O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


 Mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashishga


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

12.6. Mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashishga
muhtoj shaxslarni aniqlash 
Bozor islohotlari sharoitida mehnat resurslarining ish bilan bandligini ta’minlash 
muammolari dolzarb tus oladi. Chunki mehnat salohiyatini yuzaga chiqarish va undan 
samarali foydalanish orqaligina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi 
farovonligini ta’minlash mumkin. Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, ishlashni 
xohlovchilarning hammasini ish bilan ta’minlabgina qolmasdan, eng maqbul, ijtimoiy 
yo’naltirilgan ish bilan bandlikni vujudga keltirish uchun zarur sharoitlar yaratish 
maqsadida mukammal mehnat bozorini shakllantirish, ishga joylashishga muhtoj bo’lgan 
shaxslarni to’la hisobga olish g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu muammolarni hal qilishda mehnat potensialini shakllantirish, taqsimlash va 
ishga joylashish borasidagi real ehtiyojni aniqlash imkonini beradigan samarali usuldan 
foydalanib, ularning safarbarlik holatini hisobga olishni takomillashtirish muhim 
ahamiyatga ega. Buning uchun esa mehnat resurslari balansini tuzish va uni tahlil qilish 
maqsadga muvofiqdir. Mehnat resurslari balansi mehnat resurslari mavjudligi va ularning 
iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar tizimidir. 
Mazkur balans hisobot va prognoz ko’rinishlarda tuziladi. Mehnat resurslarining 
hisobot balansi mehnat resurslarining amaldagi ko’rsatkichlari va ularning hisobot 
davrida (yilda) taqsimlanishi bo’lib, u hisobot yilida o’tkazilgan monitoring natijalari 
asosida ishlab chiqiladi. Prognoz balansda esa mehnat resurslaridan foydalanish holati 
tahlil qilinib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini hisobga olgan holda tuziladi. 
Mehnat resurslari balansi ikki qism – resurslar va taqsimlash qismlaridan iborat 
bo’lgan ko’rsatkichlar tizimidir. Birinchi qism mavjud mehnat resurslarini hamda ularni 
shakllantirish manbalarini ko’rsatadi. Ikkinchi qism mehnat resurslarining iqtisodiy faol 
hamda iqtisodiy nofaol shaxslarga taqsimlanishini ko’rsatadi. 
Mehnat resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muhtoj shaxslarni 
aniqlash chog’ida asosiy axborot manbalari davlat statistikasi ma’lumotlari, ma’muriy 
hisobga olish (masalan, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, uy 
xo’jaliklari, xodimlar ro’yxatlari) turlari, shuningdek ish bilan bandlik masalalari 
yuzasidan ishchi kuchini tanlab tekshirishdan iborat. Ushbu xilma-xil manbalar ulardagi 
axborotning xususiyati va mazmuni, ma’lumotlarni to’plash shakllari va usullari bo’yicha 
bir-biridan farq qilishi mumkin. 
Tanlanma monitoring ma’lumot to’plash vositalari orasida eng moslashuvchan 
usuldir. Uning natijalariga qarab, mehnat resurslarining shakllanishini, ish bilan bandlar, 


271 
ishsizlar, iqtisodiy nofaol aholi sonini ko’rsatuvchi ma’lumotlarni olish, shuningdek 
zaruratga qarab, tushunchalar, ta’riflar va savollarni o’zgartirish yoki maydalash mumkin. 
Bu esa, ayrim aholi guruhlari ishchi kuchida ishtirok etishining turli shakllarini aniqlash 
imkonini beradi. Ishchi kuchini tekshirib chiqish faqat ishlayotganlarni emas, balki 
vaqtincha ish bilan band bo’lmaganlarni ham qamrab olganligi, u mehnat resurslari va 
ularning taqsimlanish tuzilmasi haqida to’la-to’kis tasavvur hosil qilish imkonini beradi. 
Mehnat resurslarining hisobot balansi har qaysi yil va uning davrlari yakunlariga 
qarab, respublika va uning hududlari bo’yicha tuziladi. 
O’zbekiston Respublikasida 2007 yilning 1 iyuligacha amal qilib kelgan mehnat 
resurslari balansi shakli Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi «Aholini ish 
bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi 42-sonli Qarori 
bilan qabul qilingan bo’lib, mazkur balans Prezident farmon va qarorlari asosida 
mamlakatda ish bilan bandlikning yangi noan’anaviy shakllarining (uy mehnati, 
kasanachilik, oilaviy biznes, shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda qoramol etishtirish, xizmat 
ko’rsatish va servis) paydo bo’lishi natijasida o’z qamrovini yo’qotdi. Shuningdek, 
mazkur metodika respublika aholisi va uy xo’jaliklari statistikasini yuritish va ularning 
ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari monitoringini amalga oshirishda xalqaro standartlar va 
yangi talablarga javob bermay qo’ydi. 
Shundan kelib chiqqan holda 2007 yil 24 mayda Vazirlar Mahkamasining «Ishga 
joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo’lmagan aholini hisobga olish metodikasini 
takomillashtirish to’g’risida»gi 106-sonli Qarori qabul qilindi va unga muvofiq joriy 
yilning 1 iyulidan boshlab «Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan 
aholini hududlar bo’yicha hisoblab chiqish» Metodikasi amaliyotga tatbiq etildi. 
Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan 
holda ishlab chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlash va 
mehnat bozorining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Unda «ishga joylashtirishga 
muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholi» tushunchasi xalqaro standartlarda nazarda 
tutilgan «ishsizlar» tushunchasiga teng deb qaraladi. 
Mazkur metodikaga ko’ra: 
1. Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan 
bandlar soni va iqtisodiy faol bo’lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi 
formula bo’yicha aniqlanadi: 
 
 
 
bunda: MM – ishga joylashtirishga muhtoj aholi (ishsizlar); 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling