O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

G=S
OABCDE
 FS
OEF 


220 
Yalpi daromadni taqsimlashdagi notenglikka yuqorida sanab o’tilgan sabablardan 
boshqa sabablar ta’sir etadi. Masalan, jamiyatda pensionerlar ulushi ko’payishi pensiya 
fondlariga ajratmalar kamayishi va shunga ko’ra, ishlaydigan fuqarolarga nisbatan 
pensionerlarning daromadlari pasayishiga olib keladi. 
Oilalar tarkibidagi farqlar ham daromadlardagi tabaqalashishni kuchaytiradi. Agar 
oilaning barcha a’zolari ishlaydigan bo’lsa, ularning daromadlari ko’p bolali oilalardagiga 
qaraganda ancha yuqori bo’ladi. 
Ishsizlik ham daromadlar darajasiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni bunda ishsizlik 
yuzasidan nafaqa oladigan va boshqa daromad manbalari bo’lmagan kishilar bir necha 
oydan keyin aholining eng kam ta’minlangan toifalariga kirib qoladilar. 
Aholi olgan daromadlarining quyidagicha taqsimlanishi tasarruf etiladi: ularning bir 
qismi daromad solig’i shaklida davlatga kelib tushadi, qolgan qismi esa shaxsiy 
iste’molga qilinadigan sarf-xarajatlar hamda jamg’armalarga taqsimlanadi. 
11.2-jadval 
Mamlakatlar bo’yicha Jini koeffitsientlari 
Mamlakat 

Mamlakat 

Finlyandiya 
0,20 
Buyuk Britaniya 
0,29 
Shvetsiya 
0,21 
Fransiya 
0,30 
Lyuksemburg 
0,23 
Yangi Zelandiya 
0,30 
Germaniya 
0,25 
Italiya 
0,31 
Niderlandiya 
0,26 
Avstriya 
0,31 
Kanada 
0,28 
AQSh 
0,34 
Soliq solish tizimi daromadlar va ish haqi siyosatiga moliyaviy ta’sir etish 
vositalaridan biridir. Daromad solig’i jismoniy shaxslardan undiriladigan to’g’ri 
soliqlarning asosiy turidir. Soliq solish printsiplari orasida soliq stavkasining olinadigan 
daromad miqdoriga bog’liqligini alohida olib qarash lozim. Hashamat buyumlari 
iste’moliga qilinadigan sarf-xarajatlardan undiriladigan soliq va eng zarur buyumlarga 
qilinadigan sarf-xarajatlardan ushlab qolinadigan soliq o’rtasida farqlar borligi mazkur 
printsip maqsadga muvofiqligining sababidir. 
A. Laffer boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar byudjetga tushadigan soliqlar 
tushumlari miqdorining daromad solig’i stavkalariga bog’liqligini o’rganib chiqdi. Ushbu 
bog’liqlik Laffer egri chizig’ida ko’rsatib berilgan (11.5-chizmaga qarang). A. Laffer 
nazariyasining asosini 50,0 %li soliq stavkasi eng maqbul stavka ekanligi va u soliqning 
eng yuqori miqdorini ta’minlashi to’g’risidagi qoida tashkil etadi. Soliq stavkasi 50,0 
%dan oshgan taqdirda firmalar va xodimlarning amaliy faolligi keskin pasayadi va 
natijada daromadlar yashirin (xufiyona, norasmiy) iqtisodiyotga o’tib ketadi. 
Jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish davlatning tegishli qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi, ular soliqlarni undirishning aniq mexanizmini belgilaydi. 
Unga quyidagilar kiradi: 
- soliq sub’yekti yoki soliq to’lovchi – qonun soliq to’lash vazifasini yuklagan 
shaxs; 


221 
- soliq ob’yekti – shunday daromad yoki mulkka, undan soliq hisoblab chiqariladi 
(ish haqi, dividendlar va hokazo); 
- soliq manbai – shunday daromadki, undan soliq to’lanadi; 
- soliq stavkasi – soliq solish birligiga to’g’ri keladigan soliq miqdori. 
Soliq stavkalarining quyidagilari farqlanadi: 
a) qattiq stavkalar, ular ob’yekt birligiga uning qiymatidan qat’i nazar (masalan, 
avtomashinaga) belgilanadi; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling