O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

IFA = O’ + A + IN + IBB, 
 
IM = IB - RR, 
IFA = O’ + A + IN + IBB, 
 


276 
Uy xo’jaliklarini so’rab chiqish Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlari 
tomonidan tuman (shahar) statistika bo’limlari bilan birgalikda to’rt bosqichda 
o’tkaziladi: 
a) birinchi bosqichda har bir tuman bo’yicha o’rganilishi kerak bo’lgan uy 
xo’jaliklari soni quyidagi formula bo’iicha aniqlanadi: 
 
 
 
 
bunda: UXS – har bir tuman (shahar)da so’rab chiqilishi kerak bo’lgan uy 
xo’jaliklari soni; 
UX – tuman (shahar)dagi uy xo’jaliklari soni; 
b) ikkinchi bosqichda uy xo’jaliklari o’rganiladigan aholi punktlari aniqlanadi
bunda: 
• tanlab olingan aholi punktlari yonma-yon chegaralarga ega bo’lmasligi kerak; 
• tuman markazlari va ulardan yiroqda joylashgan aholi punktlari majburiy tartibda 
o’rganilishi kerak; 
• har bir tumanda kamida 5 ta aholi punkti (tuman markazi ham shu jumlaga 
kiradi) o’rganilishi kerak; 
• har bir shaharda yonma-yon chegaralarga ega bo’lmagan kamida 5 ta mahalla 
o’rganilishi kerak. 
Aholi punktlarini tanlash tuman (shahar) statistika bo’limi bilan kelishgan holda 
Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan amalga oshiriladi; 
v) uchinchi bosqichda har bir aholi punktida o’rganilishi kerak bo’lgan uy 
xo’jaliklari soni aniqlanadi; 
g) to’rtinchi bosqichda aholi punktlarida (mahallalarda) mavjud bo’lgan uy 
xo’jaliklari ro’yxatlari asosida o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklarining aniq ro’yxati 
aniqlanadi. 
Bunda tanlashning quyidagi tartib-qoidasini nazarda tutadigan «proportsional 
bosqichma-bosqich tanlash» usulidan foydalaniladi: 
• mazkur aholi punktida (mahallada) joylashgan uy xo’jaliklarining hisoblangan 
sonini o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklarining hisoblangan soniga bo’lish yo’li 
bilan «tanlash bosqichi» aniqlanadi (masalan, tanlab olingan aholi punktida 300 ta uy 
xo’jaligi mavjud bo’lib, o’rganiladigan uy xo’jaliklari soni esa 30 tani tashkil etishi kerak 
bo’lsa, «tanlash bosqichi» «10» ni (300:10) tashkil etadi); 
• uy xo’jaliklarining umumiy sonidan «tanlash bosqichi»ga bir karra har bir uy 
xo’jaligiga tartib raqami beriladi va tanlab olinadi. 
Uy xo’jaliklari so’rovi Davlat statistika qo’mitasi bilan kelishgan holda Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus so’rovnoma 
bo’yicha amalga oshiriladi. 
Uy xo’jaliklarining mehnatga layoqatli yoshdagi barcha a’zolaridan so’rab chiqilishi 
kerak, ular hozir bo’lmagan taqdirda esa hozir bo’lmagan uy xo’jaliklari a’zolariga 
tegishli javoblarni uy xo’jaligining boshqa vakolatli a’zosidan olishga yo’l qo’yiladi. 
So’rovni amalga oshirgan xodimlardan uy xo’jaliklari so’rovining to’ldirilgan 
so’rovnomalarini qabul qilish Bandlikka ko’maklashish markazining ishga joylashtirishga

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling