O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
ri
b o’ y icha (k u mu ly a tiv ) ulu shi ( %) 100 219 Grafikdan ko’rinib turibdiki, aholining dastlabki ikki guruhi daromadlar jami miqdorining nisbatan kam qismiga ega bo’ladi (mazkur holda guruhlar daromadlarning hajmiga qarab joylashtirilgan: avvaliga nisbatan past daromad oladigan guruhlar, keyin o’rtacha darajadagi daromadlarga ega guruhlar va nihoyat, yuqori daromadli guruhlar keltirilgan). Masalan, aholi kam haq oladigan qismining 40,0 %i aslida daromadlar jami miqdorining atigi 20,0 %ni ola oladi. Taqqoslash uchun aytamiz: yuqoridagi guruhga daromadlarning taxminan 40,0 %i to’g’ri keladi. Shunday qilib, egri chiziqning bissektrisadan chetga chiqishlari o’lchami daromadlar taqsimlanishidagi tengsizlikning darajasini ko’rsatadi. Ushbu grafik aholining guruhlarga bo’linishi va ushbu guruhlar o’rtasida daromad taqsimlanishi kabi ikki hodisaning harakatini aks ettiradi. Uslubiy jihatdan aholining jami miqdoridan besh guruh ajratilishi mumkin (bunda ularning har biri jami miqdorning 20,0 %ni tashkil etadi). Olingan daromadlar miqdori ham tegishlicha foiz guruhlariga shartli ravishda bo’linadi. Daromadlar jamlanishi koeffitsienti yoki Jini koeffitsienti (G) turlicha taqsimlanishlarni taqqoslashdagi tengsizlikning o’lchagichlaridan biri hisoblanadi, u Lorents egri chizig’i va bissektrisa bilan cheklangan maydon (S)ning ideal tenglik to’g’ri chizig’i ostidagi umumiy maydonga nisbati sifatida hisoblab chiqiladi. Bu koeffitsient daromadlar va boylikni baholash yangi usullarini ishlab chiqqan italiyalik statist, iqtisodchi va demograf Korrado Jini nomi bilan atalgan. Daromadlar jamlanish koeffitsienti (Jini indeksi) daromadlar barcha miqdorining aholi ayrim guruhlari o’rtasida taqsimlanishining notekislik darajasini tavsiflaydi. Uning o’lchami 0 dan 1 gacha turlicha bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, ko’rsatkich qiymati qanchalik yuqori bo’lsa, jamiyatda daromadlar shunchalik notekis taqsimlangan bo’ladi. Lekin amaliyotda Jini koeffitsienti ko’rsatib o’tilgan eng past va eng yuqori qiymatlarga etmaydi. Iqtisodchilarning fikricha, aholi daromadlari tabaqalashishining sabablari quyidagicha: 1) kishilar o’z aqliy qobiliyatlari bilan ajralib turadilar, iqtisodiy nazariya esa turli tabiiy xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar ish haqlari notengligi asosli ekanligini ko’rsatib bermoqda; 2) kishilar turlicha meros oladilar, bunday meros ularning ayrimlariga daromadlar borasida ustunlik beradi; 3) yangi yaratilgan qiymat (yalpi daromad)ning mehnat va kapital o’rtasida adolatsiz taqsimlanishi; 4) mehnat bozorlaridagi kamsitishlar, bu kamsitish xodimlarga teng mehnat uchun turlicha ish haqi to’lanishida ifodalanishi; 5) inflyatsiya yuqoriligi, u fuqarolar jamg’armalarini qadrsizlantirib qo’yishi va belgilab qo’yilgan ish haqi oladigan xodimlarning daromadlarini pasaytirishi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling