O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalarning taqsimlanishi, umumiy
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- JAMI 100 100 100 100 100
Iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalarning taqsimlanishi, umumiy
hajmga nisbatan foizda 11 Ko’rsatkichlar 2010 2011
2012 2013
2014 JAMI 100 100 100 100 100 shu jumladan:
sanoat 29,8 32,6
30,4 34,5
34,4 qishloq xo’jaligi 5,7 4,4
3,5 4,1
4,3 Qurilish 0,5 0,9
1,4 2,3
2,6 transport va aloqa 16,7 24,1
29,7 18,2
17,4 savdo
va umumiy
ovqatlanish 4,3
1,6 4,8
4 4,8
Geologiya 0,1
4 2,4
1,9 1,5
uy-joy qurilishi 13
11 15,1
20 20,9
kommunal xo’jaligi 4,7
3,1 1,9
2 2,3
sog’liqni saqlash 2,4
2,4 2,2
3,7 2,8
ta’lim 14
11,2 2,7
2,8 2,7
madaniyat va san’at 1,1
0,6 0,9
0,7 0,6
Boshqalar 7,7
4,2 4,9
5,8 5,8
Iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalarning taqsimlanishiga nazar tashlaydigan bo’lsak, investitsiyalarning asosiy qismi sanoat sohasiga yo’naltirilayotganligining guvohi bo’lamiz. 2010 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalarning 29,8 % i sanoat sohasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2011 yilda bu ko’rsatkich 32,6 ga etgan. 2014 yil yakunlari bo’yicha jami investitsiyalar tarkibida sanoatga yo’naltirilgan investitsiyalar 34,4 foizni atshkil
11
Банк ахборотномаси газетаси. 2015 йил 2 апрель. № 14 сони
41
qilishini kuzatish mumkin. Salmog’i jihatidan keyingi o’rinda transport va aloqa tarmog’i turadi. 2010 yilda tarnsport va aloqaga jami investitsiyalarning 16,7 %i , 2011 yilda 24,1 %i, 2012 yilda 29,7 5%i, 2013 yilda 18,2 %i, 2014 yilda esa 17,4 %i to’g’ri kelgan. E’toborli tomoni so’nggi yillarda mamlakatimizda uy – joy qurilishi sohasiga investitsiyalar hajmi keskin oshgan. Xususan 2010 yilda bu sohaga 13% investitsiyalar yo’naltirilgan bo’lsa, 2014 yil yakunlariga ko’ra ushbu tarmoqning ulushi 20,9% ga etgan. Buni mamlakatimizda aholining farovonligini oshirish, turmush darajasini yaxshilashga, ularni uy – joy bilan ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy islohotlar bilan izohlash mumkin. Mamlakatimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalarda davlat kafolatining kamayib borishini xorijiy investorlarda Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo’lgan ishonch ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Bu xorijiy investorlarni bizning iqtisodiyotimizga qiziqishini ortirmoqda. Chunki, ular uchun berilayotgan soliq imtiyozlari foyda olish imkoniyatini oshirmoqda va mavjud soliq mehanizmi ularni faoliyatini tartibga solmoqda. Qisqacha qilib aytganda, hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy investitsiyalarni soliq mehanizmi orqali tartibga solishni to’g’ri yo’lga qo’yilganligi sababli, yurtimizda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yildan yilga ortib bormoqda. Buni tahlilar ham ko’rsatib turibdi. Tijorat banklarining investitsion faoliyati kengayib bormoqda. Bu borada Prezidentimizning “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko’paytirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-son qarori alohida o’rin tutadi. Tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada rag’batlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo’naltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida tijorat banklarining tuzilmalari qayta tashkil etildi, eng yirik banklarda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo’yicha
42
departamentlar (boshqarmalar) tuzildi, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish, moliyalash va amalga oshirilishini monitoring qilish bilan shug’ullanuvchi banklarning tarkibiy bo’linmalari sezilarli ravishda o’zgartirildi hamda ularning funktsiyalari kengaytirildi; Barcha tijorat banklarida investitsiya faoliyati masalalariga mutasaddilik qiladigan banklar boshqaruvi raislarining o’rinbosarlari lavozimi joriy etildi, ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 oktyabrdagi R-3075- sonli farmoyishiga muvofiq o’tkazilgan attestatsiya natijalari bo’yicha qonunchilik bazasini chuqur biladigan, investitsiya loyihalarini investitsiyaviy moliyalash, tanlab olish va ekspertiza qilish sohasida zarur ko’nikmalarga ega bo’lgan rahbarlar tayinlandi; Banklar balansiga qabul qilingan bankrot-korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini moliyalash bo’yicha tijorat banklarining faoliyati rivojlandi. Banklarning umumiy kredit portfeli tarkibida bir yildan ko’proq muddatga berilgan kreditlar hajmi 70 foizdan ortiqroqni tashkil etmoqda. “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko’paytirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2009 yil 28 iyuldagi PQ- 1166-son Prezident qarorining 2 qismiga muvofiq quyidagilar investitsiya faoliyatini kengaytirish sohasida tijorat banklarining eng muhim vazifalari deb hisoblanishi belgilab berildi 12 : Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha bankning kredit hamda investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash
12 "Тижорат банкларининг инвестиция лойиҳаларини молиялаштиришга йўналтириладиган узоқ муддатли кредитлари улушини кўпайтиришни рағбатлантириш борасидаги қўшимча чора- тадбирлар тўғрисида” 2009 йил 28 июль ПҚ-1166-сон
43
mexanizmlarini yanada takomillashtirish, buning asosida bankning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash; Loyiha hujjatlari, ularning moliyaviy jihatdan o’zini qoplashi va rentabelligini chuqur tahlil qilish asosida investitsiya loyihalarini puxta tanlab olish, kompleks baholash hamda sifatli ekspertiza qilishni ta’minlash; Investitsiya loyihalarini moliyalashga o’z moliya mablag’larini sarflash va ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy monitoring qilish, qo’yilgan mablag’larning o’z vaqtida va to’liq qaytarilishini ta’minlash; Tavakkalchilik, garovlar va ta’minlashning boshqa turlari bozor qiymatini puxta baholashni hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning o’z vaqtida hamda to’liq qaytarilishini ta’minlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng foydalanish; investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar bo’linmalarini professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari bo’yicha bank mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sifatini tubdan yaxshilash. Mazkur Qarorga muvofiq 2015 yilning 1 yanvarigacha tijorat banklari kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo’yicha foyda solig’i to’laydilar. Tijorat banklariga korxona va tashkilotlar - yirik investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda umuman loyihani moliyalash uchun beriladigan kreditning umumiy summasiga kiritgan holda, ekspertizadan o’tkazish bo’yicha xarajatlarni moliyalashga kreditlar berishni amaliyotga tatbiq qilish tavsiya etilishi belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining Markaziy bankdagi yuridik shaxslarning jalb etiladigan depozitlari bo’yicha majburiy zaxiralari normalarining tabaqalashtirilgan stavkalarini quyidagi jalb etish muddatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotga tatbiq etildi, ya’ni muddati 1 44
yildan 3 yilgacha bo’lgan depozitlar bo’yicha – umumjoriy etilgan normalarning 80% miqdorida, muddati 3 yildan ortiq depozitlar bo’yicha – umumjoriy etilgan normalarning 70% miqdorida majburiy zahira stavkalari amal qiladigan bo’ldi. Mazkur qaror va boshqa ko’rilgan chora – tadbirlar natijasida mamlakatimiz tijorat banklarining investitsion faolligi yanada kuchaydi. Respublika bank tizimida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora- tadbirlari Dasturi to’g’risida»gi PF-4058-sonli Farmoni boshqa farmonva qarorlariga muvofiq, iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlash hajmlarini yanada oshirish, shu jumladan, yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo’yicha investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarida banklarning ishtirokini yanada kengaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling