O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
11.1-chizma. Aholi ehtiyojlari va turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar
Xalqaro Mehnat Tashkiloti konventsiyalariga muvofiq har bir inson o’zi va oilasining salomatligi, farovonligini ta’minlovchi turmush darajasiga (oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy, tibbiy parvarish, ijtimoiy xizmatlar), shuningdek, ishsizlik, nogironlik, bevalik holatlarida ta’minot olish huquqiga ega. Barcha huquqlar ko’pchilik mamlakatlarda milliy kontseptsiyalar asosida amalga oshiriladi. Turmush darajasi kontseptsiyasi tamoyillar va ko’rsatkichlar tizimiga asoslanuvchi hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan g’oyani ifodalaydi. Turmush darajasining kontseptsiyasi ko’zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirish strategiyasi, yo’nalishlari va bosqichlarini belgilab beradi. Sobiq Ittifoq davrida kommunizm qurish va «har kimda qobiliyatiga yarasha, har kimning ehtiyojiga yarasha» tamoyilini amalga oshirish asosiy maqsad sanalar edi. Bu aslida sho’ro jamiyatining turmush darajasi kontseptsiyasi vazifasini o’tagan. Mazkur kontseptsiya mehnatkashlarning muntazam o’sib borayotgan ehtiyojlarini imkon qadar qondirishni ko’zda tutgan. Umuman olganda, sho’rolar davrida mehnatkashlar ehtiyojlarini qondirish bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirildi. Ularning daromadlari, ish haqlari o’sib bordi, ammo bu daromadlar salmog’i, ehtiyojlar tarkibi va hajmi xalqaro o’lchovlar bilan taqqoslaganda juda past edi. Shu bilan birga amal qilgan turmush darajasi kontseptsiyasi real bo’lmasdan, ko’proq ideal turmush modelini eslatardi. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishi Ilmiy-texnik taraqqiyot Aholining madaniy- ma’rifiy saviyasi Boshqa omillar Turmush darajasi Aholi ehtiyojlari Ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari holati Aholi daromadlari va ish haqi 208 Bozor munosabatlariga o’tish davrida O’zbekistonda yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga javob beradigan turmush darajasi kontseptsiyasi yaratishga zarurat tug’ildi. Shu asosda O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan izchil siyosat olib borila boshladi. Mazkur siyosat respublikada inson manfaati ustuvorligini ta’minlashi qaratilgan bo’lib, uning doirasida qisqa va o’rta muddatli maqsadli ijtimoiy dasturlar ishlab chiqildi va faol amalga oshirila boshladi. Tarixiy jihatdan «turmush sifati» kontseptsiyasi inson hayot faoliyatining iqtisodiy parametrlarini aks ettiruvchi «global ish bilan bandlik», «turmush darajasi», «mehnat faoliyati sifati» kabi kontseptsiyalarning rivojlanishi va o’zaro uyg’unlashuv asosida yuzaga kelgan. Turmush sifati kontseptsiyasi inson jamoalarining jismoniy, aqliy va ijtimoiy barkamolligini belgilovchi shartlarni shakllantiradi. Bu yerda gap faqat turmush sifatini (ovqatlanish, uy-joy, ish bilan bandlik, ta’lim darajasi) baholovchi ob’yektiv omillar haqida emas, balki inson tomonidan o’z farovonligi, baxt, qoniqish, rohat kabi tushunchalarni sub’yektiv his etish to’g’risida ham bormoqda. Masalan, sog’liq darajasi, oilaviy munosabatlari, ishi, moddiy ahvoli, yaratuvchanlik qobiliyati va hokazolardan qoniqish hayotdan qoniqish hosil qilishning muhim komponenti hisoblanadi. Shunday qilib, turmush sifati kontseptsiyasi insonning atrof-muhit bilan o’zaro munosabatlarini ham o’z ichiga oladi. Bu munosabatlar ehtiyojlarning qondirilganligi va mavjud imkoniyatlarning kutilgan imkoniyatlarga mosligi darajasini xarakterlaydi. Turmush darajasi inson (aholi) hayot faoliyatining ma’lum bir qirrasi to’g’ri- sida tasavvur beradigan ko’rsatkichlar tizimi bilan belgilanadi. Turmush darajasi to’g’risida batafsil ma’lumot olish uchun aholi daromadlari va ehtiyojlari, iste’mol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va boshqa imkoniyatlar bilan ta’minlanganlik darajasini chuqur o’rganish lozim. Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, turmush darajasi kontseptsiyasi bilan uzviy bog’liq. Ayrim muhim ko’rsatkichlar va uning indikatorlari 11.1-jadvalda keltirilgan. Turmush darajasini baholash uchun jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlar: - darajaga oid ko’rsatkichlar (mutlaq qiymatlar); - tarkibiy ko’rsatkichlar (darajaga oid ko’rsatkichlarning tarkibiy qismlari); - dinamik (darajaga oid ko’rsatkichlarning o’zgarishini tavsiflaydigan, nisbiy) ko’rsatkichlar sifatida hisoblab chiqilishi mumkin. Nisbiy turmush darajasini quyidagi uch jihat bo’yicha aniqlash mumkin: a) uni avvalgi yillardagi turmush darajasi bilan taqqoslash; b) bir mintaqadagi turmush darajasini boshqa mintaqalardagi (mamlakatlardagi) turmush darajasi bilan taqqoslash; v) amaldagi turmush darajasini kishilarning minimal va oqilona talablarini ifodalovchi ehtiyojlarning rivojlanganlik darajasi bilan taqqoslash orqali. Ta’kidlab o’tilganidek, barcha klassifikatsiyalar o’rtasida o’zaro uzviy aloqa mavjud. Ular bir-birini to’ldiradi, ammo kompleks baholash uchun integral ko’rsatkichlar tizimi zarur. Hozirda asosi turlicha bo’lgan turmush darajasi kontseptsiyalarini aholining turmush darajasini (sifatini) har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko’rsatkichga keltirish bo’yicha samarali usul yo’q, biroq shunday usullarni ishlab chiqish bo’yicha olimlar jiddiy ish olib bormoqdalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling