O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


 Ayoli turmush darajasi tushunchasi va uni belgilovchi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

 
11.2. Ayoli turmush darajasi tushunchasi va uni belgilovchi
ko’rsatkichlar tizimi 
Aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligini baholashning 
eng muhim mezonidir. Uni oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadidir. 
«Turmush darajasi» tushunchasi zamonaviy talqinda inson faoliyatining barcha 
tomonlariga taalluqli keng qamrovli tushunchadir. 
Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy ne’matlar va 
xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularni iste’mol qilish darajasi tushuniladi. 
Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun «turmush darajasi», «xalq 
farovonligi», «turmush faoliyati xavfsizligi», «turmush tarzi», «mehnat faoliyati sifati», 
«turmush sifati» kabi turli tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni 
anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan ahamiyat kasb etadi va mazmun 
jihatdan sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o’zaro 
bog’liqligini qayd etish lozim. 
O’zbekistonda aholi moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilish 
darajasini ifodalaydigan «turmush darajasi» atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday tavsif 
ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi (11.1-chizmaga qarang).
Shu bilan birga, turmush darajasi ko’plab omillar yig’indisi ta’sirida bo’lgan 
o’zgaruvchan jarayondir. Bir tomondan, turmush darajasi muntazam o’zgarib turadigan 
turli ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, u 
ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi 
daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, 
turmush darajasi ham iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari 
samaradorligining ko’lami, ijtimoiy infratuzilmalarining holati ilmiy-texnik taraqqiyot 
(ITT) darajasi va aholining madaniy-ma’rifiy saviyasiga bog’liq. 
O’tgan asrning 70-80 yillarida «turmush tarzi» tushunchasi ilmiy-iqtisodiy va 
hayotiy muammolari keng qo’llanilgan. Bunda hayot faoliyatining sifat ko’rsatkichlari 
«turmush tarzi», miqdor ko’rsatkichlari esa «turmush darajasi» bilan ifodalangan. 
Shuningdek, aholining turmush darajasini xarakterlovchi boshqa atamalar va 
tushunchalar mavjud. Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: turmush 


207 
darajasi – jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, 
qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks 
ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining 
sifat va miqdor ko’rsatkichlarini yanada to’liqroq ifodalashga imkon yaratadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling