O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish
TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI ........................................
57 Xulosa ......................................................................................... 66 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ........................................ 69 3
Kirish Malakaviy bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi. Har qanday jarayon yoki faoliyat borki o’z-o’zidan bo’lmaydi bunga ma’lum bir sharoit, eng birinchi o’rinda qonuniy huquq va erkinlik va mukammal ishlangan reja va g’oya talab etiladi, shundan keyin qolgani mehnat bilan amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ma’lum bir faoliyat turlari borki ularni rivojlantirmasdan iqtisodiyotni rivojlantirib bo’lmaydi, bunday masalalarni markazida albatta banklar turadi, chunki har qanday masalani yechimi bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qo’llab quvatlash yotadi. Bunda ijtimoiy masalalarni ijobiy hal qilishning asosiy vazifalaridan biri banklarning investitsion faoliyati barqarorligini ta’minlash, rivojlantirish va islohatlar o’tkazish va yangiliklar joriy qilish natijasida iqtisodiyotni shu jumladan, moliya bozorini ham rivojlantirishga erishish mumkin.
Bank investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun bu ishdan ko’zda tutilgan maqsadlarni aniqlab olishi zarur. Tijorat banklari uchun bu vazifa odatda mablag’larni saqlash, diversifikatsiyalash, daromad va likvidlikni ta’minlashdan iborat. Amaliy jihatdan olganda, tijorat bankining barcha depozitlarini bir xil ssudalarga joylashtirish mumkin emas. Bunday holat investitsiyalashning asosiy qoidasi - diversifikatsiyalashga zid kelgani uchun ham mumkin emas va noshudlik hisoblanadi. Diversifikatsiyalash deganda majmuada turli-tuman ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar borligi tushuniladi. Diversifikatsiyalash (tabaqalashtirish) siyosatida qaytarish muddatlari, jug’rofiy taqsimlanishi, majburiyatlar turi va emitent hisobga olinishi lozim. Diversifikatsiyalash yo’li bilan tavakkalchilik xavf-xataridan butunlay qochib qutulib bo’lmaydi, ammo uni bir muncha pasaytirish mumkin. Investitsiya siyosatining asosiy ustivorliklari va yo’nalishlari haqidagi hujjatlar bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblansada, banklarning hammasi ham unga ega emas, gap shundaki, tavakkalchilik xavf-xatari faqat investitsiya faoliyati bilangina cheklanib qolmaydi, qimmatli qog’ozlarda faol operatsiyalar o’tkazish bilan 4
bog’liq tavakkalchilikni boshqa sohalarda ehtiyotkorona siyosat o’tkazish bilan muvozanat holiga keltirsa bo’ladi. Albatta, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiyalarni keng qo’lamda eng foydali tarzda joylashtirish yangi mijozlarni jalb qilish sohasidagi raqobat kurashi kuchayadi. Sog’lom raqobat kurashida faol qatnashish uchun tijorat banklari o’z faoliyatlarini takomillashtirishi, shu jumladan, qimmatli qog’ozlar bozorida faol investitsiya siyosatini olib borishlari lozim. Investitsiya faoliyati tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish, muayyan daromad olish, bank likvidligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. 2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o’sdi va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo’yilmalarning 21,2 foizdan ortig’i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to’rtdan uch qismi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir. Investitsiya dasturini amalga oshirishda korxonalarning o’z mablag’lari hisobidan yo’naltirilgan to’g’ridan-to’g’ri xususiy investitsiyalarning yildan- yilga faol ishtirok etayotgani barchamizga alohida mamnuniyat bag’ishlaydi. Birgina o’tgan yilda bunday investitsiyalar hajmi 10,3 foizga o’sib, 4 milliard 300 million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil etdi. O’tgan yili tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular tomonidan 1 milliard 700 million dollar yoki 2013 yilga nisbatan 20 foiz ko’p investitsiyalar yo’naltirildi. Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig’i ishlab chiqarish sohasiga va qariyb 40 foizi mashina va uskunalar xarid qilishga sarflandi 1 .
1 Каримов И.А. «2015 йилда иқтисодиётимизда туб таркибий ўзгаришларни амалга ошириш, модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш ҳисобидан хусусий мулк ва хусусий тадбиркорликка кенг йўл очиб бериш – устувор вазифамиздир”.Тошкент.: “Ўзбекистон”, 2015 й. 6-7 б.
5
2014 yil mobaynida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 8,5 trln. so’m yoki 2013 yilga nisbatan 1,2 barobar ko’p investitsion kreditlar ajratildi. Bunda banklarning investitsion kreditlari ustuvor ravishda «2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish», «2014 yilgi Investitsiya dasturi» hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarish texnologiyalarini sotib olishga yo’naltirilmoqda 2
Mamlakatimizda banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig'i stavkalarining joriy etilishi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish, mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish, investitsiyalar samaradorligini baholash va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklari ishtirokini yanada qo'llab-quvvatlash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog'ozlar vositalaridan foydalanish masalalari bo'yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilyapti. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling