O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
Ishlaydigan pensionerlar. Ishlovchi pensionerlar soni ham demografik omil ta’siri
ostida qaror topadi – bu yerda shunday bog’liqlik bo’ladi: pensiya yoshidagi kishilar qancha ko’p bo’lsa, shu yoshdagi ishlovchilar ham ko’p bo’ladi. Xilma-xil ijtimoiy omillar orasida pensionerlarning mehnat faolligiga ancha ko’proq ta’sir qiluvchi asosiy omillarni qayd qilib o’tamiz. Pensiyaning miqdori jiddiy ravishda ta’sir qiladi. Ayni bir xil miqdordagi pensiya birovlarga etadi, boshqalarga esa etmaydi, shu sababdan inson mehnat qilishga intiladi. Yana shunday mehnatga rag’batlantiruvchi qo’shimcha omil ham borki, bunday katta yoshdagi kishi ish haqi bilan bir qatorda pensiya olish huquqiga ham ega. Pensionerlar mehnatining zarur shartlaridan biri korxona, muassasa va tashkilotdagi o’zgarishlarga moslashuvchanlik, yangi ishni o’zlashtirishga tayyorlik, ba’zan yashash joyini o’zgartirish va shu kabilardir. Bozor iqtisodiyoti katta yoshdagi kishilarning harakatchanligiga ancha yuqori talablar qo’yadi. Bozor munosabatlarining ruhidan shu narsa kelib chiqadiki, har bir kishining farovonligi, avvalo, uning o’zi, tashabbuskorligi, har qanday yangilikka «javob berish» va samarali mehnat qilishidan iboratdir. 266 Ijtimoiy omillar orasida katta yoshdagi kishilarning ma’lumot darajasi va sog’lig’i ham muhim o’rin tutadi. Bu omillarning qanday ta’sir qilishi yaqqol ko’rinib turadi va tushuntirishlarni talab qilmaydi. Nihoyat, pensionerlarning bir qismi o’zini ishda namoyon qilishni ma’qul ko’radi va ishdagina o’zining jamiyatga kerakli ekanligini his kiladi, ko’p yillar birga ishlagan o’rtoqlari bilan jamoada qolishni istaydi. Ijtimoiy omillar kishilarning ehtiyojlari bilan bog’langan bo’ladi yoki ularning qandaydir xislatlarini aks ettiradi. Iqtisodiy omillar ishlab chiqarish ehtiyojlari va xodimlar xizmat ko’rsatish sohalarini ifodalaydi. Ulardan ikkitasini ko’rib chiqamiz. Bu, birinchidan, mehnat bozorida ish kuchiga bo’lgan talabdir. Talab qanchalik ko’proq bo’lsa, pensionerlarning ishga joylashishlari uchun imkoniyatlar shunchalik ko’proq bo’ladi. Ikkinchidan, iqtisodiyotda ish o’rinlarining mavjudligi katta yoshdagi kishilarning jismoniy ahvoli, umumta’lim va kasb tayyorgarligini hisobga olgan holda ular mehnatidan foydalanish xususiyatlari mos keladi. Iqtisodiyotda hamisha pensiya yoshidagi kishilar mehnatidan foydalanish «nuqta»lari bo’ladi. Ular orasida yuqori aqliy malaka ishlatishni talab qiladigan faoliyat turlari ham bo’ladiki, ular insondan yuqori umumta’lim tayyorgarligi va muayyan amaliy tajribani talab qiladi. Ko’pgina maktab o’qituvchilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining muallimlari, shifokorlar, ilmiy xodimlar va boshqa yuqori aqliy faoliyat turlari vakillari borki, ular pensiya marrasidan o’tgandan keyin ham muvaffaqiyatli mehnat qilib kelmoqdalar. Pensiya yoshining dastlabki besh yilida (erkaklar uchun 60-64 yosh, ayollarda 55-59 yoshda) alohida faollik seziladi. Shunday ish o’rinlari ham borki, ularda oliy ma’lumot va kasb tayyorgarligi talab qilinmaydi. Ya’ni, ma’lumoti birmuncha kamroq pensioner kishilar ham o’z mehnat sohalarini topib olishlari mumkin. Albatta, iqtisodiyotdagi taraqqiyot ular mehnatidan foydalanish imkoniyatlarini toraytirib bormoqda. Biroq, biz «murakkab ishlar», «oddiy ishlar», «yuqori tayyorgarlik darajasi», «pastroq tayyorgarlik darajasi» kabi tushunchalarning nisbiyligini esda tutishimiz lozim. Mehnat faoliyatining barcha turlari murakkablashib boradi. Biroq, ayni vaqtda, bugungi kundagi pensionerlar o’rniga birmuncha ma’lumotliroq va yaxshiroq zamonaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko’rgan pensionerlar keladilar. O’zbekistondagi 80-yillar oxiri, 90-yillar boshidagi iqtisodiy o’zgarishlar o’smirlarga qanday ta’sir etgan bo’lsa, pensionerlarga ham yuqoridagi sabablarga ko’ra taxminan shunday ta’sir etdi. Pensionerlarning mehnat bozori birmuncha ko’paydi. Kelgusida uzoq muddatli tamoyillarning ta’sir qilishi tobora ko’proq namoyon bo’ladi, ular vaziyatni izga solib pensionerlarning mehnat resurslarini to’ldirishga qo’shadigan hissalarini oshiradi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling