O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Soyibov Abdumalik Kurs ishi
Xulosa: Byudjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralar hisobini o’rganib, bu borada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini ochib berishga harakat qildik, xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan tovar- moddiy zaxiralarining qiymati kamomad chiqqan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga teng yoki kam bo‘lsa, ushbu tovar-moddiy zaxiralar belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinishi maqsadga muvofiqdir. Mavzuni yoritish jarayonida shunday xulosaga keldikki, Tovar moddiy zaxiralari nazoratining maqsadi – tashkilotlarda bunday zaxiralar xajmini asosli tashkil qilinganligi, ya’ni umumiy mablag’lar tarkibidagi ularning ulushi miqdorini to’g’riligini aniqlash, bunday mablag’larning saqlanishi, sarflanishi va harakatini buxgalteriya hisobida to’g’ri va aniq aks ettirilishini tekshirishdan iborat. Yuqoridagi maqsadni sifatli amalga oshirish uchun bunday nazorat ma’lum bir ketma-ketlikda tashkil qilinishi zarur degan xulosaga keldik, ya’ni: - tovar moddiy zaxiralariining funktsional vazifasiga qarab ularni to’g’ri sinflashtirilishi va iqtisodiy guruhlashtirilishini aniqlash; - iqtisodiy asoslangan va rotsional holda baholanishi; - xom-ashyo va materiallarni saqlanishi va sarflanishida progressiv texnik- iqtisodiy me’yorlar tizimining qo’llanishi; - tovar moddiy zaxiralarii nomenklaturlarini belgilashda aniq kodlar tizimining qo’llanilishi; - aniq va asosli moddiy javobgarlik tizimining qo’llanilishi. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart. Byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish zarur. Byudjet hisobidan mablagʻ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor koʻrsatkichlaridan iborat, natijaga yoʻnaltirilgan indikatorlari boʻlishi kerak. Byudjet tashkilotlarini byudjetdan tashqari manbalar hisobidan mustahkamlash yo‘llarini tadqiq qilib, byudjet amaliyotida byudjetdan tashqari markazlashgan va markazlashmagan manbalardan foydalanish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini o‘rganib chiqib, quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik. Mening fikrimizcha, davlat, mamlakatdagi bozor munosabatlarining qay darajada shakllangan va rivojlangan bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy sohalarni boshqarish, ularning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok etishi zarur, ularning normal darajada faoliyat qilishi uchun davlat barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shart- sharoitlarni yaratib berishi shart: -byudjetdan moliyalanadigan sohalarga mablag‘larni to‘liq hajmda safarbar etish imkoniyatini ta’minlash maqsadida davlat daromadlarining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning aniq hisob-kitobini olib borish lozim; - ijtimoiy sohalardagi ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlarini o‘rnatish va ularga amal qilinishini nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish lozim, aks xolda xizmatlar narxining oshib borishi bilan ularning sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik uzilib bormoqda, malakali xizmat qimmat turishi bilan birga, sifat standartiga ham javob berishi kerak, deb hisoblayman; - aholining nochor, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga bepul xizmatlar ko‘rsatilishini davlat bundan keyin ham o‘z zimmasiga olishi, bu xizmatlarning to‘liq moliyalashtirilishiga erishishi lozim; - byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishga bo‘lgan harakati ularning asosiy faoliyatiga, tashkilotning missiyasini bajarishga putur etkazmasligi kerak, shuni unutmaslik lozimki, byudjet tashkiloti notijorat 67 asosida faoliyat yurituvchi muassasa, shuning uchun unda marketing masalalari o‘ylab, jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hal etilishi kerak; - aksariyat aholi ongida ta’lim, va ayniqsa, sog‘liqni saqlash xizmatlarining bepul taqdim etilishi kerak, degan stereotiplar mustahkam o‘rnashgan, bu esa byudjet tashkilotlarini pullik asosga o‘tkazish jarayonida aholi tomonidan noroziliklarga olib kelmoqda, lekin bozor iqtisodiyoti talablari, qolaversa, “pullik narsa qadrli bo‘ladi” degan naqldan kelib chiqib, byudjetning chegaralanganligi sharoitida byudjet tashkilotlarining ortib borayotgan ehtiyojlarini faqat davlat mablag‘lari hisobiga qoplashning ob’ektiv tarzda imkoni yo‘qligini tushunib etish vaqti keldi; - hozirgi kunda byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari daromadlari barcha soliqlar va majburiy to‘lovlardan ozod etilganligini e’tirof etgan holda, byudjet tashkilotlarining tijorat faoliyatlarini davlat bundan keyin hamrag‘batlantirib borishi maqsadga muvofiq; - byudjet tashkilotida shunday muhitni yaratish kerakki, byudjet tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar natijasidan unda ishlayotgan ko‘p sonli xodimlarning shaxsiy manfaatlari emas, tashkilot manfaatlari ustuvor bo‘lishi lozim, deb hisoblayman.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling