot apparati (IMA). 
 
O‘zbekiston mustaqillikga erishgach jamiyatimizning barcha so-
halarida, jumladan arxiv ishini rivojlantirish sohasida ham tub o‘zga-
rishlar sodir bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan 
jamiyatni barpo etish borasida, davlat mulkini xususiylashtirish, ko‘p 
ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, ishlab chiqarish korxonalari va 
xususiy biznesni rivojlantirish natijasida nodavlat arxiv fondlari tash-
kil qilindi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, 
kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamg‘armalari, siyosiy partiya-
lar va harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari nodavlat arxiv fon-
dini tashkil qildi. Davlat va nodavlat arxiv fondlari O‘zbekiston Res-
publikasi Milliy arxiv fondi (O‘zMAF)ga aylantirildi. O‘zR Milliy 
arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjatlar egasi-
ga, tashkilotga maxsus guvohnoma berish joriy etildi.  
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarning shaxsiy 
tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash maqsadida respub-
lika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib 
bo‘yicha idoralararo arxivlar soni ortdi.  
O‘zbekiston Respublikasi hukumati arxiv ishi bo‘yicha Qonun va 
me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi. 1999-yil 15-aprelda O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy Majlisi “Arxivlar to‘g‘risida” Qonun va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999-yil 30-oktyabrda “Arxiv ishi 
bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 482-sonli Qaror 
qabul qildi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zbekiston Res-
prublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida Nizom”, “O‘zbekiston Res-
publikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
tartibi”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 


 
137
Bosh arxiv boshqarmasi (“O‘zbosharxiv”) to‘g‘risida Nizom”, “O‘z-
bekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, kor-
xonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to‘g‘risida Na-
munaviy nizom” tasdiqlandi. Bu hujjatlar respublika arxiv idoralarini 
mustaqilligini, erkinligini qonuniy yo‘l bilan rasmiylashtirdi. 
Respublikada arxiv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ar-
xivlar to‘g‘risidagi Qonunni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish 
ehtiyojini yuzaga keltirdi. Natijada 2010-yil 15-iyunda “Arxiv ishi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonun-
da arxiv muassasasi, idoraviy arxiv, arxiv hujjati kabi o‘ziga xos insti-
tutlar mohiyati amaliyotga mos ravishda ajratilib, har birining haq-
qoniy tushunchasi yoritib berilgan. Bundan tashqari, unda MAF va 
davlat arxivlari qatori nodavlat arxivlar, idoraviy arxivlar, shaxsiy 
arxiv hujjatlari tarkibida ham butlanishi, hisobga olinishi, saqlanishi 
va ulardan foydalanishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini boshqarishni yanada 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi 49-sonli Qaroriga ko‘ra “O‘zbosh-
arxiv” “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
“O‘zarxiv” agentligiga aylantirildi. Joylarda hokimliklar arxiv bo‘lim-
lari o‘rniga Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tashkil qilindi. 
Mustaqil O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida 
ko‘plab xususiy, nodavlat tashkilotlar, korxonalar va ularning arxiv 
fondlari vujudga keldi. Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi ularning 
mulki hisoblanadi.  
Davlat va nodavlat korxonalari arxivi fondi hujjatlarini saqlash 
uchun hujjatlar saqlaydigan joylarning mavjudligi va undagi talab 
darajasida shart-sharoitning bo‘lishi muhim sanaladi. 1996-yilga qadar 
respublikada faqat 9 ta davlat arxivlari uchun maxsus qurilgan bino 
mavjud bo‘lgan. 68 ta davlat arxivlarining binolari hujjatlar saqlash 
uchun moslashtirilgan binolar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi hujjatlar 
bilan to‘lgan va idoraviy arxivlardan davlat saqlovi uchun hujjatlar 
qabul qila olmas edi. Arxivlarning rejali butlashni ta’minlash uchun 
respublika bo‘yicha 1,5 mln dan ortiq yig‘ma jild saqlanadaigan joylar 
qurilishi lozim edi.  
2008-yil 26-avgustda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston 
Respublikasi arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi 194-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2011-yilgacha arxiv ishini va ish 


 
138
yuritishni rivojlantirish Dasturi hamda Maqsadli mo‘ljallariga davlat arxivlari uchun 
yangi binolar qurish, ta’mirga muhtoj binolarni rekonstruksiya qilish kiritildi. 2011-
yilgacha bo‘lgan maqsadli mo‘ljallariga muvofiq 2008-2011-yillar davomida 18 ta 
markaziy davlat arxivi, viloyat davlat arxivlari hamda uning filiallariga qo‘shimcha 
arxiv saqlovxonasi qurish, 2 ta davlat arxivi va uning filialiga qo‘shimcha arxiv 
saqlovxonasi ajratish ishlari amalga oshirilishi belgilandi. 
Mustaqillik yillarida MAF hujjatlarini butlash hamda saqlash va 
ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, saqlovxonalarni havoni 
mo‘’tadillashtirish tizimi, yong‘inni o‘chirish va yong‘inga qarshi 
signalizatsiyaning zamonaviy tizimi, binoda va o‘quv zallarida peri-
metral nazorat va video kuzatish tizimi, metall stellajlar bilan, yig‘ma 
jildlarni kartonlashtirish uchun qutilar, davlat arxivlarini noyob va 
alohida qimmatli hujjatlarni restavratsiya qilish, konservatsiya qilish 
va ehtiyot nusxalari ko‘chirish uchun yuqori texnologiyali asbob-
uskunalar bilan jihozlashga e’tibor qaratilmoqda.  
Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi O‘zbe-
kiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hisobla-
nadi. Uning tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahri hududiy boshqarmalari, ularning qaramog‘idagi dav-
lat arxivlari (ularning filiallari) hamda markaziy davlat arxivi kiradi. 
O‘zbekiston davlat arxivlarida hujjatli axborotlar bilan ta’minlash 
uchun O‘zR Milliy arxiv fondi (MAF) tarkibi va mazmuni to‘g‘risida 
ilmiy-ma’lumot apparati (IMA) barpo qilindi. Davlat arxivlarining 
IMA tarkibiga quyidagi ma’lumotnomalar kiradi: 1) arxiv ro‘yxati 
(opislar); arxiv bo‘yicha yo‘lko‘rsatkich (putevoditel); 3) viloyat 
arxivi bo‘yicha qisqacha ma’lumotnoma; 4) fondlar katalogi; 5) tizim-
li, ismli, mavzuli kataloglar; 6) fondlar va mavzular bo‘yicha sharhlar. 
Viloyat davlat arxivlari filiallarida fondlar katalogi va ro‘yxatlar, 
viloyat davlat arxivlarida bulardan tashqari arxiv fondlari bo‘yicha 
qisqacha ma’lumotnoma va tizimli katalog. Markaziy davlat arxiv-
larida IMAning barcha turlari albatta bo‘lishi kerak. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 80 dan ortiq davlat 
arxivlari bo‘lib, ularda 6 mln. yig‘majildlardan ziyod hujjatlar asrab-
avaylab saqlanmoqda. Bu hujjatlardan turli sohalar bo‘yicha tadqi-
qotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy, madaniy-ma’rifiy 
izlanishlarda keng foydalanmoqda. 
Hozirgi kunda jahonda globallashuv jarayoni jadallashgan, 
axborot-texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga jadal 


 
139
kirib borayotgan davrda O‘zbekictonda arxiv ishini yanada 
takomillashtirish masalasi asosiy vazifa bo‘lmog‘i kerak. Zero, arxiv 
ishida yangi informatsion texnologiyalarning tadbiq etilishi hujjatli 
ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini kengaytiradi, arxiv 
hujjatlarini qidirib topishning yangi usullari yaratilishini talb qiladi.  
 Arxiv ishini axborotlashtirish bu informatika fanining nazariy 
va amaliy ishlanmalarini arxiv ishiga tadbiq etish yordamida arxiv 
hujjatlariga ishlov berish texnologiyalari takomillashtirishni, 
arxivlarni saqlash imkoniyatlarini qidirib topishni talab etmoqda.    
Bugungi kunda O‘zbekiston arxivlari ish suratini yanada 
jadallashtirish maqsadida rivojlangan Yevropa davlatlaridagi 
hujjatlarni arxivlashtirish uslublarini o‘rganib chiqish va ularni 
saqlash choralarini izlab topishni talab etmoqda. Shu madsadda 
Yevropa ittifoqi institutlari va organlarining arxivlar xizmati, 
arxivdagi ish jarayonlari va arxivlarni manbalar bilan ta’minlash 
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami ortib bormoqda. 
XXI asrdagi zamonaviy ijtimoiy boshqaruvdagi tezkorlik, 
axborotlarning o‘sib borishi, elektron hukumatning oldinlab ketishi
raqamlashtirish va yangi texnologiyalarning joriy etilishining 
zaruriyati bo‘yicha o‘zgarishlar shiddat bilan davom etmoqda. 
Yevropa ittifoqi a’zolarining ko‘payishi ma’muriy boshqaruv 
madaniyatini tizimlashtirishni talab etadi.  
Bugungi kunda yer yuzining ko‘pgina davlatlarida elektron 
hujjatlarni boshqarish va saqlash doirasida ko‘pgina ishlar amalga 
oshirilgan. Elektron hujjatlarning huquqiy-normativ asoslari ham 
shakllangan. Elektron hujjatlarni tadbiq etishning ba’zi muammolari 
xalqaro darajada, boshqalari esa davlatning ichki doirasida hal etiladi. 
Elektron hujjat aylanishini amalga oshirish uchun kelajakda dasturiy 
ahamiyatga ega bo‘ladigan normativ hujjatlarning qabul qilinishi talab 
etiladi. Ushbu narmativ hujjatlar orqali elektron hujjatlar aylanishi, 
saqlanishi, qo‘lga kiritilishi, ulardan foydalanish qoidalari va ishning 
boshqa ko‘pgina jihatlari tartibga solinadi.   
Shundan kelib chiqib, arxiv xizmatlarini uyg‘unlashtirish 
maqsadida o‘quv kurslari yoki ish yuritishni o‘rganish bo‘yicha 
dasturlarni ishlab chiqish taklif qilinadi. 
Hozirgi kunda katta o‘zgarishlar bo‘layotgan dunyoda 
yashayotgan ekanmiz, bu o‘zgarishlar talabga javob beradigan va 
uzoq muddat davomidagi arxiv hujjatlarini saqlashga va arxiv 


 
140
me’rosidan foydalanishda ba’zi xavf xatarlarni tug‘dirishi 
mumkinligini e’tibordan qochirmaslikni talab qiladi. Zero, ochiq 
xildagi arxivlarga tabiiy ofatlar va boshqa fojeaviy holatlarning 
yetkazishi mumkin bo‘lgan ziyonlarning oldini olish hamda shikast 
yetgan arxiv hujjatlarini tiklash texnologiyalarini yaratishni talab 
etadi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling