O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
11.5-chizma. Laffer egri chizig’i b) mutanosib stavkalar – daromadning miqdoridan qat’i nazar soliq to’lash- ning yagona foizi; v) progressiv stavkalar – daromadlar oshgan sayin oshadigan stavkalar; g) regressiv stavkalar – bunda soliqning o’rtacha stavkasi daromad oshgan sayin pasaya boradi. Daromadlarga soliq solish amaliyotida yalpi daromad, chegirishlar va soliq solinadigan daromad farqlanadi. Yalpi daromad – turli manbalardan olingan daromadlar umumiy miqdori. Odatda, qonunchilikda yalpi daromaddan ishlab chiqarish, transport, xizmat safari va reklama sarf-xarajatlarini chegirishga ruxsat etiladi. Bundan tashqari, soliq sohasidagi turli imtiyozlar: daromadlarning soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdori, xayr-ehsonlar summasi, pensioner va nogironlarga beriladigan imtiyozlar va hokazolar chegirmalarga kiradi. Shunday qilib, soliqqa tortiladigan daromad yalpi daromad va mazkur chegirmalar o’rtasidagi farqdir. Daromadlarning asosiy qismi aholidan iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektoriga shaxsiy iste’mol sarf-xarajatlari tarzida qaytadi, ushbu sarf-xarajatlar bir necha usulda tasniflanishi mumkin. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi iste’mol sarf-xarajatlarini quyidagi tarzda tasniflaydi: 1) uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajatlar; 2) qisqa vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajatlar; 3) xizmatlarga sarf-xarajatlar. 0 5 0 1 0 0 T m R O Soliq stavkasi (R), foizlarda Soliqning jami miqdori 222 Uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga xizmat muddati bir yil va undan ko’proq bo’lishi taxmin qilinadigan tovarlar kiradi. Basharti, bu muddat bir yildan kam bo’lsa, bu tovar qisqa vaqt foydalaniladigan tovar hisoblanadi. Avtomobillar, televizorlar, kir yuvish mashinalari, shaxsiy komp’yuterlar uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga misoldir. Aksariyat oziq-ovqat va kiyim-kechaklar qisqa vaqt foydalaniladigan tovarlarga kiritiladi. Xizmatlar iste’molchilarga shifokorlar, repetitorlar, advokatlar va shu kabilar xizmat ko’rsatishidir. Uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajatlar, odatda, iqtisodiyotning barqaror yuksalishi davrida oshadi. Iqtisodiy tanazzul davrida esa, aksincha, iste’molchilar uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajat qilishdan tiyiladilar. Uy xo’jaliklari daromadning soliqlar to’langanidan qolgan qismini iste’molgagina emas, balki jamg’armalarga ham yo’naltiradilar. Jamg’armalar daromadning soliq to’langanidan qolgan, iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblanadi. Fuqarolarning jamg’armalari banklardagi hisob varaqlarga kelib tushadi, sug’urta polislari, obligatsiyalar, aktsiyalar va boshqa moliyaviy aktivlarga qo’yiladi. Ba’zi mamlakatlarda moliyaviy ahvol beqaror bo’lgan sharoitlarda aholi o’z jamg’armalarini saqlashning valyuta sotib olish kabi shakllaridan ham foydalanadi. Aholi kutilmagan vaziyatlar ro’y berganda – betob bo’lib qolganda, baxtsiz hodisa ro’y berganda, ishsiz qolganda, pensiyaga chiqqanda o’zini ta’minlash uchun, bolalarining o’qishiga ishlatish va hokazolar uchun mablag’ jamg’aradi. Shu bilan birga, jamg’armalar birjadagi o’yinlar, moliyaviy oldi-sotdilar uchun ham foydalanilishi mumkin. Masalan, qiymati nominal qiymatidan oshishi hisobiga qo’shimcha daromad olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olinishi mumkin. Aholining jamg’armalari ichki resurslar safarbar etilishi hisobiga investitsiya jarayoni kengayishida muhim rol’ o’ynaydi. Aholi daromadlarining miqdori, ularning tabaqalashishi va taqsimlanishi ko’p jihatdan davlatning ijtimoiy siyosatiga bog’liq. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling