O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan investitsion
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish
2.2. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan investitsion
operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga investitsiyalash banklarga o’z aktivlarini diversifikatsiya qilish, bu bilan tavakkalchilikni pasaytirish va potentsial daromadlarni oshirish, shuningdek, bank mijozlari omonatlarini xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapitallariga samarali investitsiyalash uchun safarbar qilish vositasida makroiqtisodiy jarayonlarni rivojlantirishni rag’batlantirish imkonini beradi.
Banklar investitsiyalari qo’yilgan har qanday korxona faoliyati monitoringi bo’yicha boshqarish tajribasiga ega bo’lishi shart, chunki investitsiyalarni amalga oshirishda prudentsial (oqilona) yondashuvni talab qiladigan investitsiyalar bilan bog’liq muayyan tavakkalchiliklar mavjud.
Banklar shuni anglashlari kerakki, ular korxona aktsiyalariga egalik qilib va unga kredit beradigan bo’lsalar qarzdor moliyaviy qiyinchilikka uchragan hollarda ham o’z investitsiyalarini himoyalash maqsadida kreditlashni davom ettirishga majbur bo’lishi mumkin. Bundan tashqari banklar moliyaviy hamjamiyatda o’z obro’sini himoya qilish uchun korxonaning moliyaviy barqarorligini qo’llab-quvvatlashga majbur bo’lishi mumkin. Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda banklar shuni inobatga olishlari lozimki, bank yo’qotishlari summasiga doir mavjud tavakkalchilik qisqa muddatli bo’lishiga qaramasdan, bu uning asosiy kapitaliga nisbatan juda yuqori bo’lishi mumkin. Bank qimmatli qog’ozlar emitenti
46
bo’lgan qorxonaning bankrotlikka uchrashi tufayli zarar ko’rishi mumkin, biroq bunday yo’qotishlarning eng keng tarqalgan sababi qimmatli qog’ozlarning bozor qiymatini noto’g’ri baholash va ularni uzoq vaqt saqlashdir. Bunday ahvol bank obro’sining tushishi hamda uning ahvolining yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Banklar Markaziy bank tomonidan beriladigan umumiy litsenziya asosida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Litsenziyada banklar bajaradigan operatsiyalar ro’yxatida qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan faoliyat maxsus qayd etilishi lozim. Litsenziyada ko’rsatilgan operatsiyalar ro’yxatiga qimmatli qog’ozlar bilan olib boriladigan faoliyatning kiritilishi banklar tomonidan quyidagi hujjatlarning topshirilishi asosida amalga oshiriladi: - ariza; - Bankning investitsiya siyosati to’g’risidagi nizom; - Bankning emissiya siyosati to’g’risidagi nizom. Qimmatli qog’ozlar bilan faoliyatni amalga oshirish uchun beriladigan ariza quyidagi axborotni o’z ichiga olishi lozim: a) rejalashtirilayotgan faoliyat, siyosat va bank ushbu faoliyatni amalga oshirishda foydalanishni ko’zlayotgan tadbirlarning batafsil bayoni; b) bank kapitaliga nisbatan foizlarda ifodalangan ko’zda tutilayotgan foyda miqdori yoki ushbu faoliyatdan kutilayotgan foydaga; v) bunday faoliyat ustidan olib boriladigan ichki nazorat turlari va ularga nisbatan qo’yiladigan talablar; g) qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslar uchun bitimlar bo’yicha qarorlar qabul qilishga doir vakolatlar va cheklovlar; d) qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarga nisbatan qo’yiladigan malaka talablari; e) bank ichki hisobini yuritish va hisobotlariga doir qo’llanma; j) qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar monitoringi bo’yicha axborot tizimiga nisbatan qo’yiladigan talablar.
47
Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan Investitsiya siyosati to’g’risidagi nizomda quyidagi masalalar aks ettirilishi lozim: a) investitsiya strategiyasi va maqsadlari (masalan, foyda olish, bankning qimmatli qog’ozlar emitentini boshqarishdagi ishtiroki, likvidlikni saqlash, garov talablariga mos kelish va h. k.); b) bank mablag’larni investitsiyalashni rejalashtirayotgan qimmatli qog’ozlar turlari, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari; v) bank qaysi usullar bilan quyidagilarni rejalashtirmoqda: - emitentlar va ularning faoliyat sohalari bo’yicha aktsiyalarni jamlashni chegaralash; - qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar xavfsizligi va ularning sifatini baholash; - qimmatli qog’ozlar emitenti bo’lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli va boshqarish tajribasini baholash; - investitsiyalar diversifikatsiyasini amalga oshirish va h.k. Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan Emissiya siyosati (qimmatli qog’ozlar chiqarish) to’g’risidagi nizomda quyidagi masalalar aks ettirilishi lozim:
a) emissiya faoliyati strategiyasi va maqsadlari (masalan, ustav kapitalini shakllantirish, likvidlikni saqlash, qarz mablag’larini jalb qilish va h.k.); b) bank chiqarishni rejalashtirayotgan qimmatli qog’ozlar turlari va ko’rinishlari, emissiya muddatlari; v) qimmatli qog’ozlar likvidligi va muomalada bo’lishini saqlab turish; g) qarz majburiyatlarining o’z vaqtida qoplanishini ta’minlash va h.k. Yuqorida qayd etilgan hujjatlar Markaziy bankning Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentiga ikki nusxada topshiriladi. Markaziy bankning Qimmatli qog’ozlar departamenti Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentining talabiga ko’ra ikki hafta muddat ichida qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan faoliyatni Markaziy bank litsenziyasiga kiritish 48
imkoniyati to’g’risida yozma tarzda xulosa beradi. Qimmatli qog’ozlar departamentining xulosasi asosida Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan faoliyatni Markaziy bank litsenziyasida ko’rsatilgan operatsiyalar ro’yxatiga kiritadi (kiritmaydi). Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarni xarid qilish (davlat qimmatli qog’ozlari bundan mustasno) va yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etishda quyidagilarga rioya etishlari shart: a) bankning muayyan yuridik shaxs ustav kapitaliga, shuningdek ushbu yuridik shaxsning boshqa qimmatli qog’ozlariga kiritgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak; b) bankning yuridik shaxslar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qog’ozlarga kiritgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 50 foizidan oshmasligi kerak; v) oldi-sotdi uchun qimmatli qog’ozlarga kiritilgan bank investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak. Tijorat bankining boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirok etishi (chet el kapitali ishtirokidagi banklar va sho’’ba banklarini tashkil etish hollari bundan mustasno), shuningdek tijorat bankining o’z ustav kapitalining o’n yoki undan ortiq foiz ulushiga ega bo’lgan yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etishi taqiqlanadi. Tijorat banki bevosita yoki bilvosita (sho’’ba korxonalar orqali) boshqa yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan ortiq qismiga egalik qila olmaydi, biroq quyidagi holatlar bundan mustasno: a) banklarning sug’urta va lizing tashkilotlari ustav kapitalidagi ishtiroki; b) banklarning nobank kredit tashkilotlari ustav kapitalida, shuningdek moliyaviy bozor infratuzilmasining bir qismi bo’lgan yoki banklarga axborot va maslahat xizmatlari ko’rsatadigan yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ishtiroki;
49
v) banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar (tijorat banklarining ustav kapitalidagi ishtiroki bundan mustasno) ustav kapitalidagi ishtiroki; g) xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarining 50 foizgacha miqdorini o’rnatilgan tartibda birlamchi bozordan xarid qilishdagi ishtiroki; d) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi "Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-4053-sonli Farmoniga muvofiq auktsion va tanlov savdolarida tijorat banklariga mulk sifatida sotib olingan yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan "Auktsion va tanlov savdolarida iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibi"ga muvofiq xo’jalik sudlari hal qiluv qarorlariga asosan likvidatsion qiymati bo’yicha kreditor bank balansiga olingan bankrot ishlab chiqarish korxonalari mulklari negizida tashkil etilgan korxonalar hamda bank investitsiyalarini boshqarish uchun ta’sis etiladigan boshqaruv kompaniyalari ustav kapitalidagi ishtiroki. Tijorat banklari muayyan yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan ortiq ulushini sotib olishda yoki bankning bevosita yoki bilvosita mazkur yuridik shaxs faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatish imkonini beruvchi shartnoma tuzishda, Markaziy bankka yozma xabar berishlari shart. Tijorat banklariga, emitent - aktsiyadorlik jamiyatlari bilan ushbu jamiyat aktsiyalari bo’yicha "repo" bitimlarini amalga oshirish ta’qiqlanadi. Agar tijorat bankining investitsiya qilingan yoki investitsiya qilinishi rejalashtirilayotgan mablag’lari miqdori yoki emitent faoliyati tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va aktsiyadorlari manfaatlariga zarar etkazishi mumkinligi yoki investitsiyalarni boshqarishda tijorat bankining tajribasi etarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank har qanday yuridik shaxsning ustav kapitali yoki qimmatli qog’ozlariga tijorat banki tomonidan kiritiladigan investitsiyalar miqdoriga qo’shimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega.
50
Garov huquqini amalga oshirish natijasida olingan qimmatli qog’ozlar bank tomonidan 2 oy muddat ichida sotilishi shart. Tijorat banklari investitsiya siyosatida qimmatli qog’ozlar emitenti bo’lgan yoki bank ustav kapitalida ishtirokchi bo’lgan yuridik shaxslarning moliyaviy ahvolini, boshqaruv tajribasini hamda qimmatli qog’ozlarning sifatini baholash mezonlari va uslublari aks ettirilishi shart. Investitsiya siyosatida, shuningdek bank aktivlarini qimmatli qog’ozlarga yo’naltirish shartlari belgilanishi lozim. Banklar qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar bo’yicha nazoratni amalga oshirish uchun emitent to’g’risida etarli ma’lumotga ega bo’lishi lozim. Qimmatli qog’ozlar portfeli to’g’risidagi ichki hisobotlar qimmatli qog’ozlar turlari va tiplari bo’yicha bo’linishi, sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini, xarid qilish va sotish sanasini, foiz stavkalarini, chegirmalarni, olingan dividendlarni (foizlarni), oldi-sotdi bitimlari bo’yicha olingan foyda to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim. Bankning turli bo’linmalari o’rtasida majburiyatlarning mutanosib taqsimlanishi, shuningdek suiiste’molchilikning oldini olish uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga oshirishi zarur. Mazkur ichki nazorat quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: a) qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yoki sotishni rasmiylashtirish bo’yicha hujjatlarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi xodimlar buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirmasligi, pul mablag’larini qabul qilmasligi, buxgalteriya o’tkazmalarini taqqoslash yoki tasdiqlash imkoniyatiga ega bo’lmasligi; b) buxgalteriya operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirishga mas’ul bo’lgan shaxslar qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yoki sotishni rasmiylashtirish bo’yicha hujjatlarni qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash maqsadida bitim natijalarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lmasligi; v) barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlanishi hamda buxgalteriya yozuvlari va birlamchi hujjatlar bilan taqqoslanishi; g) agar, bank brokerlik faoliyatini bajarsa, u holda bank har bir mijoz uchun hisobvaraqlar ochishi va mijozning qimmatli qog’ozlari bilan amalga 51
oshiriladigan barcha operatsiyalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarning turlari, operatsiyalar sanasi, xarid qilingan/sotilgan qimmatli qog’ozlar narxi va miqdori ko’rsatilgan holda yozuvlar olib borishi lozim. Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar zarur monitoring va operatsiyalar amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi adekvat axborotni bank rahbariyatiga taqdim etish uchun keng qamrovli boshqaruv axborot tizimiga ega bo’lishi lozim. Qimmatli qog’ozlar portfeli bo’yicha ichki hisobotlar qimmatli qog’ozlar turlari va ko’rinishlari bo’yicha bo’linishni, sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini, xarid qilish/sotish sanasini, foiz stavkalarini, imtiyozlarni, olingan dividend foizlarni, oldi-sotdi bitimlari bo’yicha foydani o’z ichiga olishi kerak. Bunday hisobot ham investitsiya qilingan qimmatli qog’ozlar, ham oldi-sotdiga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlar bo’yicha muntazam ravishda tayyorlanishi lozim. Bankning turli bo’linmalari o’rtasida majburiyatlarning keraklicha taqsimlanishi, qarorlar qabul qilish hamda bitimlar turi va hajmiga doir cheklovlar belgilash bo’yicha vakolatlarning taqsimlanishi, shuningdek, suiiste’molchiliklarning oldini olish uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga oshirishi zarur. Bunday ichki nazorat, xususan, quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: a) oldi-sotdi arizalarini qabul qiluvchi yoki qayta ishlovchi shaxslar buxgalteriya operatsiyalarini amalga
oshirmasligi, pul
mablag’lari, tasdiqnomalarni olmasligi yoki buxgalterlik o’tkazmalarini taqqoslamasligi lozim; b) buxgalterlik operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun mas’ul bo’lgan shaxslar oldi-sotdi arizalarini qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash maqsadida bitim natijalarini taqqoslamasliklari zarur; v) barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlamchi hujjatlar va buxgalterlik yozuvlari bilan taqqoslangan bo’lishi lozim; g) hisobvaraqlardagi qoldiqlar, kliring, to’lovlar bitimlar yoki buxgalterlik o’tkazmalariga jalb etilmagan xodimlar tomonidan muntazam ravishda taqqoslanishi va auditorlik tekshiruvlaridan o’tkazilishi kerak;
52
d) agar bank brokerlik operatsiyalarini bajarsa, u har bir mijoz uchun hisobvaraqlar ochishi va mijozning qimmatli qog’ozlari bilan bajariladigan barcha operatsiyalari bo’yicha qimmatli qog’ozlarning turlari, operatsiyalar sanasi, sotilgan/ sotib olingan qimmatli qog’ozlar narxi va soni ko’rsatilagan holda yozuvlarni olib borishi lozim. Tijorat
banklarining mamlakat qimmatli qog’ozlar bozorining shakllanishiga ortib borayotan e’tibori, milliy iqtisodiyotning investitsiyalarga bo’lgan tobora o’sib boruvchi extiyojlari bilan o’zviy bokliqdir, chunki ularsiz ijtimoiy ishlab chiqarishni chuqur qayta qurish, eksport salohiyatini o’stirish va aholining turmush darajasini oshirish mumkin emas.
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling