O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

bet harfini faqat lab-lab b tovush uchunh (he) harfidan o‘z tillarida xos 
tovush bo‘lmagani uchun 1) satr oxirida bo‘sh qolgan o‘rinni to‘ldirish; 
2) muannas (ayol grammatik jins) ma’noni ko‘rsatish belgisi qilib 
foydalanishgan. X (xet) harfiga mos tovush bo‘lmagani uchun undan 
sug‘dchada deyarli foydalanilmagan. Xut faqat geterografik oramiycha 
AXR – o‘zagida “so‘ngra, undan so‘ng” ma’nolari uchun ishlatilgan. 
Sug‘d tilida portlovchi d tovushi bo‘lmagan. Shu sababli oramiycha dol 
harfi sug‘dcha matnlarda yo‘q. Lekin sug‘dlar alifbo qatorida dol harfi 


 
16
bo‘lganini bilishgan. Buni VII asr oxiri VIII asr boshida Panch shahri 
saroy maktabi (dabiriston)da ta’lim olgan o‘quvchining sopol parchasi-
dagi mashq uchun yozgan alifbosida dol harfi borligi tasdiqlaydi. 
Bundan tashqari sug‘d tilida l tovushi bo‘lmagani sababli oramiycha lom 
harfi til oldi sirg‘aluvchi th kabi tovushning jarangli va jarangsiz variant-
larini ifodalagan. Sug‘dlar keng xalqaro munosabatlar doirasi bilan faol 
bog‘liq bo‘lganlari, shu tufayli o‘zlari muloqot qilgan xalqlar tilida 
mavjud l tovushini zarur o‘rnida ishlatishga majbur bo‘lishgan. Shu ehtiyoj 
yuzasidan sug‘dlar alifbosida 23 – harf paydo bo‘lgan. Bu harf biror kashfiyot 
emas, balki 12-raqam ostidagi lom harfining takroran yozilishi bo‘lgan. Demak, 
sug‘dlar asl oramiy alifbosidagi lom harfining qaysi tovush uchun ishlatilganini 
bilishgan va bu harfdan qo‘shni xalqlar tilidan kiradigan l tovushli so‘zlarni 
yozishda foydalanishgan. Nihoyat oramiycha tsadde harfi sug‘dcha R (Sh) 
tovushini ifodalashga bo‘ysindirilgan. Oramiycha q (qof) harfi ham sug‘dchada 
tovush ifodasiga ega emas. Qof harfi hozirgacha ma’lum sug‘dcha matnlarda bir 
martagina (“Eski xatlar” nomli IV asrga oid maktublar turkumining V matnida) 
“100” (yuz) raqamini ifodalash uchun ishlatilgan. 
Arab yozuvi bosqichida ham qadim ajdodlarimiz yozuv mada-
niyatining peshqadamlari qatorida bo‘lishgan. Yetib kelgan kitobat 
yodgorliklarida, epigrafik obidalarda o‘lkamiz hattotlari qo‘li bilan 
o‘yilgan, koshin parchalaridan yig‘ilgan naqshin bitiklar arab xatining 
turli grafik usullari va husnixat shakllarida bajarilgan. Ayniqsa, ko‘p 
foydalanilgan xat turlari ko‘fa va uning variantlari, nasta’liq, suls va 
shikasta shakllaridir. Bulardan tashqari arab yozuvi epigrafik yod-
gorliklari orasida ko‘p turli muhra naqshin bitiklar usulidan ham 
foydalanilgan. Ular imorat peshtoqlari, ustunlari va burchak naqshlari-
dir. Gumbaz ostidan roviy yozuvlarda va imorat dekorativ yozuvlarida 
asosan Qur’on va Hadis matnlaridan ibratli parchalar bitilar edi. 
Umuman imorat bezak yozuvlarining g‘oyaviy asosi devorlar 
yuzasidagi “al-mulk lillah” jumlasiga qo‘shimcha dek hisoblanadi. 
Arab yozuvining kitobiy husnixat turlari ham bir qancha. Kitoblar nasx, ta’lik, 
nasta’liq, suls kabi mashhur xatlar bilan bitilgan. Ularning boshlov lavhalarida 
ko‘pincha ko‘fa yozuvining badiiy turlaridan hamda shikasta usulidan foydalanilgan. 
Markaziy Osiyoda arab yozuvining VIII asrdayoq faol o‘zlash-
tirilishi va mahalliy tillarga modifikatsiya qilingan alifbolarning tezda 
shakllanishi bejiz hodisa emas edi. Buning ostida ajdodlarimizning 
salkam uch ming yillik yozuv an’analari va madaniyati yotar edi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling