O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


III BOB. TIJORAT BANKLARINI  INVESTITSION  FAOLIYATINI


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#260106
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

 III BOB. TIJORAT BANKLARINI  INVESTITSION  FAOLIYATINI 

TAKOMILLASHTIRISH  YO’LLARI 

Xususan  mamlakatimiz  prezidentining  2010  yil  16  noyabrdagi  “  2011-

2015  yillarda  respublika  moliya  –  bank  tizimini  yanada  isloh  va 

barqarorlashtirishni  oshirish  hamda  yuqori  xalqaro  reyting  ko’rsatgichlariga 

erishishning  ustuvor  yo’nalishlari  to’g’risida”gi  PQ  –  1438  sonli  Qaroriga 

muvofiq  moliya  bank  barqarorligini  baholash  tizimini  barqarorlashtirish,  tijorat 

banklar  investitsion  faolligini  oshirish,  mamlakatning  kredit  reytingi  aniqlash 

uslubiyatlarini  takomillashtirish,  qimmatli  qog’ozlar  bozorini  rivojlantirish, 

banklarning  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilishdagi  rolini  oshirish  borasida  bir 

qator  ishlarga  erishildi.          Jahon  tajribasidan  ma’lumki,  tijorat  banklarning 

investitsion  jarayonlarida  faol  qatnashishi  iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilishda  

va mamlakatning iqtisodiy salohiyotini yuksaltirishda muhim o’rin tutadi. Ya’ni, 

“Barchamiz  oddiy  bir  haqiqatni  anglab  olishimiz  darkor  -  investitsiyalarsiz 

modernizatsiya ham, yangilanish ham bo’lmaydi. Bu o’rinda nafaqat korxonalar 

tomonidan  investitsiya  loyihalarini  oshirish    jadallashtirishni,  balki  bundan 

tijorat  banklari  qanchalik  manfaatdor  ekani  va  ular  bu  loyihalarni  o’z  kredit 

resuruslari  bilan  nechog’lik  faol  ishtirok  etayotganligini  ham  ko’zda  tutamiz. 

Buning uchun tijorat banklar yetarli kapitalga ega, moliyaviy  barqaror bo’lishi 

lozim.,  bir  so’z  bilan  aytganda  ular  yirik  investitsiya  institutlariga  aylanishi 

darkor  ”

19

.    Tijorat  banklarning  yirik  investitsiya  institutlariga  aylanishi  o’z 



navbatida, iqtisodiy barqarorlikkaa erishish muhim o’rin tutadi. Tijorat banklari 

tomonidan  investitsion  faoliyat  olib  borishdan  asosiy  maqsad  ularning 

daromadligi  va  likvidligini  taminlashdan  iborat.  Rivojlangan  mamlakatlar 

iqtisodiyoti  tijorat  banklar  investitsion  siyosati  bank  faoliyatining  asosiy 

yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidligini taminlashda asosiy 

rol  o’ynaydi.  Banklarning  investitsion  faoliyati  turli  xil  qimmatli  qog’ozlar: 

                                                           

19

  Krimov.I.A  Asosi  maqsadimiz-  vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada  yuksaltirish. 



Toshkent “O’zbekiston” 2010-B. 57

 



60

 

 



oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, dipozit serfikatlari h.k mablag’larni 

qo’yish orqali amalga oshiriladi.  Qimmatli qog’ozlar bozori zamonaviy  bozor 

iqtisodiyotining  ajralmas  qismi  sifatida,  bo’sh  moliyaviy  resurslarni  foydali 

joylashtirishni xohlovchi investorlarning hamda investitsiyalarga ehtiyoj sezgan 

va  jozibali  investitsiya  loyihalarga  ega  bo’lgan  emitentlarning  manfaatlarini 

uyg’unlashtirishga yordam beradi. 

Bank tizimi va qimmatli qog’ozlar  bozori milliy iqtisodiyotning yetakchi 

sohalaridan hisoblanib, davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, 

qarorlar  va  amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlari  ushbu  sohalarni  rivojlantirishga 

qaratilgan. 

Qimmatli  qog’ozlar  bozorini  rivojlantirishda  davlat  tomonidan  amalga 

oshirilgan  asosiy  chora  tadbirlardan  biri,  bir  qator  qonunlar  qabul  qilinishi  bilan 

qimmatli qog’ozlar  bozorining davlat boshqaruvidagi vakolatli nazorat idorasi sifatida 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmoni  va  Respublika  Vazirlar 

Mahkamasining  qaroriga  muvofiq  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulk 

Qo’mitasi huzurida qimmatli qog’ozlar  bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va 

nazorat  qilish  Markazining  tashkil  etilishi  hisoblanadi.  Markaz  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezident  Farmoni  va  Respublika  Vazirlar  Maxkamasining 

qaroriga asosan tasdiqlangan Nizomiga binoan Respublikada qimmatli qog’ozlar  

bozorini  shakllantirishi,  rivojlantirish,  nazorat  qilish  va  boshqarish  sohasida 

davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirib kelmoqda. 

Tijorat  banklarining  eng  muhim  vazifalari  an’anaviy  tarzda 

quyidagilardan iboratdir: 

 



Vaqtinchalik  bo’sh  pul  mablag’lari  jamg’armalar  va  yig’malarni 

mujassamlashtirish; 

  hisob-kitob  to’lov  mexanizmi  faoliyat  ko’rsatishini ta’minlash,  xalq 



xo’jaligida  hisob-kitobni  amalga  oshirish  va  tashkil  etish,  to’lov 

muomalasini yo’lga qo’yish; 




61

 

 



 

Alohida  xo’jalik  birikmalari,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni 



kreditlash,  ichki  va  tashqi  xo’jalik  aylanmasiga  kredit-moliya  xizmati 

ko’rsatish; 

 

Veksellarni hisobga olish va ular bilan operatsiyalar o’tkazish; 



  Moliyaviy va moddiy boyliklarni saqlash; 

  Mijozlarning mulkini ishonchli tarzda boshqarish  



  ( trast operatsiyalari) . 

Tijorat  banklari  tobora  o’zlariga  xos  bo’lmagan  operatsiyalarini 

amalga  oshira  borib  banklar  uchun  noan’anaviy  hisoblangan  moliya 

tadbirkorligini  joriy  etmoqda,  jumladan,  qimmatli  qog’ozlar  operatsiyasi, 

lizing  va  faktoring  hamda  kredit-moliya  xizmatining  boshqa  turlari  bilan 

shug’ullanmoqda,  taqdim  etiladigan  xizmatlar  doirasini  tinmay  kengaytirib, 

sifatini  yaxshilamoqda,  Yangi  istiqbolli  mijozlarni  jalb  qilish  uchun 

raqobatlashmoqda.  

O’zbekistonda  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  tijorat  banklarining 

faoliyat  mexanizmlari  va  ularni  tartibga  solishni  yanada  takomillashtirish 

maqsadida quyidagi tahliliy natijalarga kelindi; 

 

qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining davlat va o’z-o’zini 



muvofiqlashtirish 

institutlari 

tomonidan 

tartibga 

solish 

tizimining 

takomillashtirish darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir; 

 



banklar  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  passiv  va  aktiv  operatsiyalarni 

sust olib bormoqdalar; 

 

banklarning  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  investitsiya,  emissiya  va 



dividend siyosatlari talab darajasida emas; 

 



banklar  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  professional  ishtiroksi  sifatida 

sust faoliyat yuritmoqda; 

 banklarda  korporativ  boshqaruv  va  menejment  masalalari  passiv  hal 



etilmoqda; 


62

 

 



 

banklarning  kredit  va  qimmatli  qog’ozlar  bozoridagi  siyosatlari 



balansi past samara bermoqda. 

Yuqorida  ko’rsatilgan  tadbirlar  natijasida  O’zbekistonda  tijorat 

banklari  faoliyatini  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  faollashtirishda  asosiy 

e’tibor quyidagi yo’nalishlarga qaratilishi maqsadga muvofiq. 

 

tijorat  banklarining  qimmatli  qog’ozlar  bozoridagi  faoliyatining 



huquqiy va me’yoriy asoslarini takomillashtirish

 



o’z-o’zini  muvofiqlashtiruvchi  tashkilotlarning  roli  va  vazifasini 

takomillashtirish ; 

  tijorat banklarida korporativ boshqarish va menejmentni yaxshilash. 



Ushbu  yo’nalishlarni  amaliyotga  chuqurroq  tadbiq  etilishi  qimmatli 

qog’ozlar  bozorida  tijorat  banklari  investitsion  faoliyatini  yanada 

jadallashtirishga olib kelishi mumkin.   

Hozirda 


banklarning 

investitsion 

faoliyatini 

samarali 

amalga 

oshirishda quyidagi  muammolar mavjud: 

  Banklarning ustav fondidagi davlatning ulushi kattaligi emissiya qilingan 



aksiyalarning 79%  past aksiyalar taklifi, muomalada faqatgina emissiya qilingan 

aksiyalarning 13% mavjud.  

  Aksiyalarni  kichik  lotlar  bilan  joylashtirilmaydi,  bu  esa  aksiyalarni 



yoyilishiga  yo’l  qo’ymaydi  va  ikkilamchi  bozorda  banklarning  investitsiya 

faoliyatini  rivojlanishiga halaqit beradi. 

  Qimmatli  qog’ozlar  likvidliligini  yo’qligi  banklarning  investitsion 



faoliyatini yuritishda riskning yuqori ekanligini bildiradi. 

  Emitentlar  faoliyatini  shaffof  emasligi  banklarning  faol  investitsion 



faoliyat yuritish o’rniga qimmatli qog’ozlar bozorida passivligiga olib keladi.  

  Listingni  rivojlanmasligi  va  banklarni  bozor  kotirovkasida  manfaat 



yo’qligi bildiradi. 

  Banklarning  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  investitsion  va  emission 



siyosatining  sifatini  pastligi  va  ularda  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  vositachilik 


63

 

 



faoliyatini rivojlantirish bo’yicha strategiyani yo’qligi. 

O’zbekistonda  banklarning  investitsion  faoliyatini  rivojlanish  istiqbollari 

quyidagicha: 

 



banklarning  investitsion  riskini  sug’urtalash  tizimini  ishlab  chiqish  va 

qo’llash, investitsiya va risklarni sug’urtalash fondini tashkil etish;  

  Market  –  meyker  institutini  rivojlanishiga  soliq  imtiyozlarini  yaratish 



qimmatli qog’ozlar likvidliligini va bozor kotirovkasini ta’minlaydi, bu esa fond 

bozorida banklarning investitsion faolligini oshiradi. 

 

Qimmatli  qog’ozlar  bozorida  banklar  faoliyatini  reyting  baholashini 



ishlab chiqish va qo’llash. 

  Qimmatli  qog’ozlar  bozorida  banklar  va  sug’urta  kompaniyalarning 



investitsion faoliyatini faollashtirish. 

  Milliy  qimmatli  qog’ozlar  bozorini  xalqaro  fond  birjalar  bilan 



integratsiyalashuvini ta’minlash, bu esa banklarning investitsion faoliyatiga ijobiy 

ta’sir ko’rsatadi. 

Respublika qimmatli qog’ozlar  bozorida tijorat banklarining investitsion 

faoliyatini rivojlantirish va istiqbollarini belgilashda davlat tomonidan bir qator 

tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  Bozor  iqtisodiyoti  talablariga  javob  bera 

oladigan  bank  tizimini  shakllantirish,  banklarni  moliya  bozorlarida,  jumladan 

qimmatli  qog’ozlar    bozoridagi  rolini  faollashtirish,  ularning  faoliyatini  Jahon 

banklari  amaliyotiga  yaqinlashtirish  va  pirovard  natijada,  banklarning  ichki  va 

xalqaro  moliyaviy  bozorlarda  raqobatbardoshligini  yuqori  darajasiga  erishish 

davlat  tomonidan  bank  tizimininig  isloh  qilishning  strategik  maqsadi 

hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun, banklarni xususiylashtirish va davlat 

tasarrufidan  chiqarish  jarayonlarini  chuqurlashtirish,  tijorat  banklarini  yanada 

aksiyadorlashtirish, banklarga rahbarlik qilishda aksiyadorlarning rolini oshirish 

yo’li bilan korporativ boshqarish tizimini mustahkamlash lozim. 

O’zbekiston  Respublikasida  qimmatli  qog’ozlar  bozoridagi  tijorat 

banklarining investitsiya faoliyatini jadallashtirish yo’lidagi asosiy vazifalardan 

biri  –  bu  bozorning  axborot  shaffofligi  darajasini  oshirishdan  iboratdir,  ya’ni 



64

 

 



tegishli axborotga qiziqishi paydo bo’lgan shaxslar uni olishda teng huquqqa ega 

bo’lishlaridir.  Ushbu  masalani  yechishda  qimmatli  qog’ozlar  bozoriga  oid 

axborot  shaffoflik  tizimini  yaratish  muhim  ahamiyatga  ega.  Investorlar 

tomonidan  qo’yilgan  asosiy  shartlardan  biri  bo’lib  emitentlar  va  ularning 

qimmatli  qog’ozlar  haqidagi  axborot  sifat  darajasining  oshishidir.  Har  bir 

investor  qimmatli  qog’ozlarga  mablag’  ajratishdan  oldin  emitent  va  qimmatli 

qog’ozlar  harakati  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  tahlil  qilib  riskga  baho  beradi. 

O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasi qoshidagi qimmatli qog’ozlar 

bozori  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  nazorat  qilish  markazi  faoliyati  aynan 

shunga qaratilgan. 

Tijorat  banklari  investitsiya  faoliyatining  indikatorlari  quyidalar 

hisoblanadi

20





 investitsion resuruslar real qiymati indeksi; 

 bank investitsiyalar hajmi; 



 

banklar umumiy aktivlarining investitsion qo’yilmalarning ulushi; 



 

ob’yektlar bo’yicha bank investitsiyalar tarkibiy ko’rsatgichlari; 



 

banklar  ivvestitsion  faoliyatining  samaradorlik  ko’rsatgichlari, 



jumladan  investitsiya  hajmi  hisobiga  aktivlar  va  foydaning  qo’shimcha 

ulushi; 


 

foydaning  moliyaviy  aktivlarga  kapital  qo’yilmalar  bilan  ishlab 



chiqarish 

tarmoqlariga 

investitsiyalashni 

taqqoslash 

daromadlik 

ko’rsatkichlar. 

 

investorlarning  milliy  qimmatli  qog’ozlar  bozoriga  bo’lgan  qiziqishi 



o’sishini  ta’minlash  maqsadida  quyidagilarni  amalga  oshirishni  shakillantirish 

(rivojlantirish) lozim: 

 investorlar  emitent-zayom  oluvchining  taxminiy  loyihasidan  bo’lgan 



risk  va  investitsiya  rejalarini  to’liq  yoritib  beruvchi  asosiy  hujjat  bo’lmish 

qimmatli qog’ozlar emissiyasining standartlashtirilishi; 

                                                           

20

 



A.V. Belikova. Metodicheskiy jurnal «investitsionniy banking» №3(3)/2006    

 



65

 

 



 investorlarga  emitent-zayom  oluvchi  tomonidan  jamg’armalarni 

boshqarish  samaradorligi  va  investitsiya  daromadliligini  istiqbollarining 

ishonchliligini  nazorat  qilish  borasida  emitentlarning  joriy  hisobotini 

standartlashtirish. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-

1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh 

qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga 

erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Qaroriga ko’ra 2011 yilda 

respublika bank tizimi barqarorligini ta’minlash va iqtisodiyotning yuqori o’sish 

sur’atlarini rag’batlantirishga  qaratilgan quyidagi qator muhim chora-tadbirlar: 

Iqtisodiyotga yo’naltirilgan kreditlar hajmini oshirish va banklarning 

investitsion jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish borasida: 

  iqtisodiyotning real  sektori korxonalarini modernizatsiya  qilish,  texnik 



va  texnologik  jihatdan  qayta  jihozlash  bo’yicha  investitsion  loyihalarini, 

jumladan  hududlarni  rivojlantirish  dasturlariga  kiritilgan  loyihalarni  kreditlash 

hajmlarini yil mobaynida 30 foizga ko’paytirish; 

  investitsiya  maqsadlari  uchun  uzoq  muddatli  kreditlar  ajratish 



mexanizmlarini yanada takomillashtirish; 

 



O’zbekiston  banklar  assotsiatsiyasi  qoshida  tijorat  banklari  bilan 

hamkorlikda  investitsiya  loyihalari  bo’yicha  loyiha  hujjatlari  tayyorlashni 

moliyalashtirish jamg’armasini tashkil qilish; 

 



tijorat banklarining ustav kapitaliga yo’naltirilgan maqsadli mablag’lar 

hisobidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini imtiyozli kreditlash bo’yicha 

amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni davom ettirish; 

"Inqirozga qarshi choralar dasturi"da 2012 yil uchun belgilangan chora-

tadbirlarni to’liq amalga oshirish, xususan: 

 



to’lanmay  qolgan  qarzlari  tufayli  banklarning  balansiga  o’tkazilgan 

bankrot  korxonalarni  moliyaviy  sog’lomlashtirish,  ishlab  chiqarish  faoliyatini 

tiklash,  yangi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yish  va  zamonaviy 



66

 

 



boshqaruv  usullarini  tadbiq  etish  hamda  ularni  yangi  investorlarga  sotish  bilan 

bog’liq ishlarni davom ettirish;  

  barqaror  eksport  salohiyatiga  ega  korxonalarni  imtiyozli  kreditlar 



ajratish yo’li bilan moliyaviy qo’llab-quvvatlashga doir ishlar amalga oshiriladi. 

Respublikamizda 

investitsiyalar 

hajmining 

o’sishi 

va 


ularni  

moliyalashtirish  manbalari  tarkibidagi  o’zgarishlar  sifat  jihatdan  istiqbolini 

belgilash  hamda  rivojlanishini  belgilab  beradi.  Banklar  tomonidan  bankrot 

korxonalarni  moliyaviy  sog’lomlashtirish  va  qayta  tiklash,  ularni  texnik  va 

texnologik  jihatdan  monidernizatsiyalash  hamda  qayta  jihozlashni  taminlash, 

ichki  va  tashqi  bozorlarda  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  chiqarishni  tashkil 

etish ishlar etish bo’yicha 2013 yilning 1-sentabr holatiga ko’ra tijorat banklar 

tomonidan  korxonada  modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik  jihatdan  qayta 

jihozlash  uchun  banklar  tomonidan  442,6  mlr.so’m  miqdorida  investitsiyalar 

kiritildi.  Iqtisodiy  nochor  korxonalarni  sog’lomlashtirish  mexanizmi  yangi 

mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yish,  boshqaruvning  zamonaviy 

usullarini  joriy  etish,  yangi  ish  o’rinlarini  yaratish  bozorida,  bankrotlik  tufayli 

xizmatchilarga  o’z  vaqtida  berilmagan  oylik  ish  haqlarini,  ta’til  pullarini 

qoplashdek muhim iqtisodiy vazifani ham bajaradi. 

Yuqoridagi  ko’rsatgichlarga  asosan  xulosa  qilish  mumkinki,  tijorat 

banklarning  sanoat  korxonalarning  moliyaviy  jihatdan  qo’llab  –  quvvatlash 

jarayonida  faol  ishtirok  etayotganligi,  iqtisodiy  nochor  korxonalar  banklar 

balansiga  olgan  holda  ular  faoliyatini  tiklayotganligi  nafaqat  investitsion 

faollikning  oshishiga,  balki  yuqori  sifatli  va  raqobatdosh  mahsulotlar  ishlab 

chiqarish hamda yangi ish o’rinlari yaratilishi muhim o’rin tutmoqda.  




67

 

 



 

Xulosa 

Tijorat  banklarida  investitsiya  jarayoni  asosan  quyidagi  3    yo’nalishda 

amalga  oshiriladi:  Investitsiya  maqsadida  mablag’lar  mobilizatsiyasini  amalga 

oshirish  (jamlash);  Investitsion  hususiyatga  ega  bo’lgan  kreditlar  taqdim  etish; 

Mablag’larni  qimmatli  qog’ozlarga  joylashtirish  (ham  bank  hisobidan,  ham 

mijoz topshirig’iga ko’ra); 

Banklar  tomonidan  loyihaviy  moliyalashtirish  bu  investitsiya  loyihalarini  

kreditlashtirishning  bir  turi  bo’lib,  kreditor  bu  loyihani  amalga  oshirish  bilan 

bog’liq  risklarni  qisman  yoki  to’liq  o’z  zimmasiga  oladi.  Agar  banklarning 

oddiy  kredit  operatsiyalarida  eng  avvalo  qarzdorning  kreditga  qobiliyatliligini 

o’rganishga,  uning  moliyaviy  va  iqtisodiy  holatini,  shuningdek  garov  sifatida 

foydalanadigan  mol  mulklarni  baholashga  asosiy  ahamiyat  berilsa,  loyihaviy 

moliyalashtirishda  esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi. 

Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  hozirda  tijorat  banklaridan  iqtisodiyot 

tarmoqlari  va  biznes  sohalari  bo’yicha  keng  investitsiya  imkoniyatlari 

tadqiqotlarini o’tkazish,  ularning natijasiga  asosan tarmoqlar va  biznes sohalari 

bo’yicha investitsiyalarni yo’naltirish talab etilmoqda. Hukumatimiz tomonidan 

yaratilib  berilayotgan  imtiyozlar  banklarning  investitsion  faoliyatini  yanada 

rivojlantirishga  imkon  yaratmoqda.  Sababi,  banklarning  likvid  qimmatli 

qog’ozlarga  qilgan  investitsiyalari  bank  ichki  boshqaruvida  bir  qator  muhim 

funktsiyalarni  bajarishga  va  uning  faoliyatini  yaxshilashga  katta  rol 

o’ynamoqda.  Bu  qimmatli  qog’ozlar,  kreditlardan  farqli  ravishda,  qo’shimcha 

daromad  manbaini  tashkil  qilmoqda.  Bu  esa  bank  va  aktsionerlar  uchun  juda 

muhimdir.  Shuningdek  bu  operatsiya  yuqorida  aytib  o’tilganidek,  bank 

likvidligini  ushlab  turishini  ta’minlaydi  va  o’z  vaqtida  bankning  moliyaviy 

mablag’larga bo’lgan talabini qondiradi. Bu operatsiyaning yana bir hususiyati 

shundaki,  soliqdan  ozod  qilingan  qimmatli  qog’ozlarga  investitsiyalash  orqali 

bankning soliq majburiyatlarini kamaytirishga hizmat qiladi.  




68

 

 



Tijorat banki qimmatli qog’ozlarni sotib olishda, albatta, ayrim faktorlarni 

inobatga  olishi  zarur.  Bu  omillarga  kutilayotgan  daromad  me’yori,  bankning 

soliq  majburiyatlari,  foiz  riski,  kredit  riski,  likvidlilik  riski,  inflyatsiya  riski  va 

boshqalar mansubdir.  

Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatini 

takomillashtirishdagi  muammolardan  biri  -  portfelni  boshqarishdan  ko’zlangan 

maqsadni aniqlash hisoblanadi. Ushbu muammo portfelni shakllantirish statistik 

ma’lumotlardan, portfelni boshqarishdan dinamik masalalarga o’tish jarayonida 

ba`zi modellarini modifikatsiyalash zarurligi bilan bog’liq. 

Bank  amaliyoti  ko’rsatishicha,  shartnomaning  amal  qilish  muddati 

bo’yicha mijoz o’z investitsiya manfaatlarini o’zgartira olmaydi. Ushbu vazifani 

amalga oshirish investitsiya portfeli prognozini aniqlash imkonini beradi. 

Maqsadlarga  ko’ra,  banklarning  investitsiya  faoliyati  aktivlar  o’rtasida 

portfel  investitsiyalarini  samarali  taqsimlanishidan  iboratdir.  Ushbu  portfel 

shakllanishida xavfsizlik, daromadlilik kabi jihatlarga e’tibor qaratish lozim. 

Investitsiya  nazorati  portfelining  ikki  turini,  ya’ni  daromad  va  o’sish 

portfelini alohida ajratish lozim. Ushbu portfellar asosida daromad shakllanadi. 

Har  bir  portfel  kam  risklilik,  yuqori  likvidlilik  va  daromadlilik  tamoyillariga 

asosan shakllanadi. 

Investitsiya  portfeli  jismoniy  yoki  yuridik  shaxsga  tegishli  bo’lgan 

qimmatli qog’ozlar majmui hisoblanadi. Ushbu portfelni boshqarishdan maqsad 

portfelning  investitsiya  xususiyatini  saqlab  qolishdir.  Portfelli  investitsiyani 

boshqarishda investor o’zi uchun shart - sharoit yaratishi, banklar esa, qimmatli 

qog’ozlarni optimal tuzulmasini aniqlashi zarur. 

 

Demak,  yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlardan  kelib  chiqib,  banklarning 



investitsion  faoliyatining  samaradorligini    oshirish  uchun  quyidagi  takliflarni 

keltirish mumkin: 

1.  Tijorat  banklarining  investitsiya  faoliyati  kengaytirilishini  yanada 

rag’batlantirish,  iqtisodiyot  tarmoqlarini  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 




69

 

 



texnologik  qayta  jihozlashga  yo’naltirilgan  uzoq  muddatli  investitsiya 

loyihalarini  moliyalash  hajmlarini  oshirish  uchun  ularning  resurs  bazasini 

mustahkamlash;

 

 



2.  Tijorat  banklarida  investitsion  portfelni  diversifikatsiyasini  yanada 

takomillashtirish lozim. 

3.  Banklarimiz    uzoq  muddatli  resurlarini  ko’paytirish  vositasida  uzoq 

muddatli  samarador  loyihalarga  investitsiyalarni  yo’naltirish  lozim.  Uzoq 

muddatli  resurslarni  ko’paytirish  uchun    avvalambor,  banklarni  kapitallashuv 

darajasini  oshirish,  keyin  banklar  tomonidan  uzoq  muddatli  depozit 

sertifikatlarini  chiqarish,  aholi  va  yuridik  shaxslarning  muddatsiz  depozitlari 

o’rniga    uzoq  muddatli  depozitlarini  ko’proq  jalb  qilish  lozim.  Bunga  har  xil 

imtiyozlarni joriy qilish, jozibador omonat turlarini tashkil qilish orqali erishish 

mumkin. 


4. 

Xorijiy 


banklarda 

investitsion 

risklarni 

boshqarishda 

keng 

qo’llaniladigan  usullardan  foydalanishni  mahalliy  banklar  amaliyotida  joriy 



etish maqsadga muvofiq. 

6. Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni kengaytirish 

lozim,  xususan,  ikkilamchi  qimmatli  qog’ozlar  bozorida.  Jami  aktivlarda 

qimmatli  qog’ozlarning  ulushi  1  foizga  ham  etmaydi.  Vaholanki,  rivojlangan 

mamlakatlarda uning ulushi kreditlardan so’ng ikkinchi o’rinda turadi va ulushi 

20-30 foizni tashkil etadi. 




70

 

 



 


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling