O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

12.1-jadval 
O’zbekiston Respublikasi axolisining mehnat yoshiga ko’ra guruhlarga 
taqsimlanishi
1
 
(yil boshiga nisbatan, ming kishi) 
Ko’rsatkichlar 1991 y. 2001 y. 2002 y. 2003 y. 2004 y. 2008 y. 2009 y. 
1991-
2009 
yy.% 
Mehnatga 
yaroqli 
yoshgacha 
bo’lgan aholi 
8896,2 9864,5 9734,5 9328,1 9217,1 9445,2 9631,7 
103,6 
Sh.j., qishloq 
joylarda 
5841,7 6705,5 6633,6 6414,2 6346,5 6421,8 6760,5 
108,6 
Mehnatga 
yaroqli yoshdagi 
aholi 
10135,3 13142,9 13563,8 14859,3 15241,3 16854,1 17010,6 150,4 
Sh.j., qishloq 
joylarda 
5681,1 7907,1 8309,3 9164,5 9456,9 7769,7 10716,3 166,5 
Mehnatga 
yaroqli yoshdagi 
aholi 
1610,0 1805,7 1817,5 1834,0 1854,3 16321,9 16901,1 115,2 
Sh.j., qishloq 
joylarda 
825,2 
975,1 
984,3 1000,7 1167,6 7834,0 8009,2 141,5 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatda mehnatga yaroqli yoshgacha 
bo’lgan aholi sonining kamayishi tendentsiyasi kuzatilmokda. Bu ko’rsatkich 2001 yilda 
1
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan. 


236 
9864,5 (jumladan, qishloq joylarda - 6705,5) ming kishini tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilga 
kelib 9631,7 ming nafardan iborat bo’lmoqda. Ushbu holat mamlakatdagi demografik 
vaziyatning nisbatan barqarorlashuvi, natijada tug’ilishning kamayishi bilan bog’liq holda 
ro’y bergan. Shu bilan birga, mustaqillikdan oldingi va uning dastlabki yillarida 
O’zbekistonda tug’ilish ko’rsatkichlari yuqori bo’lganligi sababli 2001-2009 yillar 
mobaynida mehnatga yaroqli yoshdagi aholi soni o’sib borgan va bu davrda 13142,9 
ming kishidan 17010,6 ming kishiga etgan. Ishga layoqatli yoshdagi fuqarolar butun 
aholining salmoqli qismini tashkil etib, ularning soni demografik omil ta’sirida o’zgarib 
turadi. Ularning qancha bo’lishi tegishli yoshlardagi o’lim darajasiga bog’liq. 
Bu, jumladan, mehnat qilish yoshiga etgan o’smirlar bilan pensiya yoshiga etgan 
fuqarolar soni o’rtasidagi nisbatga ham taalluqli. O’lim qancha kam bo’lsa va mehnat qilish 
yoshiga etgan fuqarolar bilan bu yoshdan chiqqan kishilar o’rtasidagi farq qancha yuqori 
bo’lsa, ishlash qobiliyatiga etgan kishilar soni shuncha ko’p bo’ladi yoki aksincha. Mehnatga 
layoqatli yoshdagi barcha aholi ham ishga yaroqli hisoblanmaydi. Chunki ular tarkibida 
nogironlar va yoshga ko’ra imtiyozli nafaqa oluvchi shaxslar bo’ladi. Demak, mehnatga 
layoqatli yoshdagi aholi - ishlamayotgan I va II guruh nogironlari hamda yoshiga qo’ra 
imtiyozli nafaqa oluvchi shaxslardan tashqari ishga qobiliyatli yoshdagi kishilar (16-60 yosh 
bo’lgan erkaklar va 16-55 yosh bo’lgan ayollar)dir. 
Resurslarning aksariyat qismini mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli 
aholi tashkil etadi. Shuning uchun ham mehnat resurslarining dinamikasiga xos 
xususiyatlar ko’proq darajada shu yoshdagi aholi bilan bog’likdir. Xizmat qilishga 
layoqatli yoshdan katta kishilar, ishlovchi pensionerlar va mehnatga layoqatli yoshdan 
kichik kishilar, ishlovchi o’smirlar resurslar salmog’ida u darajada sezilarli rol’ 
o’ynamaydi. Iqtisodiyotda hamisha pensiya yoshdagi kishilar mehnatidan foydalanish 
«nuqta»lari bo’ladi. Ular orasida yuqori aqliy malaka ishlatishni talab qiladigan faoliyat 
turlari ham bo’lib, insondan yuqori tayyorgarlik va muayyan amaliy tajribani talab qiladi.
Ko’pgina maktab o’qituvchilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’qituvchi-
professorlari, shifokorlar, ilmiy xodimlar va yuqori aqliy faoliyat turlari vakillari borki, ular 
pensiya marrasidan o’tgandan keyin ham samarali mehnat qiladilar. Pensiya yoshining 
dastlabki besh yilida (erkaklar uchun 60-64 yosh, ayollarda 55-59 yoshda) alohida faollik 
seziladi. O’zbekistonda mustaqillikning boshidagi siyosiy, tarkibiy va iqtisodiy o’zgarishlar 
o’smirlar hamda pensionerlarning mehnat faoliyatiga sezilarli ta’sir qildi (12.2-jadval). 
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turganidek, respublikamiz mehnat resurslari 
yildan-yilga oshib bormoqda. Agar 1991 yil mamlakatda ular 10213,2 ming kishidan iborat 
bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib ushbu ko’rsatkich 14791,9 ming kishini tashkil 
etmoqda. O’tgan 18 yil davomida 4578,7 ming kishiga yoki 1,5 barobarga oshgan va mazkur 
davr oralig’ida ularning yillik o’rtacha o’sish sur’ati 3,0-3,5 %ga to’g’ri kelgan. Shuningdek, 
mehnat resurslarining 98,5-99,0 % mehnat yoshidagi ishga qobiliyatli aholidan tashkil topsa, 
qolgan 1,0-1,5 % ishlayotgan o’smirlar va pensionerlardan iboratdir. 
Shunday qilib, biz mehnat resurslari butun aholiga taalluqli jarayonlar bilan bevosita 
bog’liqligini e’tirof etgan holda, shu dinamikaning ma’lum darajada nisbiy 
«mustaqilligi»ga e’tibor qaratamiz. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan 
bog’liq demografik asosni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Mehnat resurslari soni 
(dinamikasi)ning o’zgarishi bilan butun aholining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlik bor. 
Biroq, u birinchi qarashda unchalik ko’zga tashlanmaydi. Mehnat resurslarining miqdori 


237 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling