144
Monumental yozuv – yozuv usulidan qat’iy
nazar xotirot maq-
sadida yozib qoldirilgan epigrafik yodgorlik. Monumental yozuvlarga
belgilarning o‘zaro
ulanmasligi, harflarning burchakli (qirrali) va
dumaloq shaklda yozilishi xos bo‘lib, bu so‘zlarni o‘qishda yengillik
tug‘diradi.
Mulki xurri xolis – soliq va boshqa to‘lovlardan ozod etilgan
yer-suv.
Mug‘ tog‘i sug‘d hujjatlari – 1932-yil bahorida Tojikiston SSR
Zahmatobod tumani Xayrabod qishlog‘i yaqinida Mug‘ qal’asi qo‘r-
g‘onining xarobalaridan to‘qilgan hujjatlar.
SSSR FA
professori
A.A.Freyman boshchiligidagi ekspeditsiyaning izlanishlari natijasida
jami 79
ta hujjat topilgan, shundan 74 tasi sug‘d tilida, 1 tasi arab
tilida va 3 tasi xitoy va yana biri turk tilida bo‘lgan.
Ular turli
materiallarga – charmga, taxtaga va qog‘ozga yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: