O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

Skifat  so‘zi tanga yuzasida maxsus yumaloq muhra yordamida 
hosil qilingan botiqlik ma’nosidagi atama. 
Suza arxivi – Fransuz arxeologlari tomonidan Suzadagi akropol-
da qazish ishlari davrida elam xo‘jalik hujjatlari arxivi topilgan. Bu 
hujjatlar fanga Suza arxivi nomi bilan kirgan
.
 Matnlar sanasi 
ko‘rsatilmagan, lekin mazmuniga ko‘ra, ular ilk ahmoniylar davriga 
(Kir II podsholigi davriga) taalluqli bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi.  
Surx-Ko‘tal yodgorligi – 1957-yilda boxtar tilidagi “Katta Surx-
Ko‘tal yozuvi” ochildi. Topilgan yozuv to‘liq saqlangan 25 qatordan 
iborat toshtaxta edi. Surxko‘tal yozuvi “qurilish”, “barpo etish” haqida 
ekanligi aniqlangan.  
Sug‘d tilidagi manbalar – asosan IV-X asrlarga oid bo‘lib, turli 
mazmundagi huquqiy hujjatlar – ahdnomalar, nikoh haqidagi shartno-
malar, oldi-sotdi hujjatlari, tilxatlar, Sug‘d, Shosh, Turk va Farg‘ona 
hukmdorlari o‘rtasidagi yozishmalar, xo‘jalikning kundalik faoliyatiga 
oid hujjatlar, masalan

xarajatlar yozilgan hujjat hamda farmonlardan 
iborat. Bu hujjatlar Sug‘diyonaning o‘zidan, Mug‘ qal’asidan, Samar-
qandda Afrosiyobdan, Qirg‘iziston va Sharqiy Turkistondan topilgan. 
Taxtacha – xumdonda pishirilgan g‘isht ko‘rinishidagi yozma 
yodgorlik bo‘lib, yuzasiga o‘yib xat bitilgan loy taxtacha. 


 
146

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling