O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalarning taqsimlanishi, umumiy


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#260106
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

Iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalarning taqsimlanishi, umumiy 

hajmga nisbatan foizda

11

 

Ko’rsatkichlar 

2010 

2011 


2012 

2013 


2014 

JAMI 

100 

100 

100 

100 

100 

shu jumladan: 

 

 

 



 

 

sanoat 



29,8 

32,6 


30,4 

34,5 


34,4 

qishloq xo’jaligi 

5,7 

4,4 


3,5 

4,1 


4,3 

Qurilish 

0,5 

0,9 


1,4 

2,3 


2,6 

transport va aloqa 

16,7 

24,1 


29,7 

18,2 


17,4 

savdo 


va 

umumiy 


ovqatlanish 

4,3 


1,6 

4,8 


4,8 


Geologiya 

0,1 


2,4 


1,9 

1,5 


uy-joy qurilishi 

13 


11 

15,1 


20 

20,9 


kommunal xo’jaligi 

4,7 


3,1 

1,9 


2,3 


sog’liqni saqlash 

2,4 


2,4 

2,2 


3,7 

2,8 


ta’lim 

14 


11,2 

2,7 


2,8 

2,7 


madaniyat va san’at 

1,1 


0,6 

0,9 


0,7 

0,6 


Boshqalar 

7,7 


4,2 

4,9 


5,8 

5,8 


Iqtisodiyot 

tarmoqlarida 

investitsiyalarning 

taqsimlanishiga 

nazar 

tashlaydigan  bo’lsak,  investitsiyalarning  asosiy  qismi  sanoat  sohasiga 



yo’naltirilayotganligining  guvohi  bo’lamiz.  2010  yilda  iqtisodiyotga  kiritilgan 

jami  investitsiyalarning  29,8  %  i  sanoat  sohasiga  to’g’ri  kelgan  bo’lsa,  2011 

yilda  bu  ko’rsatkich  32,6  ga  etgan.  2014  yil  yakunlari  bo’yicha  jami 

investitsiyalar tarkibida sanoatga yo’naltirilgan investitsiyalar 34,4 foizni atshkil 

                                                           

11

 



Банк ахборотномаси газетаси. 2015 йил 2 апрель. № 14 сони

 



41

 

 



qilishini kuzatish mumkin. Salmog’i jihatidan keyingi o’rinda transport va aloqa 

tarmog’i turadi. 2010 yilda tarnsport va aloqaga jami investitsiyalarning 16,7 %i 

, 2011 yilda 24,1 %i, 2012 yilda 29,7 5%i, 2013 yilda 18,2 %i, 2014 yilda esa 

17,4  %i  to’g’ri kelgan.  E’toborli  tomoni  so’nggi  yillarda  mamlakatimizda uy  – 

joy  qurilishi  sohasiga  investitsiyalar  hajmi  keskin  oshgan.  Xususan  2010  yilda 

bu  sohaga  13%  investitsiyalar  yo’naltirilgan  bo’lsa,  2014  yil  yakunlariga  ko’ra 

ushbu  tarmoqning  ulushi  20,9%  ga  etgan.  Buni  mamlakatimizda  aholining 

farovonligini  oshirish,  turmush  darajasini  yaxshilashga,  ularni  uy  –  joy  bilan 

ta’minlashga  qaratilgan  ijtimoiy  islohotlar  bilan  izohlash  mumkin. 

Mamlakatimizga  kiritilayotgan  xorijiy  investitsiyalarda  davlat  kafolatining 

kamayib  borishini  xorijiy  investorlarda  Respublikamizda  olib  borilayotgan 

iqtisodiy siyosatga bo’lgan ishonch ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. 

Bu  xorijiy  investorlarni  bizning  iqtisodiyotimizga  qiziqishini  ortirmoqda. 

Chunki,  ular  uchun  berilayotgan  soliq  imtiyozlari  foyda  olish  imkoniyatini 

oshirmoqda va mavjud soliq mehanizmi ularni faoliyatini tartibga solmoqda. 

Qisqacha  qilib  aytganda,  hozirgi  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash 

sharoitida  xorijiy  investitsiyalarni  soliq  mehanizmi  orqali  tartibga  solishni 

to’g’ri  yo’lga  qo’yilganligi  sababli,  yurtimizda  xorijiy  investitsiyalarni  jalb 

qilish yildan yilga ortib bormoqda. Buni tahlilar ham ko’rsatib turibdi. 

Tijorat  banklarining  investitsion  faoliyati  kengayib  bormoqda.  Bu  borada 

Prezidentimizning 

“Tijorat 

banklarining 

investitsiya 

loyihalarini 

moliyalashtirishga 

yo’naltiriladigan  uzoq  muddatli  kreditlari  ulushini 

ko’paytirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 

2009  yil  28  iyuldagi  PQ-1166-son  qarori  alohida  o’rin  tutadi.  Tijorat 

banklarining  investitsiya  faoliyati  kengaytirilishini  yanada  rag’batlantirish, 

iqtisodiyot  tarmoqlarini  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  qayta 

jihozlashga  yo’naltirilgan  uzoq  muddatli  investitsiya  loyihalarini  moliyalash 

hajmlarini  oshirish  uchun  ularning  resurs  bazasini  mustahkamlash  maqsadida 

tijorat  banklarining  tuzilmalari  qayta  tashkil  etildi,  eng  yirik  banklarda 

investitsiya  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  monitoring  qilish  bo’yicha 



42

 

 



departamentlar (boshqarmalar) tuzildi, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish, 

moliyalash  va  amalga  oshirilishini  monitoring  qilish  bilan  shug’ullanuvchi 

banklarning tarkibiy bo’linmalari sezilarli ravishda o’zgartirildi hamda ularning 

funktsiyalari kengaytirildi; 

Barcha  tijorat  banklarida  investitsiya  faoliyati  masalalariga  mutasaddilik 

qiladigan  banklar  boshqaruvi  raislarining  o’rinbosarlari  lavozimi  joriy  etildi, 

ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 oktyabrdagi R-3075-

sonli  farmoyishiga  muvofiq  o’tkazilgan  attestatsiya  natijalari  bo’yicha 

qonunchilik  bazasini  chuqur  biladigan,  investitsiya  loyihalarini  investitsiyaviy 

moliyalash,  tanlab  olish  va  ekspertiza  qilish  sohasida  zarur  ko’nikmalarga  ega 

bo’lgan rahbarlar tayinlandi; 

Banklar  balansiga  qabul  qilingan  bankrot-korxonalarni  moliyaviy 

sog’lomlashtirish,  iqtisodiyot  tarmoqlarini  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 

texnologik  qayta  jihozlashga  yo’naltirilgan  investitsiya  loyihalarini  moliyalash 

bo’yicha  tijorat  banklarining  faoliyati  rivojlandi.  Banklarning  umumiy  kredit 

portfeli  tarkibida  bir  yildan  ko’proq  muddatga  berilgan  kreditlar  hajmi  70 

foizdan ortiqroqni tashkil etmoqda. 

“Tijorat 

banklarining 

investitsiya 

loyihalarini 

moliyalashtirishga 

yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko’paytirishni rag’batlantirish 

borasidagi  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  2009  yil  28  iyuldagi  PQ-

1166-son  Prezident  qarorining  2  qismiga  muvofiq  quyidagilar  investitsiya 

faoliyatini  kengaytirish  sohasida  tijorat  banklarining  eng  muhim  vazifalari  deb 

hisoblanishi belgilab berildi

12



Yangi  ishlab  chiqarishlarni  tashkil  etish,  korxonalarni  modernizatsiya 

qilish,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash  bo’yicha  bankning  kredit  hamda 

investitsiya  siyosatini  va  investitsiya  loyihalarini  uzoq  muddatli  kreditlash 

                                                           

12

  "Тижорат  банкларининг  инвестиция  лойиҳаларини  молиялаштиришга  йўналтириладиган 



узоқ муддатли кредитлари улушини кўпайтиришни рағбатлантириш борасидаги қўшимча чора-

тадбирлар тўғрисида” 2009 йил 28 июль ПҚ-1166-сон 

 



43

 

 



mexanizmlarini  yanada  takomillashtirish,  buning  asosida  bankning  uzoq 

muddatli resurs bazasini mustahkamlash; 

Loyiha  hujjatlari,  ularning  moliyaviy  jihatdan  o’zini  qoplashi  va 

rentabelligini  chuqur  tahlil  qilish  asosida  investitsiya  loyihalarini  puxta  tanlab 

olish, kompleks baholash hamda sifatli ekspertiza qilishni ta’minlash; 

Investitsiya loyihalarini moliyalashga o’z moliya  mablag’larini sarflash va 

ulardan  samarali  foydalanish,  loyihalarning  amalga  oshirib  borilishini  doimiy 

monitoring  qilish,  qo’yilgan  mablag’larning  o’z  vaqtida  va  to’liq  qaytarilishini 

ta’minlash; 

Tavakkalchilik,  garovlar  va  ta’minlashning  boshqa  turlari  bozor  qiymatini 

puxta baholashni hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning o’z vaqtida hamda 

to’liq  qaytarilishini  ta’minlaydigan  ishonchli  mexanizmlardan  keng 

foydalanish;  investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar bo’linmalarini 

professional  tayyorlangan  yuqori  malakali  kadrlar  bilan  mustahkamlash, 

investitsiya  loyihalarini  tanlab  olish,  ekspertiza  qilish  va  amalga  oshirish 

masalalari  bo’yicha  bank  mutaxassislarini  qayta  tayyorlash  hamda  malakasini 

oshirish sifatini tubdan yaxshilash. 

Mazkur  Qarorga  muvofiq  2015  yilning  1  yanvarigacha  tijorat  banklari 

kredit  portfeli  tarkibida  uzoq  muddatli  investitsiyaviy  moliyalashning  ulushiga 

qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo’yicha foyda solig’i to’laydilar. 

 Tijorat  banklariga  korxona  va  tashkilotlar  -  yirik  investitsiya  loyihalari 

tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya 

loyihasini  amalga  oshirish  uchun  qabul  qilishda  umuman  loyihani  moliyalash 

uchun  beriladigan  kreditning  umumiy  summasiga  kiritgan  holda,  ekspertizadan 

o’tkazish bo’yicha xarajatlarni moliyalashga kreditlar berishni amaliyotga tatbiq 

qilish tavsiya etilishi belgilab berildi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tijorat  banklarining  Markaziy 

bankdagi  yuridik  shaxslarning  jalb  etiladigan  depozitlari  bo’yicha  majburiy 

zaxiralari  normalarining  tabaqalashtirilgan  stavkalarini  quyidagi  jalb  etish 

muddatlaridan  kelib  chiqqan  holda  amaliyotga  tatbiq  etildi,  ya’ni  muddati  1 




44

 

 



yildan 3 yilgacha bo’lgan depozitlar bo’yicha – umumjoriy etilgan normalarning 

80% miqdorida, muddati 3 yildan ortiq depozitlar bo’yicha – umumjoriy etilgan 

normalarning  70%  miqdorida  majburiy  zahira  stavkalari  amal  qiladigan  bo’ldi. 

Mazkur  qaror  va  boshqa  ko’rilgan  chora  –  tadbirlar  natijasida  mamlakatimiz 

tijorat banklarining investitsion faolligi yanada kuchaydi. 

Respublika  bank  tizimida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008 

yil 28 noyabrdagi «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, 

ularning  barqaror  ishlashini  ta’minlash  va  eksport  salohiyatini  oshirish  chora-

tadbirlari  Dasturi  to’g’risida»gi  PF-4058-sonli  Farmoni  boshqa  farmonva 

qarorlariga muvofiq, iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlash 

hajmlarini  yanada  oshirish,  shu  jumladan,  yangi  ishlab  chiqarish  korxonalarini 

barpo  etish,  mavjud  korxonalarni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik 

jihatdan 

yangilash 

bo’yicha  investitsion  loyihalarni  moliyalashtirish 

jarayonlarida  banklarning  ishtirokini  yanada  kengaytirishga  alohida  e’tibor 

berilmoqda.  

 


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling