O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish
II
BOB. RESPUBLIKAMIZ TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION FAOLIYATI TAHLILI 2.1. O’zbekiston tijorat banklarining real investitsiyalari tahlili Bozor munosabatlarini to’la shakillantirish hamda iqtisodiyotningg tarmoq va xududiy tuzilishida tarkibiy tuzulishlarni qayta o’zgartirishlar amalga oshirilayotgan xozirgi davrda investitsion faoliyatni kredit bilan ta’minlash hamda jalb etilgan investitsiyalardan samarali foydalanish mamlakatimiz iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo’lib kelmoqda. Investitsion kreditlar bilan ta’minlash iqtisodiy o’sishning eng muhim omili ekanligidan kelib chiqib investitsion kreditlash siyosati va investitsion kreditlarning faolligini oshirishining barqaror yo’nalishi mamlakatda vujudga kelgan barqaror ijtimoiy iqtisodiy ahvol va iqtisodiy iqlimining qulayligidan tashqari, investitsion kreditlarning jalb qilishni bugungi holatini ham ifodalaydi. U holda investitsion kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy negizini tashkil etar ekan, o’z navbatida bu takror ishlab chiqarish ma’lum investitsion kredit resurlarini iqtisodiyot soxalariga ta’sir etish bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonni ilmiy nuqtai-nazaridan investitsion kreditlarni jalb etish yo’nalishlari va mexanizmlari deb qarasak, uni tashkil etuvchi tarkibiy tizimini quyidagi mantiqiy chizma orqali ifodalash mumkin. (3-ilovaga qarang). Ushbu keltirilgan chizma ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki investitsion kredit jalb etish mexanizmining tarkibiy tizimi investitsion kredit berish siyosat, investitsion faoliyat va uning sub’ekti, ob’ekti, invetitsion iqlimi, investitsion jarayonlardan tashkil topib, ularning har biri tarkibiy tuzilishiga ega. Ushbularning ilmiy nuqtai nazaridan investitsion faoliyatning tashkiliy qismlari yoki investitsion kreditni amalga oshirish mexanizmi deb ham e’tirof etish mumkin. Investitsion kreditlash siyosati – davlat tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy – iqtisodiy hujjatlar orqali banklarni huquqlari va imtiyozlarini kafolatlash imkoniyatlari deb qarash mumkin.
35
Investitsion kreditlash sub’ekti – davlat, Banklar va boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el huquqiy va jismoniy shaxslari va boshqa sub’ektlar bo’lishi mumkin. Shu bois investitsion kreditni amalga oshiradigan davlat, banklar va boshqa huquqiy yoki jismoniy shaxslarni jumladan chet el huquqiy yoki jismoniy shaxslarini ham investorlar deb atash maqsadga muvofiqdir. “Investitsiya faoliyati to’g’risidagi” qonunda investitsion faoliyat ob’ektlari – moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish ob’ektlari investitsion faoliyatning obektlaridir deb qayd etilgan. Shuning uchun investitsion kredit sifatida yo’naltirilayotgan mablag’lar hamda ushbu mablag’lar yo’naltirilgan yoki tushgan joyni investitsiya ob’ekti sifatida qarash mumkin. Investor investitsion kreditlashni amalga oshirish uchun ma’lum miqdordagi mablag’ yoki investitsiya resurslariga ega bo’lishni yoki jamg’arishni talab etadi. Jamg’arma omonatlari, kredit resurslari kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni uzluksiz davom ettirish maqsadida zaruriy asosiy, aylanma va boshqa mablag’lar olinadi va ular ishlab chiqarishga sarflanishi natijasida kapital qo’yilmalar shaklida namayon bo’ladi. Natijada esa olingan mahsulot kapital mulkga aylanadi va uni investitsion jarayonda sotish orqali ma’lum miqdor foydaga yoki iqtisodiy samaraga erishiladi. Ushbu bosqichlarni ilmiy nuqtai nazardan investitsion jarayon sifatida ifoda etishimiz mumkin. Shu munosabat bilan investitsion jarayonni 4 bosqichga, ya’ni dastlabki bosqich, investitsion kreditni amalga oshirilayotgshan davr, investitsion kreditlash tugagan davr va investitsion kreditlash natijasi davrlariga bo’lish mumkin. Ushbu bosqichlarda investitsiya resurslari mos ravishda - jamg’armalar, kapital qo’yilmalar, kapital mulk va iqtisodiy samara ko’rinishlariga ega bo’ladi. Demak, investitsion kreditlash jarayonida bank, investitsion kredit resurslarini sarf qiladigan sohalarga o’zi ko’zlagan maqsadni, asosan foyda olish yoki samaraga erishish uchun joylashtiriladi va bank amalga oshirgan bunday faoliyat investitsion kreditlash faoliyat ko’rinishda ifodalanadi.
36
Hozirda, ichki va tashqi investitsion kreditlarni rag’batlantirishga qaratilgan qator imtiyozlar joriy etilganiga qaramay, ushbu faoliyatni jozibadorligini ta’minlash etarli darajada bo’lmaganligi sababli banklar va boshqa investorlar tomonidan o’zining mablag’ini ishlab chiqarishdan ko’ra muomala sohasiga qo’yishni daromadliroq hisoblanmoqda. Bozor
iqtisodiyotinin xo’jalik sub’ektlarida moliyaviy resurslar etishmasligi sarmoya qo’yish darajasini oshirishning chegaralab turuvchi asosiy sabablardan biri bo’layotganligi bois, bugungi kunda nafaqat xo’jalik sub’ektlariga balkim iqtisodiyotga investitsion kreditlar jalb qilishni banklari orqali amalga oshirishni jadallashtirish asosiy muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Investitsion faoliyat va uning manbalari iqtisodiyot rivojining jadal suratlarini belgilab berish bilan birga u har qanday tizimda ko’p jihatdan mintaqa va mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sib borishini va taraqqiy etish darajasini ham ifoda etishi lozim. Jahon amaliyotida davlatning investitsion jarayonlarga aralashuvining qo’yidagi shakillari keng qo’llaniladi: - Byudjet hisobidan subsidiyalar berish; - Xorijiy kreditlarning bir qismini ajratish; - Imtiyozli kreditlash; - Asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya siyosati; - Reinvestitsion foydaga, chetdan olib kelishdan uskuna, materiallar, xom ashyoga va chetga eksport qilinadigan tayyor mahsulotga imtiyozli soliqlar belgilash. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va
iqtisodiyotni modernizatsiyalashning muhim omillaridan biri — iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb
etishdan iborat.
Xorijiy investitsiyalarni jadal harakatlanishiga mamamlakatda qulay investitsion muhit yaratilgan bo’lishi lozim. Bu borada mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 37
tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy va me’yoriy asoslarini takomillashtirish; xorijiy investorlarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini izchillik bilan olib borish; xorijiy investitsiyalarni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqariladigan ustuvor tarmoqlarga yo’naltirish. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish o’tish davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog’liq. Ushbu vazifalarni bajarish natijasida o’tgan yillarda investitsiyalarni o’sishi jadallashdi. Bank samarali investitsiya faoliyatining asosiy maqsadi, eng samarali va xatarsiz moliyaviy dastaklarni tanlab olish orqali investitsiya strategiyasining amalga oshirilishini ta’minlash hisoblanadi. Asosiy maqsaddan kelib chiqib, tanlab olingan strategiya hamda uning amaliy investitsiya faoliyatini amalga oshirish xususiyatlarini hisobga
olib, bank
investitsiya portfelini shakllantirishning aniq maqsadlari tizimi quriladi.
2014 yilda respublika bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor
vazifalariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi dasturiy ma’ruzasi, 2010 yil 26 noyabrdagi PQ- 1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya- bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks chora-tadbirlar» Dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling