Podshohlik yerlari – hukumatga qarashli yer-suv, mulki podsho-
hiy, mulki sultoniy va mamlaka deb ham ataladi.
Mixrdatkirt – Parfiya davlatining markazi Mixrdartkirt.
Potxi – pal’ma daraxti bargidan yozuv materiali sifatida keng
foydalanilgan. Bunday yozuv materiallari potxi deb atalgan.
Sadr – Buxoroi sharifning ichkari qismida joylashgan vaqflarning
hisob-kitobi bilan shug‘ullanuvchi mansabdor.
Sayfiddin Boxarziy – Buxoro shayxi Sayfiddin Boxarziy XII
asrning ikkinchi yarmida Xuroson viloyati Boxarz degan joyda taval-
lud topgan. Hirot va Nishopur shaharlarida dastlabki diniy-huquqiy
bilimlarni olgan. Keyinchalik u Xorazmga keladi va mashhur
Najmiddin Kubroga murid tushadi. Boxarziy undan diniy falsafiy
bilimlarni chuqur o‘rganib, shayx bo‘lib yetishadi. Sayfiddin Boxarziy
ustozi Najmiddin Kubroning tavsiyasi bilan Buxoroga jo‘naydi. U
Buxoroda 40 yilga yaqin yashagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |