1. Tovar moddiy zaxiralar hisobi nazoratining maqsadi, vazifalar va
manbalari
Tovar moddiy zaxiralari nazoratining maqsadi – tashkilotlarda bunday
zaxiralar xajmini asosli tashkil qilinganligi, ya’ni umumiy mablag’lar tarkibidagi
ularning ulushi miqdorini to’g’riligini aniqlash, bunday mablag’larning saqlanishi,
sarflanishi va harakatini buxgalteriya hisobida to’g’ri va aniq aks ettirilishini
tekshirishdan iborat.
Yuqoridagi maqsadni sifatli amalga oshirish uchun bunday nazorat ma’lum bir
ketma-ketlikda tashkil qilinishi zarur, ya’ni:
- tovar moddiy zaxiralariining funksional vazifasiga qarab ularni to’g’ri
sinflashtirilishi va iqtisodiy guruhlashtirilishini aniqlash;
- iqtisodiy asoslangan va rotsional holda baholanishi;
- xom-ashyo va materiallarni saqlanishi va sarflanishida progressiv
texnikiqtisodiy me’yorlar tizimining qo’llanishi;
- tovar moddiy zaxiralarii nomenklaturlarini belgilashda aniq kodlar tizimining
qo’llanilishi;
- aniq va asosli moddiy javobgarlik tizimining qo’llanilishi.
6
6
“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“gi Yo‘riqnoma
Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchulik sotish maqsadida
normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab
chiqarish jarayonida mavjud bo'lgan, shuningdek mahsulot ishlab
chiqarish, ishlami bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida
yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish
uchun foydalani- ladigan moddiy aktivlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |