O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
MR – mehnat resurslari;
B – ish bilan bandlar; INF – iqtisodiy faol bo’lmagan aholi. 2. Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yig’indisi sifatida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: MM = MRA-B-INF, MR = MLA + IO’P, 272 bunda: MR – mehnat resurslari; MLA – mehnatga layoqatli yoshdagi aholi; IO’P – ishlayotgan o’smirlar va pensionerlar. 3. MLA soni mehnatga layoqatli yoshidagi aholi (16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar) sonidan mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari, shuningdek imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar sonini chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi: bunda: E(16-60) – 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar; X(16-55) – 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar; Nog – mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari; Pi – imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi pensionerlar. 4. Mehnat bilan bandlar soni quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqiladi: bunda: ITr – iqtisodiyotning rasmiy sektorida ishlovchilar; ITnr – iqtisodiyotning norasmiy sektorida ishlovchilar; MM – migrant mehnatchilar – xorijda ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi rezidentlari, ularning mazkur mamlakatda ro’yxatga olingan yoki olinmaganligidan qat’i nazar. 4.1. Rasmiy sektorda band bo’lganlar davlat statistika hisoboti ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi va hisoblab chiqiladi hamda quyidagilardan iborat bo’ladi: • yollanib (mehnat shartnomasi bo’yicha), shu jumladan saylanadigan lavozimlarda ishlayotgan doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar; • harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari; • kooperativlar va shirkatlar a’zolari; • xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermerlar; • yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro’yxatga olingan fuqarolar; • yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan dehqon xo’jaliklari a’zolari hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklar va dehqon xo’jaliklarida qoramol o’stirish bilan band bo’lgan shaxslar; • nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari. 4.2. Norasmiy sektorda band bo’lganlar sonini aniqlash va hisoblab chiqish. Xalqaro mehnat tashkiloti normalaridan kelib chiqib hamda Davlat statistika qo’mitasining hisobga olish va tasniflash amaliyotiga muvofiq iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo’lganlar jumlasiga ijtimoiy sug’urta va soliq organlarida hisobga turmagan quyidagi shaxslar kiradi: Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling