O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

Tayanch iboralar:  K.K.Palen, A.L.Kun, P.I.Ivanov, “Buxoro 
Amirining Qushbegi arxivi”, Saltikov-Shedrin nomidagi Davlat 
jamoat kutubxonasi, Xiva va Qo‘qon xonliklari arxivi, 
 
arxiv komis-
siyasi, markaziy arxiv,  fond I-1,  
 
XX asrning 30-yillariga qadar Rossiya tomonidan O‘rta Osiyo 
hududi bosib olinmasdan avval xonliklarda davlat va shaxsiy arxivlar 
umuman bo‘lmagan, degan sayoz fikrlar mavjud edi. Hattoki bunday 
fikrlarni Rossiyaning yetuk tarixchilari V.V.Bartold, A.A.Semenov, 
V.A.Vyatkinlar ham targ‘ib qilishgan edilar. 
Sovet hukumati O‘rta Osiyo xonliklarida shaxsiy va davlat arxivlari 
mavjud bo‘lganmi yoki yo‘qligi bilan qiziqqan. Shu kabi masalalarni 
aniqlash maqsadida o‘lkaga maktublar jo‘natgan. A.A.Semenov 1922-
yilda RSFSR Markaziy Arxivi vakili, Turkiston Respublikasi Arxivlar 
boshqarmasi boshlig‘ining so‘roviga ko‘ra quyidagicha javob yozgan: 
“Sizning O‘rta Osiyoda eski arxivlar bor, yo‘qligi to‘g‘risidagi 
so‘rovingizga shuni ma’lum qilamanki, bu yerda bunday arxivlar 
bo‘lmagan. Umuman musulmon Sharqi va shu qatorda Turkiston 
bizning tushunchamiz bo‘yicha arxivlarni hech qachon bilmagan, chunki 
bu yerda devonxona qoidalari umuman o‘zgacha”. V.Vyatkin ham o‘sha 
so‘rovga quyidagilarni ma’lum qilgan: “Siz mendan xat orqali Turkis-
tonni ruslar bosib olishi paytida bu yerda shaxsiy va boshqa arxivlar bor, 
yo‘qligini so‘rasangiz, men bu masala bilan ilgari ham shug‘ullangan-
man va ma’lumotlar to‘plaganman. Shu ma’lum bo‘ldiki, o‘lkada hech 
qanday shaxsiy arxivlar bo‘lmagan, bundan tashqari davlatga qarashli 
arxivlar va qog‘ozlar ombori ham bo‘lmagan. “Туркестанские  ведо-
мости” gazetasining 1873-yildagi 50-sonidagi musulmon xonliklarida 


 
125
“Davlat arxivlari yoki boshqa bu kabi omborlar yo‘qligi”ni ta’kidlaydi. 
Bu kabi fikrlar bilan kelishib bo‘lmaydi. 
Ma’lumki, O‘rta Osiyo xonliklari Eron, Hindiston hukmdorlari 
bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan, ular o‘rtasida yozishmalar amalga 
oshirilgan. Hattoki xonlar, amirlar, beklar, amaldorlar o‘rtasida ham 
ko‘p masalalar bo‘yicha ma’muriy xat almashuvlar olib borilgan. Har 
bir rasmiy hujjat mansabdor shaxsning mirzosi tomonidan tuzilib
muhr qo‘yilgan. Jo‘natilayotgan hujjatlarga chiqish raqami qo‘yilgan, 
ular hech qaerda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va nusxa olinmagan. Xat 
oluvchi xatni olib o‘sha vaqtdayoq farmoyish bergan. Yoki xatda unga 
javob qaytargan. Olingan hujjat uni unitishmaguncha saqlangan. 
Demak, o‘sha davr ish yuritishiga ko‘ra, devonxona hujjatlarni top-
shirish va qabul qilish bilan shug‘ullangan. 
Ma’muriy-huquqiy hujjatlar ham yuritilgan. Bunday hujjatlardan 
faqatgina vaqf yorliqlari, xon va amir farmonlari, yer solig‘ini hisobga 
olish uchun kadastr yozuvlari saqlanib qolingan. 
Sud ishlari og‘zaki hal qilingan, faqatgina ko‘chmas mulkni oldi-
sotdi shartnomalari yozma holatda tuzilgan, lekin ulardan ham nusxa 
olinmagan, raqamlanmagan va sudlar (qozilarda) da saqlanib qolin-
magan. Bundan tashqari, O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasida sodir bo‘lib 
turadigan o‘zaro urushlar natijasida ko‘p hujjatlar yo‘qolib ketgan 
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday hujjatlarni saqlash uchun 
hujjat omborxonalariga ehtiyoj sezilmagan ko‘rinadi. Xonlar saroylari 
devonxonalarida saqlanayotgan hujjatlar rus amaldorlari tomonidan 
tashib ketilgan, keyinchalik bu qimmatbaho, nodir hujjatlar kolleksiya 
sifatida, sovg‘a sifatida muzey va kutubxonalarga topshirilgan, hatto 
chet ellarga sotib yuborilgan. 
Avvalgi mavzuda ko‘rib o‘tganimizdek, Rossiya tomonidan O‘rta 
Osiyo xonliklari bosib olinishidan avval, Buxoro amirligi, Xiva va 
Qo‘qon xonliklarida davlat ish yuritish an’analari va hujjatchilik 
qadimiy asosga ega ekanligidan xabardor bo‘lgan edik.  
Ma’lumki,
 
1931-yilda Buxoro arkining yerto‘lasidan tartibsiz 
yotgan 77764 dona o‘ram topilgan, bu o‘ramlar arab grafikasida tojik 
tilida yozilgan hujjatlar edi. Bu materiallar keyinchalik O‘zbekiston 
Markaziy davlat tarixi arxiviga topshirilgan. Buxoro Amirining 
Qushbegi arxivi hujjatlari XIX-XX asrning boshlariga tegishli bo‘lib, 
Rossiya siyosiy agentligi bilan ichki va tashqi siyosiy masalalar 
bo‘yicha xat almashuvlari, amirlik mansabdor shaxslar ustidan 


 
126
shikoyatlar, yer solig‘i hujjatlari, jinoyatlarni tergov qilish hujjatlari va 
boshqalardan iborat edi. 
Chor Rossiyasi Xivani bosib olib xon saroyidagi moddiy va ma’-
naviy boyliklarni musodara qilingan. Xon saroyini musodora qilishda 
ishtirok etgan sharqshunos A.L.Kunga uch yuzga yaqin qo‘lyozma 
kitoblar berilgan, har xil hujjatlarni Osiyo muzeyiga ajratilgan, qolgan 
materiallarni general Kaufman Peterburgdagi imperator jamoat kutub-
xonasiga sovg‘a qilgan.
 
Ushbu kutubxona va arxivning keyingi taqdiri 
noma’lum bo‘lib ketgan edi, lekin 1936-yilda sharqshunos P.I.Ivanov 
Leningraddagi Saltikov-Shedrin nomidagi Davlat jamoat kutubxonasi-
ning qo‘lyozmalar bo‘limida qo‘lyozmalar bilan ishlayotganida ro‘y-
xatga olinmagan hujjatlar ichida o‘zbek tilidagi hujjatlarni ko‘rib 
qoladi, hujjatlar Xiva xonligi arxivi ekanligi aniqlangan. Keyinchalik 
hujjatlarning ma’lum bir qismi Qo‘qon xoni arxiviga tegishli ekanligi 
aniqlandi. P.P.Ivanov tomonidan jami bo‘lib 120 dona daftar topilgan, 
bu hujjatlar 1822-1872-yillarga taalluqli ekanligi aniqlangan. 
Qo‘qon xoni arxivi hujjatlari ozroq edi. Sababi, Xudoyorxon saroyi 
talon-taroj qilingan vaqtida hujjatlarning aksariyati o‘g‘irlangan, qolgan-
lari Peterburg va Toshkent jamoat kutubxonasi o‘rtasida bo‘lingan. 
Chor Rossiyasi bosib olgan hududlari hisobidan Turkiston general-
gubernatorligi tashkil qilgan edi. Keyinchalik bu viloyatga beshta Sir-
daryo, Farg‘ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari kirgan. 
Turkiston general-gubernatorligi devonxonasida ko‘pgina hujjatlar to‘p-
lanib qolgan. Hozirda general-gubernatorlik hujjatlari O‘zbekiston Mar-
kaziy davlat arxivida I-1 fondida saqlanmoqda. O‘sha paytda Turkis-
tonda davlat yoki tarix arxivlari bo‘lmaganligi sababli ushbu hujjatlar 
muassasalarning o‘zida saqlangan. Biroq ko‘pchilik tashkilotlarda hujjat 
saqlash uchun xonalar, maxsus ajratilgan binolar bo‘lmagan. Graf 
K.K.Palen Turkiston o‘lkasida 1908-1909-yillarda taftish o‘tkazib, 
devonxonalar uchun qurilgan binolarda arxivlarga ajratilgan xonalar 
kichik ekanligini ta’kidlab o‘tadi, shuningdek ko‘p hujjatlar muassasa 
rahbarlarining buyrug‘iga asosan yo‘q qilinganligi ko‘rsatiladi. 
Rossiya o‘lkalarida arxiv hujjatlariga bee’tibor bo‘lishgan. Oqi-
batda hujjatlarning kerakligigi muddati o‘tgandan so‘ng yo‘q qilingan. 
Rossiya guberniyalarida arxiv hujjatlarini ommaviy ravishda yo‘q 
qilinishiga qarshi kurash maqsadida N.V.Kalachev loyihasi asosida 
1884-yil guberniya rahbarligida arxiv komissiyasi tuziladi. Bu komis-
siyalarning asosiy vazifalari arxiv hujjatlarini to‘plash va saqlanish 


 
127
muddatini aniqlash, ularni shafqatsiz yo‘q qilishdan saqlash va muas-
sasalarda to‘plangan hujjatlarni ko‘rib chiqib, ularning ilmiy qiymatini 
aniqlashdan iborat edi. Lekin komissiya o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa-
larni bajara olmadi, chunki komissiyaga arxivlarga kirish uchun ruxsat 
berilmagan, ularga faqat yo‘q qilish uchun ajratilgan hujjatlarni ko‘rib 
chiqish uchun ruxsat etilgan Mana bunday komissiyalar Turkistonda 
ham tuzilgan edi. 
1899-yil 1-aprelda Moskvadagi imperator arxeologlar jamiyati 
professor D.N.Samokvasovni ma’ruzasiga mulohaza bildirishlari va 
bir necha savollarga javob berishlarini so‘rab barcha arxivlar, arxeog-
raf va olimlar arxiv komissiyalariga murojaat qiladi. Turkistonda arxiv 
komissiyalari bo‘lmaganligi uchun xat arxeologiya xavaskorlari to‘ga-
ragiga yuborilar edi. Bu hujjatlarga to‘garak raisi o‘rinbosari N.Os-
troumov: - “Javob uchun ajratilgan vaqt qisqa bo‘lganligi sababli 
javobsiz qoldiradi”, - deb yozadi. Demak, qissadan hissa shulki, Tur-
kistonda arxiv ishiga talab darajasida ahamiyat berilmagan, va hattoki, 
arxivni so‘rab qilingan murojaatlar ham javobsiz qoldirilgan. 
Turkistonda arxiv ishini tashkil qilish va tartibga keltirish uchun 
faqatgina bir marotaba K.P.Kaufman uringan, u Turkiston general-gu-
bernatorligi devonxonasi boshlig‘iga Toshkentda Markaziy arxiv uchun 
bino qurish haqida 1873-yil oktyabrda farmoyish bergan. Ma’lumki, 
Turkiston general-gubernatorligining siyosiy markazi hisoblangan Tosh-
kentda barcha asosiy ma’muriy va harbiy idoralar joylashgan edi. 
Bu markaziy arxivga barcha muassasa va idoralarning tugatilgan 
ishlari kelib tushishi kerak edi. Kaufman arxivga Toshkent jamoat 
kutubxonasini ham qo‘shishini istar edi. Markaziy arxivni 4 bo‘limga 
bo‘lish ko‘zda tutilgan: 
1. Turkiston general-gubernatorligi bo‘limi hujjatlari
2. Viloyat boshqaruvi, sud va Toshkent yarmarka komitetining 
hujjatlari; 
3. Turk harbiy okrugining shtabi, Okrug harbiy soveti, topog-
rafiya bo‘limi va barcha harbiy bo‘limlar hujjatlari; 
4. Sirdaryo viloyat shtati, komendant boshqaruvi, gospital ishlari 
kelib tushishi kerak edi. Lekin joydagi rahbarlarning bu ishga sovuq-
qonligi natijasida Kaufmanning bu harakatlari 18-avgust 1876-yilda 
to‘xtatilgan. 


 
128
Ma’muriy va harbiy hujjatlarga sovuqqonlik bilan munosabatda 
bo‘linishi, hujjatlarning saqlanish muddati, sharoiti inobatga olin-
maganligi oqibatida ko‘pgina hujjatlar izsiz yo‘qolgan. 
Shunday qilib aytish mumkinki, Turkiston general-gu-
bernatorligida arxiv hujjatlarini saqlash, butlash va qimmatliligini 
ekspertiza qilish hukumat rahbarlarining e’tiboridan chetda qolgan. 
Shuning uchun muassasalarning ko‘p hujjatlari izsiz yo‘q bo‘lib 
ketgan. Etib kelganlarini saqlash maqsadida qirilishi boshlangan bino 
ayrim rahbarlarning mas’uliyatsizligi tufayli to‘xtatilgan. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling