O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
Qo‘qon xonligi arxivi 1939-yilda Sankt Peterburgdagi Saltikov-Shedrin nomidagi Davlat xalq kutubxonasi yerto‘lasidan Qo‘qon xonlari arxivi hujjatlari topilgan. Bu hujjatlar Qo‘qon xonlarining XIX asr tarixiga taalluqli bo‘lgan. Maz- kur hujjatlar Qo‘qon xonligi Rossiya tomonidan egallanganidan so‘ng 1876-yilda imperatorning Markaziy kutubxonasiga ko‘chirilgan edi. O‘sha paytda Turkiston general-gubernatori K.P.Fon Kaufman buyrug‘i bilan arxiv A.L.Kunga topshirilgan edi. A.L.Kun Qo‘qon xonlarining arxivi bilan shug‘ullanmagan, ehtimol u yetkazib beruvchi bo‘lgan. Arxiv hujjarlari Sankt Peterburgga yuborilishidan oldin Qo‘qon va Toshkentda o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda bo‘lgan N.N.Pantusov tanishib chiqqan edi. U Qoqon arxiv hijjatlari to‘g‘risidagi qisqacha xabarni “Qo‘qon xonlarining arxivi” nomli maqolasida “Туркестанские ведомости” gazetasining 1876 yildagi 12-sonida e’lon qiladi. N.N.Pantusovning yozishicha, arxivda muhim hisoblangan statistik ma’lumotlar, ya’ni masjid va madrasalarning vaqf yer egaligi, soliqqa tortish va soliq solish, soliqdan ozod qilingan shaxslar, harbiy ishlar (quro’l turlarining ro‘yxati, quro’l quyish xarajatlarining ro‘yxati, harbiy xizmatdan qochganlarning ro‘yxati), harbiylarning va boshliqlarning 111 Йўлдошев М.Г. XIX аср Хива давлат ҳужжатлари. –Т.: Фан, 1960. –Б. 19. 120 xarajatlari va daromadlarining ro‘yxati, xon qabul qilgan sovg‘alarning ro‘yxati va boshqalar mingga yaqin “daftarlar”da saqlanib qolgan. N.N.Pantusov yana shuni ta’kidlaydiki, 1875-yil Qo‘qon xonligida bo‘lib o‘tgan g‘alayon tufayli arxivning ko‘pgina qismi Qo‘qonning so- biq amaldorlari tomonidan o‘g‘irlangan, hujjatlar aralashib, ayrim qism- lari shikastlangan, buzilgan, ko‘p o‘ramlarning boshi va oxiri yo‘qolgan. Markaziy davlat kutubxonasida bor yo‘g‘i 151 o‘ram bo‘lgan. Ehtimol o‘ramlarning to‘liq qismi Sankt Peterburgga yetib kelmagan, ularning ko‘p qismi muhim material sifatida Toshkentda qoldirilgan bo‘lishi mumkin. Qo‘qon xonlarining arxivi uzoq vaqtgacha tadqiqotchilarga ma’lum bo‘lmagan. Nihoyat, 1939-yil Qo‘qon xonlarining arxivini saralash paytida P.P.Ivanov hujjatlarning muhim miqdori tojik tilidaligi, kelib chiqishi Qo‘qon arxividan bo‘lganligini eslatib o‘tadi. 1951-yilda esa M.Yu.Yuldashev ta’kidlaydiki: “Arxiv hujjatlarini saralash paytida Markaziy kutubxonada shuni aniqladikki, Xiva xonlarining arxivi qatori- da Qo‘qon xonlarining mashhur arxivi ham bor edi...” 112 . Qo‘qon xonlari arxivi 1962 yilda O‘zSSR arxiv boshqarmasiga jo‘natiladi, arxiv hujjatlarining mikrofilmlari Leningradda M.E.Saltikov-Shedrin nomli davlat kutubxonasida va SSSR FA Osiyo xalqlari instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. A.L.Troitskaya tomonidan Qo‘qon xonlari arxivi katalogi tiziladi va 1968 yilda nashr qilingan 113 . Katalogda 5 ming atrofidagi hujjatlar jamlangan. Hujjatlar asosan XIX asrning 40-70-yillariga taalluqli bo‘lib, ularda xonlikning bu davrdagi xo‘jalik hayiti aks etgan. Katalog sistemali tartibda bo‘limlarga bo‘lingan, ismlar va geografik nomlar ko‘rsatkichlari hamda atamalar izohlari bilan ta’minlangan. Arxivni saralash va qayta ishlash 1952-yilda boshlangan. Arxiv nihoyatda achinarli ahvolda edi. Faqat ayrim muhrlangan to‘plamlar- dan tashqari barcha hujjatlar aralashib ketgan, ehtimol hujjatlar shun- day holda xon xazinasida saqlangan. Ayrim hujjatlar g‘ijim bo‘lgan, 112 М.Ю.Юлдашев, Новый архивный источник по истории Средней Азии. – Краткая сообщения института востоковедения АН СССР. № 1, 1951, –С. 37. 113 Троицкая А.Л. Каталог архива кокандских ханов XIX века. М., Наука. 1968. 121 ayrimlari yirtilgan, ayrimlari esa zich taxlanib ipdan o‘tkazilgan, (huj- jat saqlashning bir turi) ayrimlari kir bo‘lib ketgan. Hujjatlarni qayta tiklab, uni tozalash Markaziy kutubxonaning qayta tiklash bo‘limi xodimi Ye.X.Trey va uning yordamchisiga top- shirilgan. Bu ish ikki yil davom etgan (5026 varaq va 151 am). So‘ng ularni saralab, tartibga solish va tavsiflash kerak edi. Arxiv hujjatlarini saralab tartibga solish paytida uning qisqa xronologik chegarasi aniqlangan. Hujjatlarning aksariyat qismi Xudo- yorxon hukmronligining uchinchi davriga to‘g‘ri keladi, ya’ni 1866- 1875-yillar. (Xudoyorxon taxtni 1845-1858, 1862-1863, 1866-1875- yillarda uch marotaba qayta idora qilgan). Xuddi shu xronologik sana- larni N.N.Pantusov yuqorida ta’kidlab o‘tgan. Arxiv hujjatlarini sinchiklab tekshirilgan paytda yana shu ma’lum bo‘ldiki, hujjatlarda Sheralixonning (1842-1845) hukmronlik yillari, Xudoyorxonning otasi, Mallaxonning (1858-1862) hukmronlik yillari va Xudoyorxonning tutingan akasi haqida ma’lumotlar topilgan. Hujjatlarning asosiy qismi 60-yillar boshi va 70-yillarni o‘z ichiga oladi. Hujjatlarning chorak qismi sanalashtirilmagan. Qo‘qon xonligining ichki va tashqi siyosatini tilga olmagan holda (chunki kam o‘rganilgan) shuni aytish mumkinki, 1845-1875-yillar eng qiyin siyosiy davr bo‘lgan. Bu davrda Buxoro amirligi bilan urush olib borilgan, xonlik mustaqilligiga tahdid solgan Qo‘qon xonligi mu- him strategik ahamiyatga ega bo‘lgan O‘ratepani bo‘ysundirish uchun ko‘p urinishlar qilgan. Bu davr ichida xonlik rus armiyasi egallagan va 1867-yil Turkiston general-gubernatorligi tashkil topgan ko‘pgina viloyatlardan mahrum bo‘ldi. Xonlikda feodallar va amaldorlar o‘rta- sida kuchli nizolar bo‘lgan, har kim xonlik taxtiga o‘z da’vogarligini qo‘yish istagida bo‘lgan, bu esa ikki marta Xudoyorxonning hukm- ronligiga xalaqit qilgan. Aholi feodallar tomonidan kuchli eksplua- tatsiyaga duchor bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmi O‘rta Osiyo xonliklarida tovar-pul munosabatlari kuchaygan, mustaqillikni saqlash uchun Xudoyorxon imperiyaning hamma shartlariga ko‘ngan, rus savdogarlariga Qo‘qon xonligiga katta yo‘l ochib bergan, bu esa tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga olib kelgan. Yerga xususiy egalik avj olishi va xon o‘z yerlarini kattalashtirishga urinishi kuzatilgan. Xon yerlarni “qo‘riq- xona” deb e’lon qilgan va aholiga yerni ijaraga bergan edi. Xonlikning yoqilg‘i manbai hisoblangan cho‘ldagi yantoqlar ham xonning mulki 122 hisoblangan va qo‘riqchilar tomonidan nazorat qilingan. Qishki yay- lovlar ko‘chmanchi aholiga ijaraga berilgan. Xudoyorxon har xil yo‘l- lar bilan o‘z mulkini ko‘paytirishga uringan, xonlikning qulashi pay- tida uning mulki 7 mln. rublni tashkil qilgan. Xudoyorxon hukmronligining uchinchi davrida soliq tizimi chu- qur ishlab chiqilgan. Xon yangi soliqlar joriy qilgan, masalan, o‘rmon solig‘i, nikohdan tushadigan pul va h.k. Qo‘qon xonlarining arxivi o‘zining mundarijasiga ko‘ra, xo‘jalik hujjatlari hisoblanadi. Unda Xudoyorxonning yer egaligi va yerlardan foydalanish, ayniqsa udel qismlarida, xoss yerlari yoki mirri xususiy yerlar – mulkiyat, ayniqsa qozilarning xonga yoki bekka yer mulk- larini hal qilish murojaatlari, ko‘chmas mulk egaligi va merosni bo‘lish haqida ko‘plab ma’lumotlar bor. Yer hadyalari to‘g‘risida ham ma’lumotlar kam emas: xiroj solig‘i, uy atrofidagi yerlarga-tanobona solig‘i va b. Arxiv materiallariga qarab shuni aniqlash mumkinki, xiroj solig‘ini to‘lashda soliqlardan ozod qilinish shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Undan tashqari soliqlarni kim sarf qilganligi yozilgan (xon, beklar va Arg‘ilon beki Sulton Mu- rod). Qolgan soliqlar va hukumat soliqlari faqatgina ayrim tasodifiy hujjatlarda saqlanib qolgan. Masalan;: zakot solig‘i shunday tasodifiy hujjatlarda saqlangan. Bozor soliqlari, merosni taqsimlashdan kelgan pullarni yig‘ish – tarokona yoki tarikana, nikoh shartnomasini tuzish haqida – nikoxona kabi hujjatlar kam saqlangan. Pantusovning aytishi- cha, bu kabi hujjatlar Qo‘qon xoni qozilik arxivda bo‘lgan, lekin ular muhim statistik material sifatida Toshkentda qoldirilgan. Arxivda yana harbiy ishlar to‘g‘risida (qo‘shin yig‘ish, harbiylar- ni taqdirlash, quro’l ishlab chiqarish) ko‘pgina hujjatlar mavjud. Hujjatlar orasida Xudoyorxonning xususiy xo‘jaligi va xon o‘rdasi to‘g‘risida, qo‘rg‘oshin buloqlar, neft ishlab chiqarish va undan kerosin tayyorlash, xonning g‘isht zavodlari va gugurt ishlab chiqarish to‘g‘risida materiallar bor. Marg‘ilon beki Sulton Murod to‘g‘risida ham ko‘pgina hujjatlar saqlangan. Masalan, uning xo‘jaligi, uning qasri va qasrni qurish usuli, xizmat qiluvchi odamlari, O‘rda aholisi va bekning shaxsiy hayoti. Hujjatlarda uning shaxsiy xo‘jaligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. Ehtimol bu nazorat qilinmagan. 123 Arxiv hujjatlarida Xudoyorxonning (udel yerlari) Qo‘qon yaqini- dagi Yer-masjid yoki Marg‘ilon bekligiga yaqin deb ataluvchi udel yerlari to‘g‘risida ma’lumot bor. Arxiv hujjatlarida yana moddiy madaniyat, ya’ni kiyim, mato haqida ma’lumotlar uchraydi. Bu esa etnograflar uchun qiziqarli ma’lumot hisoblanadi. Va nihoyat arxivda deyarli hech kim o‘rgan- magan va manbalarda berilmagan O‘rta Osiyoning diplomatik masa- lalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar bor. Bu savol kam o‘rganil- ganligini hisobga olib, katalog tuzuvchilarning birinchi ishi arxivda bor bo‘lgan alohida hujjatlarga qisqacha xarakteristika berishdan iborat bo‘ladi. Bu masalan;i o‘rganishning qiyinligi shundaki, arxiv hujjatlarida ularning nomlari belgilanmagan va hujjat matnida kamdan kam tilga olingan terminlarni aniqlashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina hujjatlar analogiya bo‘yicha aniqlangan. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling