O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

12.5-jadval
O’zbekiston Resublikasida aholiiing yillik migratsiya harakatlari
(ming kishi) 
Ko’rsatkichlar 
1991 y. 
2001 y. 
2002 y. 2003 y. 2004 y. 2008 y. 
2009 y. 
Kelganlar soni 
135,3 
149,6 
156,2 
139,7 
147,4 
146,1 
144,9 
Shundan, qishloq 
joylarda 
64,9 
59,9 
49,7 
60,3 
60,5 
59,3 
Ketganlar soni 
176,9 
224,8 
239,8 
232,7 
243,5 
253,1 
210,2 
Shundan, qishloq 
joylarda 
85,3 
92,8 
87,0 
105,1 
111,8 
97,4 
Migratsiya 
qoldig’i 
-41,6 
-75,2 
-83,6 
-93,0 
-96,0 
-107,0 
-65,3 
Shundan, qishloq 
joylarda 
-20,4 
-32,9 
-23,3 
-44,8 
-51,3 
-38,1 
Mustaqillikning dastlabki yilida yurtimizdagi manfiy migratsiya qoldig’i 95,9 ming 
kishini tashkil etib, Toshkent, Samarqand, Andijon va Sirdaryo viloyatlari hamda 
Toshkent shahri ulushiga uning yuqori miqdori to’g’ri kelgan. Mazkur yillarda ko’chish 
tuzilmasini tahlil qiladigan bo’lsak, yuqori migratsiya qoldig’i asosan boshqa millat (rus, 
tatar, qozoq, ukrain, nemis, arman, turk va sh.k.) vakillarining mamlakatdan ko’chib 
ketishi hisobiga ro’y berganining guvohi bo’lamiz. Shu sababli, turli millat vakillari 
istiqomat qiladigan yirik shahar va hududlarda aholining jo’nab ketish koeffitsienti yuqori 
ko’rsatkichga eta bo’lgan. 
Respublikada keyingi yillardagi aholining migratsiya harakatlari ularning nisbatan 
sanoatlashgan shaharlar va yaqin xorijiy mamlakatlarga ish izlab borishlari bilan 
asoslanadi. Chunki bu vaqtga kelib ortiqcha ishchi kuchi mavjud va ishsizlik yuqori 
bo’lgan hududlardagi kishilar o’zlariga munosib ish topish va yuqori mehnat daromadini 
qo’lga kiritish maqsadida o’z yashash joylarini tark eta boshladilar. Mazkur ko’rsatkich 
2001 yildan boshlab ko’tarilib borib, 2008 yilda 107,0 ming kishini tashkil etdi. 
Mamlakatning jami migratsiya qoldig’i miqdorida Qoraqalpog’istonning ulushi 
yuqori bo’lib, mazkur vaziyatni noqulay ekologik muhit natijasida aholi sog’lig’ining 
yomonlashuvi, o’lim sonining oshishi, turmush darajasining pasayishi va ishsizlikning 
yuqori ko’rsatkichi kabi holatlar keltirib chiqargan. 
Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo 
viloyatlarida ham aholining migratsion harakatlanish sur’ati yuqori bo’lib, ushbu 


263 
hududlardagi demografik jarayonlarning murakkab ko’rinishga egaligi va unga bog’liq 
ravishda mehnat bozorining yuqori bosimli holati, ya’ni ishchi kuchi taklifining unga 
bo’lgan talab mikdoridan oshib ketishi va ish o’rinlarining etishmasligi natijasida yuz 
bermoqda. 
Demografiya va migratsiya harakatlari bevosita aholining soniga ta’sir qilibgina 
qolmay, uning yosh va jins tuzilmasidagi o’zgarishlariga ham sabab bo’ladi. Kishilar 
yosh va jins tarkibi mehnat potensialining ham mikdor, ham sifat jihatdan 
shakllanishining bosh omillaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Bu o’zgarishdagi eng muhim 
natijalardan biri – uning mehnatga yaroqli qismidagi o’zgarishlar hisoblanadi. Ishga 
layoqatli yoshdagi aholi nisbiy va mutlaq ko’rsatkichlarining o’zgarishi mehnat resurslari 
shakllanishi va u orqali mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti sur’atlariga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Chunki aholi tarkibida yoshlar salmog’ining yuqori ulushi jamiyatning salohiyati 
demakdir. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling