O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Soyibov Abdumalik Kurs ishi
Xulosa
: Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish: Byudjet tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar byudjet tashkiloti hisob tizimini takomillashtirishga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2018 yilning asosiy yakunlari va 2019 yilda
O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida: “Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.” 1 -deb takidlaganlari barchamizga birdek masuliyat yuklaydi. Prezident 9.12.2019 yildagi “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-son Qonunni imzoladi. “Bu kabi hujjat Oʻzbekistonda birincha marta qabul qilinmoqda. U barcha darajadagi davlat boshqaruvi sektorlarining byudjet javobgarligini oshirish, byudjet ijro intizomini mustahkamlash, byurokratiyani qisqartirish imkonini beradi, shuningdek mahalliy hokimiyatlarga koʻproq erkinlik beradi. Byudjet tizimi barqarorligini kafolatlaydigan harakatlar rejasi belgilandi. Agar byudjet tizimi byudjetlarining 6 oylik yakunlari boʻyicha daromad prognozlarining bajarilmagan va joriy moliya yilining oхirigacha ularning kelib tushishiga doir yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollardada, хarajatlar qisqartiriladi. Davlat (Hukumat) nomidan yoki kafolati ostida olinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmlari 2020 yil davomida $4mlrd ni tashkil etib, ulardan $1,5 mlrd – oʻzlashtirish (хarajatlar). Davlat byudjeti ijrosi, ajratilayotgan byudjet mablagʻlaridan foydalanish va erishilgan natijalar toʻgʻrisida hisobot berish meхanizmi joriy etilmoqda. Bundan tashqari, Byudjet kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
1
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasi. http://uz.fundamental- economic.uz Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunlarga tuzatishlar toʻplami qabul qilindi, ular yuqorida bayon etilgan barcha yangiliklarni aks ettiradi va qonun hujjatlarini Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunga muvofiqlashtiradi.” 2
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil va keying yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi zarur bo’lgan dasturiy va maqsadli vazifalar to’g’risidagi nutqida shunday deb takidlagan edi: “Byudjet mablag’larining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan, nazoratni yanada kuchaytirish zarur. Joriy yilda davlat tashqi qarzining yuqori chegarasini belgiladik. Bundan buyon xalqaro moliya tashkilotlaridan olinadigan mablag’larni qaytarish imkoniyati va ularning natijadorligiga jiddiy e’tibor qaratiladi.” 3
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir” 4 , shuningdek, “Davlat byudjeti o’lchovsiz emas, mablag’larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo’lmaydigan xaqiqat” 5 deb ta’kidlanishi, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetining samarali ijrosini ta’minlashning g’oyat dolzarbligini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir.
2
OʻRQ-589-son Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 10.12.2019 yildan kuchga kirdi.
3 www.gazeta.uz 4 Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. 8-b. 5 Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. 31-b. |
ma'muriyatiga murojaat qiling