investitsion faoliyatining asosiy vazifasi faqat xususiy bank sektorini rivojlantirish emas,
balki, bank sarmoyalarining pul mablag’larini bir joyga jamlab, ularni turfa investitsiya
maqsadlarida ishlatishdan, ishlab chiqarishga yo’naltirishdan iborat. Bu asosan
xususiylashtirishning birinchi bosqichida amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifasi shu nuqtai
nazardan qaraydigan bo’lsak, agar aksiyalashtirish jarayonida korxonani boshqarish,
uning ishlab chiqarishga ta’sir qilishi ko’zda tutilib, qimmatli qog’ozlarni yirik
Муллажонов Ф.М. “2014 йилда пул-кредит соҳасидаги вазият ва монетар сиёсатнинг 2015 йилга
6
to’plamlari bilan savdo qilish avj olsa, biz qimmatli qog’ozlarning to’la qonli va
serharakat bozorini yarata olmaymiz. Bozor ko’p miqdordagi sarmoyadorlarning
mablag’larini yig’ib, uni turli xil qo’yilmalar uchun taqsimlashi lozim. Bu
bozorning hajmdorligiga va xilma-xilligiga, ya’ni, muomaladagi qimmatli
qog’ozlarning mumkin qadar sarmoyadorlar o’rtasida tarqatilishiga bog’liq. Fond
bozori respublikamizdagi tijorat banklarining investitsiya faoliyatini boyitib, uni
yangi bosqichga olib chiqadi, ya’ni, kreditlashni qimmatli qog’ozlar vositasida
amalga oshiriladigan usullar bilan ta’minlaydi. Shu jihatdan u davlatning
umumiy makroiqtisodiy siyosati - pul, soliq, budjet siyosatlari xosilalaridir.
Tijorat banklari ham o’z navbatida bu jarayonda ishtirok etib, xalq xo’jaligini
kreditlashning yangi usullarini o’zlashtirmoqda, ya’ni, korxonalar chiqargan
qimmatli qog’ozlarni sotib olish yo’li bilan sarmoyalar ajratmoqda. Ko’plab
sarmoyadorlarning mablag’larini fond bozori vositalari yordamida to’plash va
investitsiyalarga, ishlab chiqarishni rivojlantrishga yo’naltirish lozim. Barcha
vositalar - imtiyozlar ham, sarmoyadorlar xavfsizligini ta’minlash ham,
bozorning ochiq bo’lishi ham, moliya muassasalarini nazorat qilish ham xuddi
shu maqsadlarga yo’naltirilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: