O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish yo’nalishlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
11.4. Aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish yo’nalishlari
Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish vakolatli davlat idoralari tomonidan daromadlarni barqarorlashtirish va jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan ijtimoiy- iqtisodiy o’zgarishlarga muvofiq tarzda oshirib borish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda me’yorlarni o’zida mujassamlashtiradi. U ishchi kuchini normal takror ishlab chiqarish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan. Hozirgi sharoitda davlat ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga butunlay aralashmasligi mumkin emas, chunki bozorning taqsimoti o’z tabiati bo’yicha adolatsizdir. Bozor sharoitida «har bir kishiga – iqtisodiy faoliyati natijasidan qat’i nazar munosib hayotni ta’minlovchi daromad» tamoyiliga rioya qilinmaydi. Shuning uchun bu jarayonga davlatning aralashuvi zarurat hisoblanadi. Davlat tomonidan tartibga solishning ob’yektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanishning ma’lum darajaga etishi, ishlab chiqarish va kapital kontsentratsiyasida yuzaga keladi. Bu imkoniyatni haqiqatga aylantirish zarurati muammolar o’sib borgani sayin kuchayadi va ularni davlat tomonidan tartibga solish orqali bartaraf etish lozim. 223 Hozirgi sharoitda daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarishning tarkibiy qismidir. U ko’p vazifalarni echadi, masalan, iqtisodiy o’sishni, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi progressiv siljishlarni rag’batlantirish, eksportni qo’llab-quvvatlash, ish bilan bandlik, soliqqa tortish, narxlarni tartibga solish va hokazo. Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning aniq yo’nalishi, shakllari, ko’lami ayrim mamlakatlar va muayyan davrda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar xarakteri va jiddiyligi bilan belgilanadi. Turli sabablarga ko’ra, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Skandinaviya davlatlari, Yaponiya hamda Osiyo va Lotin Amerikasining jadal rivojlanayotgan bir qator davlatlarida daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi kengroq rivoj topgan. Ikkinchi jahon urushi, sotsializm lageri oqibatlarini boshdan kyechirmagan AQSh, Kanada, Avstraliya kabi davlatlarda u zaifroq rivojlangan, ammo bu davlatlarda ham daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish muhim o’rin tutadi, ayniqsa, kon’yunkturaning buzilishi, inflyatsiya va ishsizlikning o’sishi sharoitida unga ehtiyoj ortadi. Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning mexanizmini anglash uchun uning sub’yektlari, ob’yektlari, maqsadi, instrumentlarini (vositalari) ko’rib chiqish lozim. Xo’jalik manfaatlarining sohiblari, ifodalovchilari, ijrochilari iqtisodiy siyosatning sub’yektlari hisoblanadi. Xo’jalik manfaatlari sohiblari bir-biridan mulkiy mavqei, daromadi, kasbi, tarmoq va mintaqaviy manfaatlari kabi belgilari bilan farqlanuvchi ijtimoiy guruhlardir. Bu guruhlarga korxonalarning (firma) yollanma ishchilari va egalari, fermerlar va yer egalari, dehqonlar, mayda va yirik tadbirkorlar, hissadorlar, davlat xizmatchilari va erkin kasb egalari kiradi. Daromadlarni shakllantirishning o’z-o’zidan hal bo’lmaydigan muammo va qiyinchiliklari mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan sohalari, holatlari, sharoitlari, manbalari daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish ob’yektlaridir. Mazkur muammolarni hal etish va oldini olish orqali iqtisodiyotni bir maromda rivojlantirish, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, jamiyatdagi barqarorlikni saqlash mumkin. Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy ob’yektlari quyidagilar: daromadlar, ish haqi minimumi; bandlik, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash; soliqlar, narxlar; ijtimoiy kafolatlar, ijtimoiy munosabatlar (shu jumladan, ish beruvchi va yollanib ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlar), ijtimoiy ta’minot; huquqiy ta’minot (xavfsizlik, hayot, mulk va jamg’armalarni himoyalash). Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning bosh maqsadi daromadlarni davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashdan iboratdir. Shu bilan birga, kam ta’minlanganlarning daromadlarini oshirish, ularning ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish omillarining turlicha ekani tufayli yuzaga kelgan dis- proportsiyani bartaraf etish, ish bilan bandlikni tartibga solish va ijtimoiy tanglikning oldini olish kabi muammolar ham hal etiladi. Ko’rilayotgan doirada davlatning faolligi markaziy va mahalliy byudjetdan qilingan ijtimoiy xarajatlar hajmi bilan o’lchanadi. Milliy daromadni qayta taqsimlashda davlatning imkoniyatlari byudjet tushumlari bilan cheklanadi. Davlat daromadlari o’sishining ma’lum chegaralari mavjud: - tadbirkorlik faoliyatining yetarli darajadagi chegaralari; 224 - yollanib ishlovchilar, aholining o’rta qatlamini soliqqa tortishning ijtimoiy chegaralari; - YaIMning o’sish chegaralari (kon’yunktura chegaralari). Mazkur chegaralarning mavjudligi shuni tasdiqlaydiki, ijtimoiy to’lovlar miqdori davlatning moliyaviy (iqtisodiy) imkoniyatlariga monand bo’lishi kerak. Ijtimoiy to’lovlar hajmini soliq tushumlaridan oshirib yuborish byudjet kamomadi va inflyatsiyaga sabab bo’luvchi omillardan sanaladi. Davlat soliqlar darajasini ham oshirib yubormasligi lozim, aks holda bozor rag’batiga zarar etkazilishi va jamg’armalarning turg’un defitsiti yuzaga kelishi mumkin. Vaholanki, jamg’armalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moliyaviy asosini tashkil etadi va investitsiyalarga yo’l ochadi. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashni tashkil qilar ekan, murakkab muammoni hal etadi: ishsizlar, nogironlar, keksalarni asrash uchun mablag’ ajratishga jamiyatning qaysi qatlamlarini jalb qilish kerakligini aniqlab oladi. Bu murakkab vazifalar davlat tomonidan iqtisodiy imkoniyatlarni ijtimoiy iste’mol bilan muvofiqlashtirib hamda salbiy oqibatlarni mikro va makro darajada tugatib borib hal etiladi. Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish – turli darajalar: davlat, tarmoq, mintaqa va korxonalarning o’zaro aloqasini ko’zda tutuvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayondir (11.6-chizma). Bu barcha darajalar o’zaro bog’liq, o’zaro qaram, ammo har biri o’z xususiyatiga va ierarxiyada o’z o’rniga ega. Davlat yetakchi tarmoqdir, u tartibga solishning yo’nalishi, taktikasi, uslublari, mexanizmi va ustuvor jihatlarini ishlab chiqadi. Iqtisodiyotning ijtimoiy orientatsiyasi xo’jalikni shaxsni kamol toptirish vazifasiga ongli ravishda bo’ysundiradi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling