225
Har bir jamiyatda daromadlar siyosati konstitutsiya va unga tenglashtirilgan qonuniy
hujjatlarda belgilangan ma’lum tamoyillar asosida yuritiladi.
Bu tamoyillar
quyidagilardan iborat:
- ijtimoiy adolat;
- ijtimoiy hamkorlik va aholi barcha qatlamlarining birdamligi;
- o’z moddiy ahvoli uchun shaxsiy mas’uliyat;
- mehnat huquqi va uni munosib rag’batlantirish;
- kasaba uyushmalari huquqi;
- iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va boshqalar.
Ma’lumki, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning eng yuqori shakli
iqtisodiy dasturlashdir. Uning vazifasi iqtisodiy siyosatning barcha
elementlaridan global
maqsadlarda har tomonlama foydalanishdir. Bunday dasturlarning ob’yektlari sifatida
tarmoqlar,
hududlar, ijtimoiy soha, ilmiy tadqiqotlarning turli yo’nalishlari
va shu kabilar
tanlab olinishi mumkin. Mazkur dasturlarning barchasi (bevosita va bilvosita) aholi
daromadlariga bog’liq va ularga ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal
qilib turgan bugungi kunda
rivojlangan davlatlarning daromadlarni tartibga solish tajribasini o’rganish foydadan xoli
emas.
Rivojlangan davlatlarda daromadlarni tartibga solish quyidagi uch bo’g’inning
birikuvchi va o’zaro ta’siridan iborat ish haqini tartibga solish mexanizmida namoyon
bo’ladi (11.7-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: