yilning birinchi choragida jami birja aylanmasining 61,20 foizi tijorat banklari
hissasiga to’g’ri kelmoqda. Keyingi o’rin bilan solishtirsak, banklar qurilish
sohasidan 10 marta faolroq ishtirok etgan. Banklarning fond bozoridagi o’ziga
53
xosligi shundan iboratki, ular bir paytning o’zida ham emitent, ham investor,
ham vositachi sifatida faoliyat ko’rsatadigan professional ishtirokchilardir.
Qolaversa, banklar fond bozorining eng ishonchli hamkori hisoblanadi. Shu
jihatdan boshqa ishtirokchilardan ajralib turadi. Qimmatli qog’ozlar bilan
bo’ladigan har qanday operatsiyalarda ishlashga tayyor va faoliyatini
rivojlantirishga qodirdirlar.
Banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida faollashuvining muhim omili –
ularning ustav va aylanma fondlariga o’z qimmatli qog’ozlari emissiyasi asosida
qo’shimcha
resurslarni
jalb
etishda
extiyojning
kuchayib
borayotganidir.
Do'stlaringiz bilan baham: