O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Investitsiyalarning funktsional tuzilmasi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish
Investitsiyalarning funktsional tuzilmasi
Moliyalashtirish manbalari bo’yicha investitsiyalar tuzilmasi Investitsiyalar ni qayta ishlab chiqarish tu-
zilmasi
Investitsiyalar ni texnogik tuzilmasi Investitsiyalar ni mulk
shakllari bo’yicha tuzilmasi Investitsiyalar ni tarmoqlar tuzilma Investitsiyalarni mintaqaviy huquqiy tuzilmasi Investitsiya- larni moliya- viy tuzilmasi Asosiy jamg’arma investitsiyalarinin g iqtisodiy tuzilmasi Jamg’arma qo’yilmalarini hududiy
tuzilmasi 12
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish katta moliyaviy resurslarni, shu jumladan qarzga olinganlarini ham safarbar qilinishini talab qilgani sababli, tijorat banki investitsiya portfelini shakllantirish paytida unga doimiy to’lovga qobillikni ta’minlaydigan yuqori darajali joriy daromadli loyihalarni kiritish lozim. Bundan tashqari, joriy daromadlarning bir qismi investitsiya faoliyati optimal tuzilmasini saqlab turish maqsadida jamg’armalashtirilishi mumkin; 3) Bank investitsiya risklarini minimallashtirilishini ta’minlash. Daromad o’sishining yuqori sur’atlarini ta’minlaydigan alohida olingan investitsiya dastaklari, yuqori darajali risklarga ega bo’lishi mumkin. Biroq investitsiya portfeli doirasida bu daraja investitsiya faoliyatining alohida yo’nalishlari miqyosida minimallashtirilishi lozim. Bank investitsiya portfeli bo’yicha risklarning umumiy darajasini minimallashtirish jarayonida asosiy e’tibor jamg’armani yo’qotish riskini minimallashtirishga qaratiladi. Bundan tashqari, investitsiya portfeli bo’yicha risk nazoratga olingan bo’lishi kerak; 4) tijorat banklarining investitsiya faoliyati likvidligini yetarli darajasini ta’minlash. Investitsiya portfelini samarali boshqarilishiga erishish, jamg’armani nisbatan foydali investitsiya dastaklariga tez fursatda qayta investitsiyalash imkoniyatlarini ta’minlash uchun investitsiya portfelining ma’lum qismi yuqori likvidli xarakterga ega bo’lishi lozim. Investitsiya portfelining likvidlik darajasi davlatning investitsion iqlimi, investitsiya bozori kon’yunkturasining jo’shqinligi hamda banklar investitsiya faoliyatining o’ziga xos xususiyati bilan belgilanadi. Investitsiyalarning asosiy massasi, ya’ni, ulushi tijorat banklari tomonidan ishlab chiqiladigan tegishli mezon ko’rsatkichlari asosiga kiritilishi mumkin. Investitsiya portfelini shakllantirish vaqtida qimmatli qog’ozlar bozorining har qaysi qatnashchisi:
uning uchun maqbul bo’lgan jamg’arma o’sishini minimal sur’atining me’yoriy ko’rsatkichlarini; 13
joriy daromadlilikning minimal darajasini (yoki joriy daromadlilik me’yorini); investitsiya riskining maksimal darajasini;
yuqori likvidli investitsiya dastaklarining jamg’arma sig’imiga ko’ra minimal ulushini belgilashi mumkin. Mazkur mezon bir qator ko’rsatkichlaridan nafaqat umumiy portfel borasida, balki portfel uchun investitsiyaning aniq moliyaviy dastaklarini tanlash vaqtida ham qo’llanishi mumkin. Bundan tashqari, jahondagi ko’pchilik davlatlarning tartibga soluvchi organlari banklarga o’z investitsiya siyosatini yozma ravishdagi hujjatda ifodalashni tavsiya etib, unda quyidagi jihatlar ajratiladi: 1) bank qabul qilishni mo’ljallagan qimmatli qog’ozni o’z vaqtida so’ndirmaslik riski; 2) so’ndirilishiga qadar qimmatli qog’ozlar aylanishining rejadagi muddatlari, shuningdek, barcha sotib olingan qimmatli qog’ozlarning likvidlik darajasi; 3) bank o’zining investitsiya portfeli yordamida erishmoqchi bo’lgan maqsadi; 4) bank yordamida riskni pasaytirishni mo’ljallayotgan investitsiya portfelining diversifikatsiyasi. Mazkur strategiya tarkibiga kiradigan moliyaviy aktivlarning bir qismi bank uchun jamg’arma qiymatini o’stiradi, boshqasi esa – daromad keltiradi. Bunda bitta qismdan ko’rilgan zarar, ikkinchidan olingan daromad bilan qoplanishi mumkin. Shunday qilib, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatini iqtisodiy mohiyati va ahamiyati shundaki, turli sohalarda faoliyat yurituvchi mijozlarni tijorat banklarga jalb qilish yo’li bilan qimmatli qog’ozlar bozorini takomillashtirish, foyda olish maqsadida xo’jalik yurituvchi su’ektlarni bo’sh moliyaviy resurslarini investitsiyalarga samarali joylashtirish va investitsiya faoliyati natijasida tadbirkorlik faoliyati ob’ektlarini mulkiy va 14
intellektual boyliklarini daromad shakli va boshqa foyda samaradorligiga yo’naltirishdan iboratdir. Rivojlangan qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarning investitsiya faoliyatini maqsadini belgilaydigan asosiy omillar daromad olish hamda aktivlarning ma’lum guruhini bundan ko’ra yuqori likvidliligini ta’minlash ehtiyoji bilan shartlangan. Bankni investitsiya strategiyasi maqsadlarni uyg’unlashuvi asosida yaratiladi, ya’ni:
uchun qo’shimcha pul mablag’larini jalb qilish; mablag’larni qimmatli qog’ozlarga investitsiyalashdan bankka to’lanadigan foizlar va dividendlar hamda qimmatli qog’ozlarni kurs bo’yicha qiymati o’sishi hisobiga foyda olish;
bank ta’sir ko’rsatish doirasini raqobatni kengaytirish hamda korxonalar va tashkilotlar jamg’armasida qatnashish hisobiga mijozlarni jalb qilish;
bankni likvid mablag’lariga qo’yilmalar daromadliligini ta’minlagan holda likvidlilikni kerakli zaxirasini ushlab turish;
oshirishdan foyda olish. Qimmatli qog’ozlarni milliy bozori oborotlari o’sgani sari banklar uning eng faol institutsional qatnashchilariga aylanib, emissiya faoliyati hajmlarini, amalga oshiriladigan operatsiyalar nomenklaturasini hamda ko’rsatiladigan operatsiyalar assortimentini kengaytirib boradilar. Bank qimmatli qog’ozlar bozori va dastaklari bilan banklarni operatsiyalarining asosiy huquqiy bazasi O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Prezidentimizning farmonlarida belgilab berilgan, jumladan «Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida», «Banklar va bank faoliyati to’g’risida», «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarni huquqlarini himoyalash to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar bozorini amal qilish mexanizmi to’g’risida», shuningdek tijorat banklari
15
faoliyatini tartibga soladigan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlaridan iborat. Tijorat banklarining yuqorida shakllantirilgan investitsiya faoliyatini amalga oshirish strategiyasi bank investitsiya faoliyatining maqsadlari, ustuvor yo’nalishlari va uslublari bilan farqlanuvchi quyidagi bosqichlarning ajratib ko’rsatilishini ko’zda tutadi:
davr bo’lib, ayrim tijorat banklarining (masalan, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Asakabank) yagona yo’nalishga ega bo’lgan yirik investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtiroki mazkur davrga xosdir; barqaror rivojlanish bosqichi. Bu bosqich 2000 yildan boshlanib hozirgi kungacha davom etmoqda, mazkur davr chegaralarida investitsiya o’sishi davom etmoqda, tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaymoqda, ammo eng muhimi, bank investitsiyalarining mamlakat umumiy investitsiya faoliyatiga ta’siri kuchaymoqda; uchinchi bosqich , aftidan, 2005 yildan keyin boshlanib, bunda kompleks multiplikativ turdagi investitsiya loyihalari afzal ko’rilishi bilan ajralib turadi. Buning evaziga iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgartishlar amalga oshirilishi va mamlakat ishlab chiqarish salohiyatini barqaror ravishda o’stirishga erishish mumkin bo’ladi. Tijorat bankining investitsiya siyosati investitsiya portfeli strukturasida o’z ifodasini topmoqda. Banklar investitsiya protfellarining bir qancha turlari mavjudligini ta’kidlab o’tish mumkin, ular strategik vazifalar va investitsiya rejalarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Tijorat bankining investitsiya faoliyatiga asos qilib olinadigan investitsiya maqsadlari, odatda, quyidagi tarzda shakllantiriladi:
investitsion vazifalarni hal etish uchun mablag’larni bir joyga jamlash; yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda soliq imtiyozlarni olish. Strategik maqsadlarni o’z ichiga olgan bank investitsiya rejasi investitsiya 16
dasturida – bank maqsadlariga erishishga qaratilgan tadbirlar muayyan tizimida o’z aksini topishi lozim. Eng avvalo tez o’suvchi investitsiya portfelini ta’kidlab o’tish mumkin. Investitsiya portfeli bu turi bozor iqtisodiyotining qaror topish va rivojlanish davriga xosdir. Mazkur davrda tijorat banklari cheklangan sarmoyaga ega bo’lgan holda, o’z kapitalining tez o’sishiga katta ahamiyat beradilar, shuning uchun ham ular o’zlarining investitsiyam faoliyatida ko’proq jadal o’sayotgan tarmoqlarining aksiyalarini xarid qilishni ko’zda tutadilar yoki o’z mablag’larini xarajatlari tez qoplanadigan tarmoqlar (savdo)ni rivojlantirishga sarflaydilar. Biroq, banklar mablag’larining bunday sarflanishi katta xatar bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, bu kabi portfel sust diversifikatsiyalangan. Investitsion faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar. Rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining investitsion faoliyati daromad keltirish nuqtai nazaridan bank daromadi tartibida kredit foizidan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Tijorat banklari investitsion faoliyatining daromadlilik darajasiga bir qator iqtisodiy va tashkiliy omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar orasida asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Bular: davlatning barqaror rivojlanuvchi iqtisodiyoti; tovar ishlab chiqarish va xizmat sohasidagi turli mulkchilik shakllarining mavjudligi, shu jumladan bank faoliyatida xususiy va aksioner mulk shakllarining ustuvorligi; kredit-moliya tizimining bir me’yorda va aniq faoliyat yurituvchi strukturasininng mavjudligi;
qimmatbaho qog’ozlar bozorining zamonaviy va rivojlangan muassasalarining mavjudligi;
bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qiluvchi qonuniy aktlar va tartiblarining mavjudligi; 17
tijorat banklarining xalqaro investitsion faoliyatini yuritish amaliyotida bo’lgan yuqori sifatli qimmatli qog’ozlar muomalasining amal qilishi;
investitsion faoliyat soxasi va qimmatli qog’ozlar bozori uchun mo’ljallangan yuqori malakali mutaxassislar va tadbirkorlarning mavjudligi, ularni tayyorlash va boshqarish. Masalan, AQSh iqtisodiyoti barqaror bo’lganligi uchun AQSh federal hukumatining qimmatli qog’ozlari risklardan holi hisoblanadi. Davlat hokimiyatining nafaqat zayomlar olishi, balki o’z majburiyatlarini to’lash qobiliyatiga ega bo’lishi davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil qilish va butun moliya-kredit mexanizmining faoliyat yuritishi uchun muhimdir. Bozor riskining mohiyati qimmatli qog’ozlar bozorda kutilmagan o’zgarishlar yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lib, bu o’zgarishlar natijasida ba’zi bir qimmatli qog’ozlarning investitsiya ob’ekti sifatida qadri tushushi mumkin va ularning sotuvini faqatgina katta chegirma (skidka) bilan amalga oshirish mumkin bo’ladi. Tijorat bankining o’z likvidliligini xavf ostiga qo’yib daromad olish maqsadida salmoqli mablag’larini investitsion faoliyatiga qo’yishi bank ishida katta yoki kichik miqdorda investitsion riskning yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadi. Bunday holda tijorat banklarining investitsion faoliyati qimmatbaho qog’ozlar bilan aktiv operatsiyalar olib borish riski bilan bog’liqdir. Bu esa o’z navbatida bank rahbariyatidan bu sohada aniq taktika, strategiya va ish rejasini ishlab chiqishini, ya’ni, investitsiya siyosatini ishlab chiqishni talab etadi. Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish. Shunday qilib, banklar tizimida investitsiya siyosati, tijorat banklari faoliyatining bir yo’nalishi bo’lib, u ma’lum risk darajasiga asoslangan bankning qimmatbaho qog’ozlar bilan aktiv operatsiyalarini o’z ichiga oladi va bank faoliyatining daromadliligi va likvidliligini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. Jahon amaliyotida tijorat banklari investitsiya sohasida yuqori tajribaga ega. Shuning uchun ham jahon amaliyotida erishilgan yutuqlarga asoslangan holda investitsiya faoliyatining asosiy maqsadlari, vazifalari, mollari, 18
strategiyasi va taktikasini hisobga olgan holda tijorat banklarining investitsiya siyosatini amalga oshirish bo’yicha "investitsiyaning oltin qoidasi" ishlab chiqilgan. Unga ko’ra "Qimmatli qog’ozlardan keladigan daromad har doim investor shu daromadni olish uchun to’qnash keladigan risk darajasiga proportsionaldir". Investitsiya faoliyatining tamoyillari va qimmatli qog’ozlarga mablag’larni qo’yishning asosiy omillari-daromadlilik, likvidlik va risk orasidagi bog’liqlikdan kelib chiqqan holda har bir tijorat banki yuqoridagi omillar ta’sirini anglagan yoki anglamagan holda yoki bu investitsiya siyosatini yaxshi yoki yomon amalga oshiradi. Bu o’z navbatida bankning investitsiya siyosatida bank tomonidan ma’lum darajadagi investitsiya riskiga yuborishini bildiradi va tijorat bankining investitsiya siyosatida tegishli choralar ishlab chiqish zarurligini anglatadi. Investitsiya bilan bog’lik risklarni kamaytirish usullaridan biri bu banklarning investitsiya portfelini diversifikatsiya qilishdir. Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish bankning investitsiya portfelida turli xil ko’pdan-ko’p qimmatli qog’ozlarning mavjudligiga erishishni bildiradi. Diversifikatsiya usulida investitsiya siyosatini amalga oshirishda qimmatli qog’ozlarning har xil xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bular:
ularning to’lash muddati va sifati (ta’minlangani), emitentning salohiyati, qimmatli qog’ozlarning sifati bo’yicha diversifikatsiya qilinishi:
qilinishi,
qimmatli qog’ozlarning to`lanish muddati bo’yicha majburiyatlarning turi va h.k Yuqoridagi belgilar bo’yicha ta’minlanganligiga ko’ra diversifikatsiya qila turib investitsiya siyosatining maqsadlari aniqlanadi. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar portfelini diversifikatsiya qilishning quyidagi turlari mavjud. Bular qimmatli qog’ozlarning turlari, 19
muddlati bo’yicha diversifikatsiya qilish, qimmatli qog’ozlarning emitentlari bo’yicha diversifikatsiya qilish va boshqalar. Qimmatli qog’oz sifatiga doir diversifikatsiyaning asosiy maqsadi - riskni minimallashtirish (u emitentning o’z majburiyatlarini bajara olmay qolishlik ehtimoli bilan belgilanadi). Shu munosabat bilan aksiya sifatining ta’minlanganlik darajasi bo’yicha diversifikatsiya usuli ham mavjud bo’lib, nazariyotchilar fikricha, u bir qator omillarni o’rganib chiqishni talab qiladi: Bular emitent qanday faoliyat bilan shug’ullanishini, aksiya daromadi, dividend miqdori, kompaniya aksiyasining joriy narxi, zaxirasi, kompaniyani kim boshqarayotganligi va boshqalar bo’lib, ko’rsatilgan savollarga javobni emissiya prospekti va birja axborotnomalaridan olish mumkin. Qimmatli qog’ozlarning geografik tarqalishiga nisbatan diversifikatsiya maqsadi - tegishli rayonlardagi iqtisodiy qiyinchiliklar ro’y berganda yuzaga keladigan risklarni kamaytirishdan iborat. Qimmatli qog’ozlarning to’lash muddati bo’yicha diversifikatsiyadan maqsadi foiz stavkalarining tebranishi bilan bog’liq risklarning oldini olishdan iboratdir. Bu investitsiya siyosatini amalga oshirishda tijorat banklari odatda qimmatli qog’ozlarning tugatilish muddati bo’yicha pog’onali strukturadan foydalanishadi. Bundan pog’onali struktura natijasida muddati tugagan qimmatli qog’ozlar bo’lmaydi va ularni uzoq muddatli yuqori daromadli qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish imkoni tug’iladi. Qimmatli qog’ozlarning foiz darajalari prognozi amaliyotida nazariyadan farq qiladi. Shuning uchun tijorat banklari prognoz natijalarining ishonchlilik darajasini oshirish maqsadida foiz stavkalarini tarkibini tahlil qiladilar. Odatda jahon amaliyotida tijorat banklari o’z investitsiya siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirish uchun boshqarish strukturasida maxsus investitsiya bo’limlarini tashkil qilishadi. Bo’limdagi xodimlar soni bir qator omillarga bog’liq bo’lishi mumkin. Bular: qimmatli qog’ozlar portfeli kattaligi, bo’lim tomonidan qimmatli qog’ozlarni sotib olish va sotib olish bo’yicha bajariladigan funktsiyalarga, bankning mijozlariga ko’rsatadigan xizmatlarga, qimmatli 20
qog’ozlar turi va sifatiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Bo’lim ishchilarining malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, ular bajarayotgan vazifa, ishning sifati ham shunchalik yuqori bo’ladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling