O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi


§1.  В  Tуркестанском 
крае 
учреждается 
кружок 
любителей 
археологии. 
O„ z b e k ch a s i: 
§1.  Turkiston  viloyatida  qadimgi  vaqtdan 
qolgan mazkur ko„hna joy, shahar va imorat-
larning asoratlarini bilmoq va eski asboblarni 
saqlamoq  uchun  ilm  tarixini  yaxshi  ijtihod 
aylagan  odamlardan  arxeologicheskiy  degan 
nom maxsus jamoa barpo bo„lindi. 
 
Ko„rasizki,  yetti  so„zdan  iborat  axborot  o„zbekchaga  30  so„zlik 
uzundan-uzun  izohlar  va  ta‟rif-tavsiflar  bilan  “tarjima”  qilingan. 
Keyingi moddalarda ham ahvol shu. Yoyiq va cho„ziq jumlalar, takror 
qilingan  sharhlar  kelaveradi.  Zotan,  sarlavhada  “археология”, 
“кружок” degan so„zlarga izoh berilgan bo„lsa-da, matn ichida uni har 
moddada o„nlab so„zlar bilan izohlayverish kulgili tuyuladi. Bu ustav 
alohida kitob “Turkiston arxeologiya jamiyati” tarzida bosilib chiqdi.  
Bu yerda yuqorida keltirilgan  misollardagi kabi cho„ziq va uzun-
dan-uzun  jumlalar  yo„q.  Lekin  tarjimon  “природа”  so„zini  “tabiat” 
deb berish o„rniga “havo” deb tarjima qilish bilan qo„pol xatoga yo„l 
qo„ygan.  Tarjimon  bu  maqolada  “elektr”,  “magnit”,  “mashina”, 
“telegraf”,  “telefon”  va  boshqa  baynalminal  so„zlarni  aynan  o„zicha 


 
117 
olib  ishlatgan.  Lekin  terminologiya  sohasida  ayrim  siyqalashtirishlar 
ham yo„q emas. Chunonchi, “telefon” so„zining “telepun surnay” deb 
olinishi g„alati tuyuladi: “Va yana elektrichestvo vositasi ilan odamlar 
bir-biridan  miqdor,  ming  chaqrim  masofada  va  ajrab  qolg„onda,  chu-
nonchi  bir  odam  bir  shaharda  va  bo„lak  odam  boshqa  shaharda  o„z 
vatanida  turub,  telegraf  birlan  bir  lahzada  xabar  yetkazadur  va  ham 
telepun surnay ilan to„g„ri so„zlashadur”. 
Shunisi  diqqatga  sazovorki,  muallif  o„z  maqolasida  faqat  fan  va 
texnika  yutuqlarini  bayon  qilibgina  qolmay,  balki  bundan  tegishli 
amaliy  xulosalar  ham  chiqargan:  “Rossiya  fuqarolari  birlan  yaqin 
turub, mazkur rusiyalardan har xil ilmning yorig„lig„ini va manfaatini 
olsalar bo„ladur, va agar mazkur musulmoniyalar rusiya tilini va xatini 
bilib,  o„rganishib,  rusiya  kitoblarini  o„qub,  mazkur  kitoblardan  har 
tariqa  ilmlarning  bayonini  bilsalar  bo„ladur.  Bul  tariqa  fahmlab, 
musulmoniya fuqarolarning madrasalarida turadurg„on mudarrislar va 
shogirdlar bo„lak fuqarolarg„a o„zlari ibrat bersalar kerak va bu vajdan 
mazkur  madrasalarda  har  xil  arabi  va  forsi  ilmlardan  boshqa,  rusiya 
zabonini ham o„rgansalar kerak”. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling